2 –AMALIY ISH.
Ikki komponentli sistemadagi qotishmalarning holat diagrammalarini analiz qilish
1. Ishni bajarishdan maqsad.
Talabalar ikki komponentdan iborat bo'lgan qotishmalar sistemasini analiz qilishni o'rganish.
Nazariy qism.
Qotishmalarning holat diagrammasi deb, qotishmalarning holatini temperatura va ximiyaviy tarkibiga qarab, o'zgarishini ko'rsatuvchi chizma tassavvuriga (grafikga) aytiladi. Bunday grafiklar asosan termik analizlar yordamida tuziladi. Holat diagrammasi qotishma nazariyasining muhim qismini tashkil etadi. Ikki yoki undan ortiq elementlardan eritib olingan moddaga (birikma) qotishma deyiladi. qotishmani tashkil etuvchi elementlar komponentlar deyiladi. qotishmalar ikki, uch va ko'p komponentli bo'ladi. Komponentlarning turiga qarab, har-xil sistemalarga ega bo'lamiz. Masalan: alyuminiy- mis, temir- uglerod, albyuminiy-magniy, marganets,va boshqalar sistemadagi qotishmalar.
Berilgan sistemadagi qotishmalarning miqdorlar isboti (kontsentratsiya) deb, uning tarkibidagi ishtirok etuvchi har bir elementning miqdori tushiniladi.
Faza qotishmalarning bir jinsli qismi bo'lib, ikkinchi qismidan chegara sirtlari bilan ajraydi va bu chegaradan o'tganda moddaning ximiyaviy tarkibi, strukturasi va xossalari keskin o'zgaradi. Moddalar suyuq va qattiq holatida bo'lishi mumkin. Masalan: suv va muz ikki fazali sistemadir. O'z qatorida qattiq faza qattiq eritma yoki ximiyaviy birikmadan iborat bo'lishi mumkin. Qattiq eritmalar bir jinsli suyuq qotishmadan kristallanish natijasida, kristall panjara qotishmani tashkil euvchi element atomlari saqlangan holda hosil bo'ladi.
Qattiq eritmalar va boshqa harflar bilan belgilanadi. Ximiyaviy birikmalar qotishmani tashkil etuvchi komponentlar orasida ximiyaviy bog'lanish bo'lganda hosil bo'ladi. (masalan: An Bm)
Qattiq birikma yoki ximiyaviy birikma hosil qilish uchun sharoit bo'lmaganda, ikkala komponentning donasidan tashkil topgan va ulaming mexanik aralashmasidan iborat bo'lgan qotishma hosil bo'ladi.
Holat diagrammasi har xil chiziklardan iborat bo'lib, bu chiziklar qotishmalarni har xil fazaviy holat viloyatlariga bo'ladi. (3.2 rasmga qarang). ACB chizig'idan yuqori sistemadagi ( masalan Си- Ag) hamma qotishmalar suyuq holatda bo'ladi. Bu chiziqni likvidus chizig'i deb ataydilar. АДСЕВ chizig'i pastida sistemadagi hamma qotishmalar qattiq holatda bo'ladi. Bu chizikni solidus chizig'i deb ataladi.
Qotish kristall (qattiq) holatda bir fazali, ikki fazali va ko'p fazali bo'lishi mumkin. Bu fazalarning miqdori va o'zaro joylashishiga qarab, qotishmalarning xilma-xil ichki tuzilishi strukturasi hosil bo'ladi.
Eslatma. Talaba bajaradigan ishini nomerini gruppa ro'yxatidannomeriga qarab tanlaydi va ilovadan tekshiriladigan sistemadagi qotishmaning holat diagrammasini hamda ishining shartini ko'chirib oladi. Ish shartiga binoan talaba ikki qotishma uchun fazalariko'rsatilgan sovish egri chizig'i, so'ngra birinchi qotishma uchun T1 temperaturada, ikkinchi qotishma uchun T2 temperaturada fazalar miqdorini aniqlash kerak.
2. Ishni baiarish tartibi.
Berilgan holat diagrammani masshtabda chiziladi va undan fazalariko'rsatiladi.
Rangli qalam bilan tekshiriladigan qotishmalar chizig'i ( masalan 3.2. rasmda 1..1) o'tkaziladi va kritik temperaturaoar (qotishma chizig'i bilan diagramma chizig'i kesishgan nuqta ) nomerlanadi. (Masalan 1, 2...)
Holat diagrammasining chap tomonidan birinchi qotishma uchun , so'ng tomonidan 2- qotishma uchun sovish egri chizig'i chiziladi. Sovish egri chiziqlarida suyuq qotishmani uy temperaturasida sovitganda sodir bo'ladigan fazaviy o'zgarishlar kuzatiladi.
Fazalar miqdori 1- qotishma uchun t1 temperaturada, ikkinchi qotishma uchun t2
temperaturada aniqlanadi. Buning uchun qotishma chizig'ida berilgan temperaturalarga (masalan t1 a t2) taaluqli nuqtalar (masalan 5.1 rasmda b nuqta) aniqlanadi. Har bir fazaning nisbiy miqdorini (agar ko'rsatilgan temperaturada qotishma ikki fazadan iborat bo'lsa) aniqlash uchun b nuqtadan fazalar chegarasiga bo'lgan gorizantal chiziq(kannoda) o'tkaziladi va uning uzunligi aniqlanadi. ac
chizig'i qotishmaning to'la massasiga (100 % ) misol bo'ladi. U holda suyuq fazaning miqdori ab kesmasi qattiq fazaning ( -ning ) miqdori esa bc kesmasi orqali ifodalanadi:
5. Sovish egri chiziq yonida tekshiriladigan qotishmalarning uy temperaturasidagi strukturalar sxematik ravishda chiziladi.
3. Hisobotni vozish tartibi.
Ishning maqsadi.
Berilgan holat diagrammasini va ikita qotishmaning sovish egri chizig'ini chizib, so'ngra t1 va t2 temperaturalarda fazalar miqdorini hisobini keltirish kerak.
4. Mustaqil tavvorlash uchun savollar.
Qotishmalarning holat diagrammalarining ahamiyati
Qotishmalarning holat diagrammalarini ko'rish usullari.
Holat diagrammalarining faza va strukturalarini ashkil etuvchilari.
Hamma diagrammalarning turlari.
Holat diagrammalarining asosiy turlarining asosiy turlarining sxematik ko'rinishi.
Isitilgan holat diagrammasiga qarab, qotishmalarning sovish egri chizig'ini chizish.
Ma'lum bir temperaturada qotishmalarning fazalar miqdorini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |