Dislaliya - (dis-izdan chiqish, aynish, buzilish, laliya-nutq)
tovushlarni noto'g‘ri talaffuz etish bilan ifodalanadigan nutq nuqsonidir. Dislaliyada bolalar bir fonetik guruhdagi tovushlarni
(monomorf dislaliya) yoki har xil fonetik guruhdagi tovushlarni (polimorf dislaliya) noto‘g‘ri talaffuz etishadi. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar nutq sistemasining boshqa tarkibiy qismlariga har xil darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ba’zi bolalarda talaffuz kamchiligi shunchaki bir nuqson bo'lib, bola nutqning leksik, grammatik qismlarida, idrok etish layoqatida hech qanday kamchiliklar kuzatilmaydi. Biroq ko‘p hollarda, hattoki, bittagina tovushning noto‘g‘ri talaffuzi ham nutq sistemasidagi leksik hamda grammatik tomonlarga ta’sir ko‘rsatadi, natijada bola tovushni noto‘g‘ri idrok etadi, o‘xshash tovushlar bilan adashtiradi, yozish va o‘qish paytida ham xatolarga yo‘l qo‘yadi.
Rinolaliya - dimoqdan, dimoq bilan gapirish, tovushlar talaffuzi va ovoz tembirining nutq apparatidagi anatomik-fiziologik
kamchiliklari, o‘zgarishlari natijasida buzilib aytilishidir. Rinolaliya
og‘iz va burun bo'shliqlari o‘rtasida to‘siq yo‘qligidan yoki shu bo‘shliqlar bitib qolganidan kelib chiqadi. Rinolaliya Ye.F. Rau
(1933), Z.G. Nelyubova (1939), M.Morli, V.V.Kukol (1941),
A.G.Ippolitova (1955, 1963), I.I.Ermakova (1984), G.V. Chirkina
(1989) va boshqalar tomonidan keng yoritilgan.Ularning fikricha,
rinolaliyaning oldini olish choralarini ko‘rish, korreksion-tarbiyaviy logopediya ish sistemasini to‘g‘ri tashkil etish, ota-onalaming o‘z bolalarini vaqtida mutaxassis-shifokor, logopedga ko‘rsatib davolatishi muhim ahamiyatga egadir.
Olimlardan Ye.M.Nemchinova (1970), V.M.Messina (1971), G.V.Kruchinskiy (1974) fikrlariga ko‘ra, homiladorlikning 7-8
haftaligida onaning og‘ir kasalliklar bilan og‘ir ruhiy kechinmalarini
boshidan kechirishi tufayli bola tanglay, lab kamchiliklari, kemtiklari bilan tug’ilishi mumkin.Talaffuzning noaniq bo‘lib, bolaning manqalanib gapirishi unda rinolaliya borligini ko‘rsatadi.Biroq rinolaliya ochiq yoki yopiq, bo‘lmasa, ikkalasi birga qo‘shilgan, aralash holda bo’lishi mumkin.
Uning xilini aniqlash uchun og‘izni ochib, artikulyatsion nutq
apparati ko‘zdan kechiriladi. Ochiq rinolaliyada tanglayda yopiq
borligi darhol ko‘zga tashlanadi.Agar bolada yopiq rinolaliya alomatlari birga qo‘shilgan bo‘lsa, aralash rinolaliyadir.Rinolaliya qaysi holda bo‘lishidan qat’i nazar, u tabiatan organik va funksional
bo‘ladi.Rinolaliya ochiq, yopiq va aralash rinolaliya turlariga
bo‘linadi.
Dizartriya-so'zlami to‘la, ravon talaffuz qila olmaslik, talaffuz
nuqsonidir.U nutq apparati innervatsiyasida kamchilik borligiga
bog‘liq bo‘ladi.Dizartriya uchun markaziy hamda periferik nerv
sistemasining organik kasalliklari natijasida artikulyatsiya mushaklarining falajlanish tufayli tovushlar talaffuzi va ovozning buzilishi harakterlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |