2-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar (2 soat)
Reja:
2.1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo`llaniladigan asosiy ko`rsatkichlarni o`rganish.
2.2. YaIMni hisoblash usullari.
2.3. Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko`rsatkichlarni tavsiflash.
2.4. Nominal va real YaIMni hisoblash.
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar.Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo`llaniladigan asosiy ko`rsatkichlar, YaIMni hisoblash usullari, nominal va real YaIMni hisoblash usullarini o‘rganish.
Materiallar va jihozlar: o‘quv-uslubiy majmua, slaydlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar: makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy daromad, sof ichki mahsulot,milliy daromad, shaxsiy daromad, ixtiyordagi daromad,yakka tartibdagi soliqlar, daromadlar usuli, xarajatlar usuli, qo’shilgan qiymat, joriy narxlar, bazis narxlar, nominal ko’rsatkichlar, real ko’rsatkichlar, deflyator, iste’mol narxlari indeksi.
Umumiy ma’lumotlar:
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ularning o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o‘sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko‘rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko‘rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor ko‘rsatkichlariga kuyidagi ko‘rsatkichlar kiradi: Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko‘rsatkichlariga kuyidagi ko‘rsatkichlar kiradi: inflyatsiyaning o‘sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to‘g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot va boshqalar.
Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, uning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun ishlatiladi.
YaIMni aniqlashda ishlab chiqarish, xarajatlar, daromadlar usullaridan foydalaniladi. Mamlakat makroiqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar sifatida sof ichki mahsulot, milliy daromad kabi ko‘rsatkichlar ham qo‘llaniladi.
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish hajmini makroiqtisodiyotda natural birliklarda amalda o‘lchash mumkin emas, chunki bu yerda bir – biri bilan solishtirib bo‘lmaydigan millionlab nomdagi tovar va xizmatlar birgalikda o‘rganiladi.
Narxlarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini inobatga olgan holda nominal va real YaIMlar ajratiladi hamda bu ko‘rsatkichlar bir biriga deflyator yoki iste’mol narxlari indeksi orqali bog’langan bo‘ladi
Topshiriqlar:
Jadval ma’lumotlari bo‘yicha quyidagilarni hisoblang:
xarajat oqimlari bo‘yicha YaIM hajmi;
daromad oqimi bo‘yicha YaIM hajmi (MHTning eski talqiniga ko‘ra);
v) SIM hajmi;
g) MD hajmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |