Boshqarish mexanizmi – traktorning yurish qismiga ta’sir etib, traktorning xarakat yo‘nalishini o‘zgartirish, to‘xtatish va xarakatsiz ushlab turish uchun xizmat qiladi. Bunga g‘ildirakli traktorlarda boshqarish chambaragi va o‘ng va chap tormozlar, zanjirli traktorlarda planetar mexanizmi va o‘ng va chap tormozlar kiradi.
Traktorning ishchi jihozlariga gidravlik osma sistema, tirkash qurilmasi, quvvat olish vali kiradi.
YOrdamchi jihozlarga o‘rindiq (kabina), yoritish, ogohlantirish, isitish, havoni almashtirish va boshqa jihozlar kiradi.
G‘ildirakli traktorlar zanjirli traktorlarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: engil boshqariladi, xarakatchan, transport holatidagi tezligi yuqori (50 km/soatgacha), universal (barcha ishlarda qo‘llash mumkin), yurish mexanizmi sodda va hakozo. Ammo bu traktorlarni kamchiligi namligi yuqori bo‘lgan va haydalgan tuproqlarda ishlatish samaradorligi past, chunki uning g‘ildiraklarini tuproq bilan tishlashish yuzasi kichik bo‘lganligi sababli shataksirashi (buksovanie) natijasida tortish sifati keskin kamayadi. SHu bilan birga tuproqni zichlashi zanjirli traktorga nisbitan yuqori ekanligi hisoblanadi.
Zanjirli traktorlarda yurish qismini zanjir ko‘rinishida yasalganligi tufayli uning er bilan tishlashish yuzasi katta bo‘lishi hisobiga tuproqni kam zichlaydi, uning tortish sifati yuqori bo‘lib, ulardan haydalgan maydonlarda foydalanish yuqori samara beradi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishda qo‘llaniladigan mashina traktor agregatlarining asosiy energiya manbai sifatida turli quvvatlarga ega bo‘lgan hamda mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yoki xorijiy davlatlardan sotib olingan traktorlar (5-ilova)qo‘llaniladi.
Ko‘p energiya talab etiladigan (er haydash, chizellash, chuqur yumshatish va boshqalar) hamda yuzasi 10 gektardan va uzunligi 300 metrdan katta dalalardagi ishlarni bajarishda hozirgi zamon yuqori quvvatli umumiy ishlarni bajaradigan Axion-850, MX-250, Arion-640S, Magnum-7240, K-701, T-150K, XTZ-181, VT-150 rusumli traktorlar keng qamrovli mashinalar bilan, xuddi shu ishlar, lekin kichik va o‘rtacha maydonlardaT-401, T-4A-S4, VT-150, TS-6070, Axsos-320S traktorlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ekishdan oldin erlarni tayyorlashda (tirmalash, disklash, chizellash, molalash, er tekislash va boshqalar) asosan T-4A, VT-100, VT-150, XTZ-181 rusumli zanjirli traktorlardan, ekinlar qator oralariga ishlov berishda (ekish, kulьtivatsiya qilish, begona o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurashish, g‘o‘zani defoliatsiya qilish, g‘o‘zapoyani yig‘ish va hokazolar) TTZ-60.11, TTZ-80.11, MTZ-80X rusumli chopiq traktorlaridan va etishtirilgan ekinlar hosilini tashish ishlarida TTZ-60.10, TTZ-80.10, MTZ-80,82, TTZ-100.10 rusumli transport traktorlaridan foydalanish yuqori samara beradi.
YUqoridagilarni hisobga olgan holda umumiy ishlarni bajaradigan, o‘simliklar qator orasiga ishlovberadigan va yuk tashish ishlarini bajaradigan traktorlar tanlanadi va ularning foydalanish ko‘rsatgichlari 5-jadvalga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |