Orlografphie Projection (Or86-rasm. Kameraning tografik loyiha) rejimini o‘rnating, nati-
ko‘rish maydoni va fokus jada kamera oynasida tasvir perspektiv
masofasi parametrlarini
loyihada emas, balki ortografik ko‘rino‘rnatish. ishga cga bo‘ladi.
Lens (Obyektiv) va FOV (Ko‘rish
maydoni) parametrlarini sozlash amali o‘rniga tayyor obyektiv tanlashingiz mumkin. Bunda fokus masofa va unga mos ravishda ko‘rish maydoni belgilangan bo‘lib, uni Stock Lenses (Almashtiriluvchi linzalar) tugmasi orqali ko‘rsatiladigan fokus maso fasi bo‘yicha tanlanadi.
Biron tugma tanlanganda ikki o‘rnatkichdagi – Lens (Obyektiv) va FOV (Ko‘rish maydoni) maydon qiymati o‘z ko‘rinishini o‘zgartiradi.
Bayroqchalarni o‘rnating yoki olib tashlang:
► Show Cone (Ko‘rinish piramidasini hosil qilish) – ko‘rinish piramidasini loyihaning barcha oynasida ko‘rsatilishini ta’minlaydi, bunda kamera tugmasi ajratilmagan bo‘lishi ham mumkin;
► Show Horizon (Gorizontni ko‘rsatish) – Kamera oynasida gorizont chizig‘ini ko‘rsatishga imkon beradi, bunda chiziq kameraning haqiqiy joylashgan holatiga mos bo‘ladi. Ko‘pincha, tasvirda tagrang sifatida gorizont chizig‘iga ega tabiat ko‘rinishi qo‘llangan bo‘ladi.
Tuman kabi atrof-muhit bilan bog‘liq o‘zgarishlar kameradan qancha uzoqlikda boshlanishini Environment Ranges (Atrofmuhit ta’sir diapazoni) guruhida o‘rnating:
► Near Range (Yaqin atrof) – ta’sir sohasigacha bo‘lgan eng minimal uzoqlikni belgilaydi;
► Far Range (U/oq atroQ – maksimal uzoqlikni belgilaydi;
► Show (Ko‘rsatish) – bayroqchasi ikki tekislikni ko‘rsatish rejimini o‘rnatib, ular atrof-muhit o‘zgarishining yaqin va uzoq chcgaralarini ko‘rsatadi (87-rasm).
Kamera oynasida ko‘rsatiladigan tasvirlarning har birini kameradan ma’lum uzoqlikda o‘rnatiIgan
tekislik bo‘yicha belgilab cliiqing. Ular perpendikular tekislikda Clipping Planes (Ajratish tekisligi) guruhida belgilanadi.
|
87-rasm. Atrof-muhit o‘zgarishining yaqin va uzoq chegaralarini ko‘rsatish rejimi.
|
Ko‘rinishning faqat bir qismi, ya’ni yaqin va uzoq tekisliklar o‘rtasida joylashgan tasvirlar kamera oy nasida ko‘rsatiladi.
Ajratishning yaqin (Near Clip o‘rnatkich) va uzoq (Far Clip o‘rnatkich) tekisliklargacha bo‘lgan masofa qiymatini belgilash amali Clip Manually (Qo‘lda ajratish) qismda bayroqeha o‘rnatish orqali bajariladi.
Ajratish tekisligi diagonallari kesishgan qizil rangli to‘rtburchak ko‘rinishda bo‘lib, ko‘rinish piramidasi chegarasida joylashagan (88-rasm).
88-rasm. Ajratish tekisliklarini o‘rnatish rejimi.
Nazorat savollari:
Pikselli tasvir muharriri nima?
Paint muharririning asosiy menusi.
Paint muharririning asboblar paneli imkoniyatlari.
Dastutda asboblar bilan ishlash. Tasvirlardan nusxa olish
Do'stlaringiz bilan baham: |