2-amaliy mashg`ulot mavzu: Kompyuter va mobil qurilmalar operasion tizimlari. Xizmat ko’rsatuvchi dasturlar va utilitalar



Download 280,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana24.06.2021
Hajmi280,18 Kb.
#100327
  1   2
Bog'liq
AMALIY-2.1 3



2-AMALIY MASHG`ULOT  

Mavzu: Kompyuter va mobil qurilmalar operasion tizimlari. Xizmat 

ko’rsatuvchi dasturlar va utilitalar.

  

Ishning maqsadi: Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi. 

Qurilmaviy ta’minot. Kompyuter va mobil qurilmalar operatsion 

tizimlari. haqida tushunchaga ega bo`lish. 



Dars  jihohlari:  videoproyektor,  amaliy  mashg’ulot  ishlanmasi,  shaxsiy 

kompyuter. 



Nazariy qism:  

     Opеratsion tizim - kompyutеr ishga tushirilishi bilan yuklanuvchi shunday bir 

dasturki,  bu  dastur  foydalanuvchiga  EHM  bilan  muloqot  qilish  vositasi  bo’lib 

xizmat qiladi, uning barcha qurilmalari ishini boshqarish imkonini bеradi

.  


 

 

 



Utilitlar va drayverlar 

 

Utilita-dasturlar bu  operatsion  tizimni  imkoniyatlarini  kuchaytiruvchi 

dasturlar.  Masalan:  disklar  ustidan  har  xil  amallarni  bajaruvchi  dasturlar, 

kompyuter  ishini  tezlashtiruvchi  dasturlar,  ma’lumotlar  xajmini  uzgaruvchi 

dasturlar,  viruslarni  aniqlovchi  dasturlar  va  xokazo.  Masalan,  qattiq  disk 

(vinchester) bilan turli ishlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar zarur. 

Vinchesterni bo’laklarga bo’lish, uning ma‘lum bo’laklarini parol bilan ximoyalash 

uchun Disk Manager deb ataluvchi dastur ishlatiladi. 

Diskning  xolatini  tekshirish  uchun  esa  NDD  (Norton  disk  doctor)  dastursi 

ishlatiladi.  Bu  dastur  yordamida  disk  segmentlari  tekshirilib,  undagi  xatoliklar 

topiladi va bartaraf etiladi. 

Diskdagi  ma‘lumotlarni  optimizatsiya  qilish,  ya‘ni  bir  tartib  bilan  joylashtirib 

chiqishga xizmat  qiluvchi SD (Speed Disk) dastursi mavjuddir. Uning yordamida 

diskdagi ma‘lumotlar tartibga keltiriladi, bu esa diskdagi ma‘lumotlarga  murojaat 

qilishni yengillashtirib, kompyuter ishini tezlatadi. 

Yuqorida sanab o’tilgan dasturlarni ishlatish  qulay bo’lib, dialog darchasida  hosil 

bo’ladigan  menyu  punktlaridan  mosini  tanlash  va  ishlatishdan  iboratdir.  Utilitlar 

guruxlarga  birlashtirilib,  ularning  eng  ko’p  ishlatiladiganlari 

Norton  Utilities

,  PC 

Tools  Deluxe,  Mace  Utilities  lar  bo’lib  xisoblanadi.  Utilitlarni  quyidagi  tartibda 



guruxlarga bo’lib chiqish mumkin: 


•  Siqadigan  dasturlar  maxsus  usullarni  qo’llagan  xolda  ma‘lumotlarni  siqilgan 

xolda  joylashtirib,  ularning  arxiv  nusxalarini  xosil  qilishga  yordam  beradilar. 

Masalan, PKZIP, PKUNZIP va ARJ dasturlari bularga misol bo’la oladi. 

•  Disklardagi  ma‘lumotlarning  rezerv  nusxalarini  xosil  qiladigan  dasturlar  qattiq 

u1076  diskka  yozilgan  ma‘lumotlarni  tezlik  bilan  disketlarga  yoki  strimmerlarga 

nusxalash uchun yordam beradilar. Masalan, Norton Backup, Fast Back Plus. 

•  Antivirus  dasturlari, ular  xilma-xil  turdagi  viruslarga  qarshi  samarali  kurashish 

uchun xizmat qiladilar 

•  Kommuniktsion  dasturlar  kompyuterlararo  ma‘lumotlarni  almashinish  uchun 

ishlatiladilar. Masalan, Brooklin Bridge, DeskLink, LapLink, Fast Link. Telemate, 

Procomm,  Dataline  dasturlari  kompyuterlarning  telefon  kanallari  orqali  muloqot 

qilinishiga  yordam  bersa,  WinFax  Pro,  Bit  Fax,  Fax  It  dasturlari  telefon 

ma‘lumotlarini faks modem orqali uzatish imkoniyatini yaratadilar. 

•  Kompyuterni  diagnostika  qilish  dasturlari  uning  konfiguratsiyasini  va  ishga 

layoqatliligini  tekshirishga  imkon  beradi.  Masalan,  Cheeck  It,  ND  lags,  Control 

Room,  System  Sleuth  dasturlarini  shu  dasturlar  turkumiga  kiritish  mumkin. 

Disklarni  tekshirish  uchun  Disk  Technician  Advance,  Calibrate  dasturlari 

qo’llanilishi mumkin. 

•  Disk  uchun  mo’ljallanilgan  dastur-kesh  diskdan  ma‘lumot  o’qishni  ancha 

tezlashtirishga imkon beradi, chunki ushbu xolda operativ xotirada diskning tez-tez 

ishlatilib  turadigavn  bo’laklarini  o’z  ichiga  olgan  kesh-bufer  xosil  qilinadi. 

Masalan, 

Smart Drive

, NKache, Super PC Kwik. 

•  Disklarni  optimizatsiya  qilish  dasturlari  disklarda  saqlanadigan  ma‘lumotlar 

xajmini  ancha  oshirishga  va  ma‘lumotlarni  tezroq  topishga  yordam  beradi. 

Masalan, Speed Disk yoki Fast Trax dasturlari. 

• Disklarni dinamik siqishtirishga imkon beruvchi dasturlar disklarda saqlanilishi 

mumkin  bo’lgan  informatsiya  xajmini  ancha  oshirishga  yordam  beradi.  Masalan, 

Stacker, Double Space, Super Stir dasturlari. 

• Avtonom ravishda chop qilish dasturlari (skulerlar) fayllarni chop qilishni boshqa 

ishlar  bilan  bir  vaqtda  amalga  oshirishga  imkon  beradi.  Masalan,  Print  Cashe 

dasturi. 

• Xotirani boshqarish uchun mo’ljallanilgan operativ xotirani yaxshiroq boshqarish 

uchun ishlatiladi.  Masalan,  Software  Carousel  va  Switch  It  dasturlari  xotiraga  bir 

qancha dasturlarni yuklashga va biridan ikkinchisiga osonlik bilan o’tishga yordam 

beradi. 

Boshqa  ko’p  tarqalgan  tizimli  dasturlardan  biri  bu drayver  dasturlari va dastur-



koplamalar. Drayverlar-dasturlar bu operatsion tizimga tashki va ichki qurilmalar 

bilan ishlashda qulayliklar yaratuvchi dasturlar. Bu dasturlar asosan shu qurilmalar 

chiqaruvchi  firmalarda  yaratiladi  va  qurilmalar  bilan  birga  tarkalinadi.  Masalan: 

monitorlar drayverlari, СD-ROM lar drayverlari va xokazo. Dastur ko’plamalar bu 

operatsion  tizimning  imkoniyatlardan  chiroliy  va  qulay  holda  foydalanishni 

taminlovchi  dasturlar.  Shulardan  eng  birinchisi  bu  NORTON  COMMANDER 

dasturi. Hozirda taniqliysi TOTAL COMMANDER dasturidir.

 



Arxivatorlar - maxsus dasturlar bo`lib, ular ma`lumotlarni to`la saqlagan 

holda bir yoki bir necha fayllarning hajmini  kichraytirish  hisobida magnit 

disklarida joyni tejash uchun xizmat qiladi. 

Arxivator  yordamida  arxivga  joylashtirilgan  fayllar  -  arxiv  fayllar  deyiladi. 

Arxiv faylga yangi fayllarni qo`shish yoki mavjad fayllarni o`chirish mumkin.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 (arxivlash oynasi)                               (arxivlashdan chiqarish)        




Download 280,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish