Biriktirilgan detallarni suruvchi kuch ta’siridagi boltni hisoblash 4-HOLAT. Bolt sirib tortilgan, tashqaridan unga cho’zuvchi kuch ta’sir etadi. Bunga bosim ostida bo’ladigan germetik idishlarning qopqog’ini biriktiruvchi boltlar misol bo’la oladi (6-rasm). Bunday xildagi birikmalarda (masalan, yuqori bosim ostida bo’ladigan idishlarning qopqog’ini mahkamlash) germetiklik talab etiladi. Idish qopqog’iga ta’sir etuvchi bosim bir tekis yoki o’zgarmas va aksincha, o’zgaruvchan bo’lishi mumkin. 1) Ta’sir etuvchi kuch (bosim) o’zgarmas bo’lganda: - bu yerda, КT=1,3…5,0 - taranglik koeffisienti; Ғ=R/z - bitta boltga ta’sir etuvchi tashqi yuklanish; χ=0,2...0,3 - yuklanishning bolt o’zagini cho’zishga sarf bo’lgan qismini ko’rsatuvchi koeffisient.
- 2) Ta’sir etuvchi kuch (bosim, yuklanish) o’zgaruvchan bo’lganda birikmadagi o’zgaruvchan kuchlanishlar uchun mustahkamlik zahirasi aniqlanadi va uning qiymati ruxsat etilgan qiymati bilan qiyoslanadi:
- Egilgan boltning hisobi
- 5-HOLAT. Ta’sir qiluvchi yuklanishdan bolt sterjenida eguvchi moment hosil bo’ladi. Cho’zuvchi kuchdan tashqari bolt sterjenida eguvchi moment ham hosil bo’ladigan holatlar amaliyotda uchrab turadi. Bunday hol detalning gayka sirti bilan tutashadigan yuzasi notekis bo’lganda, bolt kallagi nostandart holda ilgak ko’rinishida tayyorlanganda yoki detal sirti bilan gayka orasiga boshqa kichikroq va qattiqroq jism tushib qolib, birikma yig’ilganda yuz beradi (7-rasm, a). Birikma cho’zuvchi kuchdan tashqari, eguvchi momentga ham hisoblanishi lozim bo’ladi.
- Cho’zuvchi kuchdan hosil bo’lgan kuchlanish,
- Eguvchi moment ta’sirida hosil bo’lgan kuchlanish quyidagicha bo’ladi,
- Agar x=d1 deb qabul qilsak, unda
- Bunday hollarda mustahkamlik sharti quyidagicha bo’ladi,
- Ko’p boltli birikmalarni va klemmali birikmalarni hisoblash
- Ta’sir etuvchi yuklanish tutashuv yuzasiga perpendikulyar.
- Bunda yisob eng ko’p yuklangan bolt uchun olib boriladi.
- Ta’sir etuvchi yuklanish tutashuv yuzasiga perpendikulyar.
- Ғ=R/z
- 8 – rasm. Ta’sir etuvchi yuklanish tutashuv yuzasiga perpendikulyar
- Yuklanish tutashuvidagi detallarni siljitadi.
- Moment Т=Rl va kuch kranshteyni burishga harakat qiladi R yuklanishdan boltdagi kuchlar tekis taqsimlanadi:
- ҒR=R/z
- 9-rasm. Yuklanish tutashuvidagi detallarni siljitadi
- Yuklanish detallar tutashuvini ochadi.
- Bu holat amaliyotda ko’p uchraydi, masalan turli hil kranshteyn va tirgaklarni qotirish. Bunda R1 va R2 tashkil etuvchilarga ajratiladi. Bunda momentning ta’siri
- Klemmali birikmalar
- Кlemmali birikmalarning boltlarini hisoblash. Кlemmali birikmalar rezbali birikmalarning xususiy turi bo’lib, detallarni vallarga, o’qlarga, silindrsimon brus, kolonnalarga va shu kabilarga mahkamlash uchun xizmat qiladi va boltlarning o’zini sirib tortib mahkamlash evaziga hosil qilinadi (10-rasm). Кlemmali birikmalar detallarni val sirti bo’yicha surish va ma’lum burchakka burish imkonini beradi.
- 10-rasm. Кlemmaning chiziq bo’yicha (a) va val sirti bilan to’la urinish holi (b).
- Кlemmali birikmalarni hisoblash uchun ikki xil sxema qabul qilingan.
- 1) Val va o’rnatiladigan detallar o’zaro to’g’ri chiziq bo’yicha tutashadi.
- Bunday holat val o’rnatiladigan teshik yetarli darajada aniq ishlanmaganda ro’y beradi (11-rasm, a). Birikmaning mustahkamligi quyidagicha ifodalanadi:
- bu erda, Fn – tutashuv joyidagi reaksiya kuchi; f – ishqalanish koeffisienti.
- 2) Val o’rnatiladigan teshik valning sirtiga aniq moslab tayyorlangan bo’lsa, tutashish yuza bo’yicha bo’ladi (11-rasm, b). Bu holda birikmaning mustahkamligi quyidagi ko’rinishni oladi:
- Кlemmali birikmalarning boltlarini hisoblash uchun, dastavval uning ishlash sharoiti aniqlanishi, hisoblash sxemasi tanlanishi va taranglik kuchi topilishi kerak. So’ngra ularning mustahkamligi quyidagicha shart bo’yicha tekshiriladi, ya’ni
Эътиборингиз учун раҳмат!
Do'stlaringiz bilan baham: |