III. Yangi mavzuning bayoni. Yangi mavzu ekranda tushuntiriladi.
624.
To‘g‘ri to‘rtburchaklar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? Har bir to‘g‘ri to‘rtburchak nechta teng (bir xil) qismga bo‘lingan ? Haqiqatan ham birinchisi 15 ta, ikkinchisi 6 ta, uchinchisi … ta qismga bo‘lingan. Har bir rasmda to‘g‘ri to‘rtburchakning qanday qismi bo‘yalgan?
To‘g‘ri, birinchi rasmda to‘g‘ri to‘rtburchakning o‘n beshdan bir qismi; ikkinchisida oltidan bir qismi bo‘yalgan va h. k. Lekin buni qanday matematik belgi bilan yozish mumkin?
Buning uchun matematiklar kasrlar deb ataluvchi sonlarni o‘ylab topdilar Kasrlarni yozish uchun tanish belgi (raqam)lar va chiziqlardan foydalaniladi. Chiziq tagiga narsa, shakl yoki miqdor nechta teng qismga bo‘linganligini ko‘rsatuvchi son yoziladi. Bu son maxraj deb ataladi. Chiziq ustidagi son shunday qismdan nechta olinganligini ko‘rsatadi. Bu son surat deb ataladi.
Endi biz birinchi rasmda to‘g‘ri to‘rtburchakning 1/15 qismi, ikkinchisida 1/6 qismi, uchinchisida … qismi bo‘yalganligini ko‘rib turibmiz. Demak, agar birinchi to‘g‘rito‘rtburchakning ikki qismi bo‘yalsa, u holda “To‘g‘ri to‘rtburchakning 2/15 qismi bo‘yalgan” deyiladi. Agar uch qismi bo‘yalsa, u holda “To‘g‘ri to‘rtburchakning 3/15 qismi bo‘yalgan” deyiladi. Agar to‘g‘ri to‘rtburchakning hamma qismlari bo‘yalsa, u holda birinchisida 15/15, ikkinchisida 6/6, uchinchisida esa 12/12 va h. k. kasr hosil bo‘ladi.
Yodingizda tuting! Agar har bir to‘g‘ri to‘rtburchakning hamma qismlarini bo‘yasak, unda bir butun to‘g‘ri to‘rtburchak hosil bo‘ladi. Shuning uchun surat va maxraji bir xil bo‘lgan har qanday kasr 1ga teng bo‘ladi:15/15=1; 6/6=1; 12/12=1
625- topshiriqda berilgan rasmlar nimasi bilan bir-biriga o‘xshashini o‘quvchilarga tushuntiriladi. Ya’ni barcha shakllarning ¼ qismi bo‘yalgan.
626-627- topshiriqlarni o‘quvchilar doskada bajaradilar.
626- topshiriqda AB kesmani o‘lchab, daftarlarida chizadilar.
O‘ylab ko‘ring! Kesmaning 1/10 qismi nimaga teng.Yozuvlar to‘g‘ri bo‘lishi uchun nuqtalar o‘rniga qanday uzunlik o‘lchovlarini yozish kerak? O‘quvchilar topshiriqni bajaradilar. 1…=1/10… 1…=10…
Agar quyidagicha yozuv hosil bo‘lsa, u holda topshiriq to‘g‘ri bajarilgan bo‘ladi:
1 sm= 1/10 dm 1 dm= 10 sm
627 – topshiriq
Santimetrning 1/10 qismi nimaga teng? 1/10 sm … mmMetrning 1/10 qismi nimaga teng? 1/10 m= … dm. 1m hosil bo‘lishi uchun 1 km ni nechta bir xil qismga bo‘lish kerak? To‘g‘ri tenglikni yozing: 1 m=…/… km.
To‘g‘ri tengliklar: 1/10 sm=1 mm; 1/10 m=1 dm; 1 m=1/10 km.
Do'stlaringiz bilan baham: |