2-3-Laboratoriya mashg‘uloti.
Binopolyar tranzistor asosidagi bir kaskadli kuchaytirgichning xarakteristikalarini tekshirish.
Mashg‘ulot maqsadi. Kuchaytirgichlar sxemasini tashkil qilgan elementlarning tuzulishi, ishlash prinsipi, vazifasi va ulanish sxemalari bilan tanishish.
Nazariy tushunchalar. Avtomatik qurilmalarda ko`pincha datchiklardan keladigan signallar quvvati rostlanuvchi miqdorlarni ko‘rsatilgan darajada ushlab turish uchun qo‘llaniladigan rostlovchi qurilmalarni boshqarish uchun yetarli bo‘lmaydi. Bunday hollarda kuchsiz signallarni kuchaytirish uchun kuchaytirgichlardan foydalaniladi. Kuchaytirgich deb, kirish signalini ko‘rinishi va fizik tabiatini o‘zgartirmagan holda, kuchaytirish uchun qo‘llaniladigan qurilmaga aytiladi. Quvvat bo‘yicha signalni kuchaytirish tashqi manbaa energiyasi evaziga boshqariladi. Avtomatik qurilmada turli kuchaytirgichlar qo‘llaniladi: Magnitli, elektron, yarim o‘tkazgichli, elektr mashinali, gidravlik, pnevmatik va boshqalar. Kuchaytirgichlarni asosiy tavsiflaridan biri, ularni kuchaytirish koeffitsentidir.
Kuchaytirgichni quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsenti – deb uni chiqish quvvati (Rchik) ni, kirish quvvati (Rkir)ga nisbatiga aytiladi:
K=Rchik/Rkir
Kuchaytirgichlarni tok va kuchlanishlar bo‘yicha kuchaytirish koeffitsentlari:
K1=Ichik/Ikir,Ku=Uchik/Ukir
bo‘ladi.
Yarim o‘tkazgichli kuchaytirgichlar elektron kuchaytirgichlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lganligi tufayli ular ko‘p holatlarda elektron kuchaytirgichlarni siqib chiqarmoqda. Chunki ularni qabul qiluvchi quvvati oz, o‘ta puxta, tezkor, kuchaytirish koeffitsenti nisbatan katta, ihcham. Tranzistorli kuchaytirgich sxemasi umumiy elektrod belgilari bo‘yicha, ya’ni bir vaqtda kirish va chiqish elektrodlari hisoblanganligi bo‘yicha turlanadilar. Quyidagi rasmda umumiy bazali (a), umumiy emitterli (b) va umumiy kollektorli (v) tranzistorli kuchaytirgichlar berilgan.
Yarim o‘tkazgichli kuchaytirgichlar.
Umumiy bazali kuchaytirgichlar kuchlanishni, umumiy kollektorli kuchaytirgichlar tokni, umumiy emitterli kuchaytirgichlar esa quvvatni kuchaytirish uchun qo‘llaniladi. Tranzistorli kuchaytirgichlarni kamchiligi ularni parametrlarini va ish qobilyatini tashqi muxit haroratiga bog‘liqligidir.
3. Ishni bajarish tartibi. 1. Kuchaytirgichdan ma’lumotlar yozib olinadi.
2. Chizmadagi sxema yigiladi va kuchaytirirish ko‘ffitsenti to‘iladi. 3. To‘shiriq U1kir=12 B, U1chiq=127 B U2kir=12 B U2chiq=220 B bo‘lganda, qolgan ‘arametrlari hisoblansin.
Nazorat savollari.
1. Kuchaytirgich nima?
2. Kuchaytirgichni turlari, tavsifi qanday?
3. Yarim o‘tkazgich elementlari qanday?
4. Kuchaytirish koeffitsenti nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |