2-amaliy mashg‘ulot mavzu: Ma’ruza darslariga tayyorgarlik ko‘rish va konspekt yozish usullari bilan tanishish. Ma’ruza



Download 304,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana18.04.2022
Hajmi304,94 Kb.
#560055
1   2   3   4
Bog'liq
2-amaliy mashg'ulot

I.
 
Ma’ruzani tezis shaklida yozib olish. 
Talaba nafaqat o‘qituvchi tomonidan bayon etilayotgan mavzu materiali 
mazmunini diqqat bilan kuzatishi, balki ma’ruza strukturasi (tuzilishi, tizimi)ni 
tushunishga xarakat qilishi lozim. Odatda, bu struktura alohida eng muhim qoidalar 
mavjudligi, tezislar shaklida bayon etilishi, har bir printsipial qoidalarni isbotlash tizimi, 
umumlashtirishlar va xulosalar tarzida namoyon bo‘ladi. Talaba ma’ruzani diqqat bilan 
tinglash jarayonida o‘qituvchining bir tezis bo‘yicha fikri yakunlarini va ikkinchi tezisga 
o‘tayotganligini oson ilg‘ab oladi. U har bir tezis qoidalarini iloji boricha so‘zma – so‘z 
yozib borishiga xarakat qilishi, bunda tushuntirishlar, asoslar, isbotlashlar, misollar va 
shunga o‘xshashlarni tashlab yuborishi kerak bo‘ladi.
Bunday konspektda detallar bo‘lmaydi, biroq barcha asosiy mazmun, yakun va 
xulosalar yaxlit bo‘ladi. Masalan, yuqorida bayon etilgan barcha gaplarni tezis shaklida 
quyidagi tarzda konspektlashtirish mumkin: 
1.
Ma’ruza – oliy ta’lim muassasasida o‘qitishning yetakchi usuli. U bilimlarni 
jamlash, xotirani va fikrlashni rivojlantirish, umumlashtirish va tahlil qilishga 
o‘rgatadi. 
2.
Ma’ruzaning darslikdan farqi: u mazmunan yangi, shaklan jonli; munozarali 
masalalarni bayon qilinishiga yo‘l qo‘yadi, tushunchalar keng ochib beriladi. Fan 
dasturida ko‘zda tutilgan barcha material emas, balki faqat asosiy va murakkab 
material tushuntiriladi. 
3.
Har bir ma’ruzaga puxta tayyorgarlik ko‘rish, darslikni, o‘z konspektini o‘qish, 
ma’ruzaga ruhan tayyorlanish kerak. 
Mana shunday qisqa yozuv mavzuning asosiy mazmunini aks ettiradi. Uni ko‘zdan 
kechirgan talaba butun materialni eslashi, hatto har bir tezisni batafsil kengaytirib 
so‘zlab berishi mumkin. 
II.
 
Konspekt umumlashtirilgan tarzda yozilishi mumkin. 
 
Bunda ma’ruzachi bayon etayotgan materialdagi asosiy qoidalarni qamrab olishni 
o‘rganish va umumiy mazmunini detallarsiz va tafsilotlarsiz yozish kerak.
Masalan, ma’ruzachi “ma’ruza yozishga ruhan tayyor talaba mavzu mazmunini
tushunishga tezda moslashadi, dars jarayonidan kam chalg‘iydi va o‘z o‘rtoqlarini 
ham o‘quv jarayonidan chalg‘itmaydi” – dedi.
Bu jumlada – 21 ta so‘z bor.


Uni quyidagicha konspektlashtirish mumkin: “Yaxshi tayyorgarlik ko‘rilsa 
ma’ruza materiali yaxshi o‘zlashtiriladi”.
Bu jumlada faqat 7 ta so‘z qoldi, ya’ni ma’ruzachi aytgan jumla 3 marta qisqardi.
Qisqartirishlar yangi so‘zlar, qo‘shimchalar va boshqalar hisobiga ham bo‘lishi 
mumkin. 
Masalan, “ma’ruza darslikdan shu bilan farqlanadi–ki, birinchidan darslikda faqat 
barqaror, keng tan olingan, ma’lumotlar, bilimlar bayon qilinadi, ma’ruzada esa 
nafaqat bahs talab qilmaydigan, balki bahsli, diskussiyali materiallar, bir hil masala 
yuzasidan turli fikrlar berilishi mumkin”- degan jumlani quyidagicha 
konspektlashtirish mumkin: 
“ Ma’ruzaning darslikdan farqi – unda nafaqat bahs talab qilmaydigan, balki 
diskussiyali materiallar ham beriladi”. 
Bu yerda 34 ta so‘z o‘rniga 13 ta so‘z yordamida mazmun konspektlashtiriladi. Ya’ni 
jumla deyarli 3 martaga qisqartirildi. 
Shuningdek, asosiy axborotni aks ettiruvchi so‘zlarni ustuncha shaklida yozish 
ham mumkin. 
Masalan, ma’ruzachi “Ma’ruza o‘zining shakliy strukturasi, o‘quv materialini aniq 
bayon qilish rejasi, faktlarning yorqinligi va isbotlanuvchanligi, taxlilning chuqurligi 
va umumlashtirishlarning haqiqiyligi (originalligi) bilan fikrli, aqlli talabalarni o‘ziga 
jalb etishi mumkin” – dedi.
Ushbu jumlani quyidagi tarzda yozish mumkin: 
Ma’ruza – struktura 
faktlar 
taxlil 
umumlashtirish. 
Har bir talaba konspekt yuritishda yuqorida bayon etilgan usullardan yoki o‘ziga 
oson bo‘lgan boshqa yozish usullaridan foydalanishi mumkin. 
Bo‘sh tayyorgarlikka ega bo‘lgan talabalar ma’ruza darslarida nimani eshitsa, 
ulgursa shuni yozib olishga harakat qiladilar. Ular materialni sifatli saralashga harakat 
qilmaydilar. Bunday konspekt minimum ijobiy axborot bera oladi xolos, u aniq va 
qat’iy strukturaga ega bo‘lmaydi. 
Lekin, shunga qaramasdan, bu butunlay konspekt yuritmaslik, ma’ruzada bekor 
o‘tirishdan ko‘ra yaxshiroq. 
Ma’ruza o‘qish jarayonida o‘qituvchi o‘zining ovozi, intonatsiyasi bilan o‘quv 
materialining eng muhim joylarini ajratib ko‘rsatadi. Bunday usul ham talabalarning 
e’tiborini mavzuni o‘rganishga jalb etadi. 
Shuningdek, doskaga yozishlar, diagramma, grafik, sxemalar, proektor yordamida 
o‘quv materialining eng asosiy qoidalarini namoyish qilish, animatsiyalardan 
foydalanish, alohida muhim qoidalarni diktovka qilish usullari ham konspekt tuzishni 
uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishga imkon beradi.
Ma’ruzalarni konspektlashtirib yozib boradigan talabalar o‘quv kuni davomida 
o‘zlarining ish qobiliyatlarini yaxshi saqlaydilar. 
Institutda ba’zida yangi fanlarni o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Bu yangi fandan esa hali 
darslik yozilmagan bo‘lishi mumkin. Bunday fanlarni yaxshi o‘rganishda talaba 
yozadigan konspekt yagona va bebaho manba bo‘lib hisoblanadi. 
Konspekt tez yozilishi sababli u hamma vaqt ham chiroyli ko‘rinishda bo‘lmasligi 
mumkin. Uni qaytadan, chiroyli qilib ko‘chirishning hojati yo‘q. Faqat, mustaqil 


tayyorgarlik paytida unga yangi qo‘shimchalar kiritish, hoshiyasiga yoki orqa betiga 
yangi ma’lumotlar yozish mumkin. 
Ma’ruza darslarida konspekt yuritish malakasini oshirish va uni takomillashtirib 
borish jarayonida har bir talaba o‘zining individual tizimini ishlab chiqishi, so‘zlarni 
ratsional qisqartirib yozishni o‘rganish kerak. 
Buning uchun ko‘plab uchraydigan so‘zlarni qisqa yozish, matematik simvollar va 
belgilardan foydalanish, o‘zi o‘ylab topgan belgilarni joriy etish va x.k. lar 
konspektlashtirishni tezlashtiradi. 
Masalan: u-n – uchun, b-n – bilan; amal.mashg‘-t – amaliy mashg‘ulot; sh.o‘.- shunga 
o‘xshash; va x.- va hakozo; q/x – qishloq xo‘jaligi; mas: - masalan kabilar.
Ko‘pincha talabalar fanlarning nomini ularning bosh xarflari bilan qisqartirib 
aytadilar, ya’ni: KMT – konstruktsion materiallar texnologiyasi. MST – 
mashinasozlik texnologiyasi, ICHTK – ishlab chiqarishdagi texnologik komplekslar 
kabilar. 
Chet tilidan kirib kelgan, barchaga tushunarli so‘zlardan ham foydalanish mumkin.
Masalan: min – minimum, max – maksimum. 
SHuningdek, matematik belgilardan foydalanish ham yozishni tezlashtiradi. 
Masalan: > - katta, < - kichik, ≈ - taxminan, ∞ - cheksiz, < - burchak kabilar. 
Mantiqiy o‘xshatish printsipi asosida ham belgilar o‘ylab topish va ularni konspekt 
yuritish jarayonida ishlatish mumkin.
Masalan: ← - chapga, → - o‘ngga, ↑ - tepaga, ↓ - pastga kabilar. 
Ushbu satrlar muallifi, talabalik yillarida ma’ruza yozishda o‘sha davrda odat 
bo‘lgan quyidagi belgilardan foydalangan: 
Ya’ni, = - ning qo‘shimchasi, 
+ - dan qo‘shimchasi, 
∕ - lar qo‘shimchasi kabilar. 
Bunday belgilarni yaratish – har bir talabaning o‘z ishi, o‘z ixtiyori. 
O‘ziga moslab eng qulay, eng oson belgilar va simvollardan foydalanish mumkin.
Faqat yangi o‘ylab topilgan belgilarni asta – sekin amaliyotga kiritish kerak, bunda 
eski belgilardan avtomatik tarzda foydalana olish ko‘nikmasining shakllanishi yangi 
belgilarni qo‘llash mumkinligini bildiradi. 

Download 304,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish