2. 20-yillik urushning boshlanishi. Aqsh afg’oniston munosibatlarining taranglashuvi. Evakuatsiya aqsh Afg‘onistonda harbiylari



Download 339,97 Kb.
bet6/12
Sana30.04.2022
Hajmi339,97 Kb.
#595691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Reja aqsh

2008-yil Muvaffaqiyatsizlik Avgust oyida “Tolibon” yetakchisini yo‘q qilish uchun Hirot shahriga uyushtirilgan raketa hujumi natijasida yuzga yaqin tinch aholi halok bo‘ladi. Buning ustiga nishon hech qanday zarar ko‘rmaydi va Amerika harbiylari muvaffaqiyatsiz operatsiya hamda qurbon bo‘lgan insonlar sonini yashirishga harakat qiladi. Bu holat prezident Hamid Karzayning tanqidiga ham sabab bo‘ladi. Koalitsiya hujumlari sabab Farah viloyatida ham tinch aholi vakillari jabrlanadi.Bu voqealar natijasida afg‘onlar orasida toliblarni qo‘llab-quvvatlash kuchaya boshlab, toliblar bir qancha g‘alabalarni qo‘lga kiritadi. Xususan, ular Qandahordagi qamoqxonani muvaffaqiyatli bosib oladi va 1200 mahbusni ozod qiladi, ulardan 400 nafari harakat a’zolari edi. Amerika qo‘shinlarining yangi qo‘mondoni general Stenli Mak-Kristal havo hujumlari taktikasini qayta ko‘rib chiqishni, vayronagarchiliklar va aholi o‘limiga olib kelmaydigan strategiya ishlab chiqishni buyuradi.
2009-yil Yangi qo‘mondon, yangi strategiya va eski jangler AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Barak Obama Afg‘oniston urushi haqida gapirib, mamlakatga yana 17 ming Amerika askari yuborilishi haqida e’lon qiladi. Obama Afg‘oniston AQShning terrorchi kuchlarga qarshi kurashida eng muhim fronti ekanligini bayonotlarida yana bir bor tasdiqlaydi. 2009-yil yanvar holatiga ko‘ra Pentagon Afg‘onistonda 37 ming askarga ega bo‘lib, ular AQSh va NATO qo‘mondonligi o‘rtasida taqsimlangandi.Tez orada Barak Obama Afg‘onistondagi urush harakatlarining yangi strategiyasini e’lon qiladi. Strategiyaning asosiy maqsadi, oq qog‘ozda ko‘rsatilganidek “Al-Qoida va uning Pokistondagi harbiy nuqtalarini buzish, yo‘q qilish va mag‘lub etish hamda ularning Pokiston yoki Afg‘onistonga qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik” edi. Rejada shuningdek, Afg‘oniston armiyasi va politsiya kuchlarini o‘qitishga yordam berish uchun qo‘shimcha to‘rt ming askar yuborilishi ko‘zda tutilgandi.AQSh mudofaa vaziri Robert Geyts Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlari oliy qo‘mondoni general David Mak-Kernanni vazifasidan ozod qiladi hamda uning o‘rniga general Mak-Kristalni tayinlaydi. Geytsning fikricha, Pentagon Afg‘on urushida “yangicha fikrlash” va “yangi ko‘zlar”ga muhtoj edi, shuningdek bu tayinlov Afg‘onistondagi urush harakatlariga ko‘proq “agressiv va innovatsion” yondashuvni yaratishga qaratilgandi.Iyul oyida AQSh dengiz piyodalari Afg‘oniston janubida keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlaydi. To‘rt ming askar ishtirok etgan bu operatsiya Hilmand viloyatida toliblar harakatining kuchayishiga javoban o‘tkaziladi. Sentabr oyida Qunduz viloyatida AQShning F-15E samolyoti toliblar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan ikkita yonilg‘i mashinasini yo‘q qiladi. Biroq raketa zarbasi natijasida yuzlab mahalliy aholi vakillari ham qurbon bo‘ladi. Shuningdek, AQSh uchuvchisiz samolyotlari Pokistondagi jangarilar bazalariga ham zarbalar beradi. Rasmiy ravishda ittifoqchi bo‘lishiga qaramay, amerikalik harbiylar Pokiston maxsus xizmatini “Tolibon”ni yashirincha qo‘llab-quvvatlashda ayblaydi.

Download 339,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish