"Qayerda taqillatishdi?" o’yini
O’yinning maqsadi:Ovozni qayerdan kelganini aniqlashga o’rgatish.Xarakat oriyentasiyasini rivojlantirish
O’yinning borishi: Barcha bolalar doira shaklida stullarga o’tiradilar. Bolalardan biri doiraning o’rtasiga chiqadi va ko’zini bog’laydi.
Logoped doira bulib o’tirgan bolalar orqasiga o’tib,yog’och cho’pni bolalardan bittasiga beradi. Cho’pni olgan bola,cho’pni tepaga yoki pastga yo’naltirib,urib taqillatadi. Ko’zi boylangan bola tovush qayerdan kelayotganini aniqlashi kerak.Agar bola to’g’ri topsa bolalar o’rin almashadilar.Agar topa olmasa o’yin shu tariqa davom etaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |