Ekzogen-organik omillar sirasiga: bolaning markaziy nerv tizimi va uning organizmiga salbiy ta‘sir etuvchi omillar (infeksiya, jarohatlar,
intoksikasiya), turli akusherlik patologiyalari (bel torligi, tug‘ilishning cho‘zilib ketishi yoki tez sodir bo‘lishi, yo‘ldoshga o‘ralib qolishi, bolaning noto‘g‘ri joylashishi va boshqalar), malakali akusherlik yordamining ko‘rsatilmasligi, chala tug‘ilish kabi holatlar sabab bo‘ladi.
Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi:
1) tibbiy-psixologik nutqiy buzilish;
2) psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |