2-amaliy mashg`ulot: Gapning ajratilgan bo’laklari, ulaming ajratilish sabablari yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar o‘tkazish. (2 soat)



Download 42,5 Kb.
bet1/3
Sana06.07.2022
Hajmi42,5 Kb.
#750371
  1   2   3
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot


2-AMALIY MASHG`ULOT:Gapning ajratilgan bo’laklari, ulaming ajratilish sabablari yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar o‘tkazish. (2 soat)
1-ilova
Talabalar bilimi quyidagi savollar asosida aniqlanib va mustahkamlanib baholanadi:
- Ajratilgan bo’laklar deb nimaga aytiladi?
- Ajratilgan bo’lakli gaplarga misollar keltiring.
- Ajratilgan bo‘laklarning turlariga misollar keltiring.
- Ajratilgan ega, ajratilgan kesimli gaplarga misollar keltiring.
-Ikkinchi darajali bo’laklarning ajratilishiga misollar keltiring.
-Ajratilgan bo’lakli gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi haqida mulohaza yuriting.
2-ilova
Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.
23-mashq. Ajratilgan qaratqich aniqlovchisini topib, qaysi so’zni izohlayotganini ayting; ularni qaralmish bilan birga ko’chiring.
1. Biz, ana shu sinalgan kuchning vakillari, do’stligimizning tarixiy izlaridan kelib, uning veteranlari, yangi avlodlari bilan tanishdik. (As.M.) 2. O’rik gulini eslatuvchi laylak qor girdobidan qutulmoqchi bo’lgandek elayotgan suvoriyning — Farg`ona yigitining — bor diqqati ilon izidek o’rmalagan yo’lda. (S. Azimov.) 3. Aftidan, mayorning fyurerga yaqinligi haqidagi ovozalar bu erdagilarnpng — gospitaldagilarning ham qulog`iga etgan ko’rinardi. (A. CHakovskiy.) 4. Lekin har ikkovi ham bir narsani — Gavharning endigi taqdirini o’ylar edilar. (O’.H.)
24-mashq. Ajratilgan hollarni topib, holning qaysi turi ajratilganini tushuntiring.
1. Tepalikda, quyuq daraxtlar ostida, gilamchalarda to’p-to’p o’tirib, katta sopol laganlarga uyum-uyum suzilgan palovni zo’r ishtaha bilan bir-biriga qiziqib oshayotgan... oshxo’rlar orasidan o’tib, pastga tusharkan, O’ktamning yuragi birdan “shig`” etib ketdi. (O.) 2. Temur Malik otdan tushib, ikki-uch navkari bilan yuqoriga – qorovulxonaga ko’tarildi. (Mirm.) 3. Ana, jadvallarning yonida, burchakdagi javonda, Mirzo Ulug`bekning olti jildlik tarixiy asarlari yonida uning — Ali Qushchining ham kitoblari turibdi! (O. YO.) 4. Lekin xuddi shu payt, oldinda borayotgan shahzoda handaqqa yaqinlashib qolganida, o’ng qo’ldagi tepalikda bir guruh suvoriylar paydo bo’ldi. (O. YO.) 5. Pastlikdan, Qichqiriq to’londan, esayotgan salqin shamol eshigimiz oldidagi azim tup o’rikning tilla rang barglarini chitir-chitir uzib uchiradi. (H. G`.)

Download 42,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish