2- soat Mavzu: qog‘oz va karton bilan ishlash. Tabiiy materiallar bilan ishlash



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana04.03.2022
Hajmi0,64 Mb.
#482048
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TI va D 2-AMALIY MASHGULOT (2)

Andoza bilan ishlash.
Andozani, materialni tejash maqsadlarida qog`ozning chetiga 
qo`yib, chap qo`l bilan bosib turiladi, o`ng qo`ldagi qalam bilan andozaning chetidan chiziladi. 
Qog`ozni yopishtirish. Stolning ustiga gazetani yozib, uning ustiga kerakli o`lchamda qirqib 
olingan rangli yoki istalgan qog`oz qo`yiladi va mo`yqalam yordamida o`rtasidan chetiga avval 
chap, so`ngra o`ng tomoniga qarab yelim surtiladi. Sirach yoki yelim surtilgan qog`ozni 
yopishtiriladigan predmetning ustiga qo`yib, uning ustida g`ijimlanishlar bo`lmasligi uchun toza 
latta bilan bosib tekislanadi. Hajmli predmetlar quritishda qog`oz shimmasligi uchun ham ichki, 
ham tashqi tomonidan yelimlanadi. Qog`oz bilan ishlashda bizga kerak bo`ladigan jihozlar qalam, 
o`chirgich, chizg`ich, qaychi, pichoqlardan foydalaniladi. 
Qog`oz va kartondan ko`rgazmali qurollar va o`yinchoqlar yasash 
a) Kvadrat shaklidagi qog`ozni buklash orqali «xo`roz» o`yinchog`ini yasash 
O`quvchilarga dastlab xo`rozning surati ko`rsatiladi. So`ng savol-javoblar yordamida uning o`ziga 
xos tana tuzilishi umumlashtirilib, bugun ana shu xo`rozni qog`ozni buklash orqali yasashlari 
zarurligi aytiladi. Barcha o`quvchilar oldindan tayyorlab qo`yilgan kvadrat qog`ozni qo`llariga 
olib, o`qituvchi bilan ketma-ket buklab boradilar (2.1-chizma). 
 
1-chizma. Kvadrat shaklidagi qog`ozni buklash orqali «xo`roz» о`уinсhog`ini 
yasash
Dastlab kvadrat qog`oz diagonal bo`ylab buklanadi. Hosil bo`lgan buklanish chizig`iga 
kvadratning pastki chap va yuqorigi o`ng burchaklari uchburchak ko`rinishida buklab qo`yiladi. 
So`ng hosil bo`lgan o`tkir uchi orqa tomonga qarata buklanadi. Bunda har ikkala uchlik tomon 
ustma-ust va uchma-uch tushishi lozim. Endi ana shu hosil bo`lgan shakl «а-b» chiziq bo`ylab 
orqaga qarata teng ikkiga buklanadi. 
Navbatdagi ish xo`rozning bo`yni uchun mo`ljallangan kichik uchburchak ko`rinishidagi 
qismini qo`l bilan tortib ko`tarishdan iboratdir. Buning uchun bo`yin tomon chap, dum tomon o`ng 
qo`l bilan ushlab tortiladi. So`ngra, rasmda ko`rsatilgandek, buklash orqali xo`rozning tumshug`i 
hosil qilinadi. Endi xo`rozning toji va bo`ynidagi bag`baqalari qizil rangdagi qog`ozdan qirqilib, 
yopishtirib qo`yiladi. Xo`rozning dumini rasmda ko`rsatilgandek qirqish orqali o`yinchoqni 
yasash jarayoni nihoyasiga yetkaziladi. 


O`qituvchi imkoniyatiga ko`ra «xo`roz» o`yinchog`ini yuqorida ko`rsatilgan chizma asosida 
yasattirishi ham mumkin. 
Rasmda «xo`roz» o`yinchog`ini buklash orqali hosil qilish tartibi ko`rsatilgan. Unga rioya 
qilgan holda «xo`roz» o`yinchog`ini yasang. Xo`rozning bo’yin qismini hosil qilish uchun uning 
umumiy tanasi teng o`rtasidan ikkiga buklanadi va uchidan ushlanib tashqariga qarata tortiladi. 
Natijada xo`rozning bo`yin qismi hosil bo`ladi. Navbatdagi ishda xo`rozning dum qismi qaychida 
qirqib chiqiladi. Bo`yin qismining yuqorisi esa, tashqariga qarata rasmdagidek buklanadi. So`ng 
xo`rozning toj va bag`baqasi yelimlab qo`yiladi. 
b) Kvadrat shaklidagi qog`ozdan «kuchukcha» o`yinchog`ini yasash 
O`quvchilar rangli qog`ozdan kvadrat tayyorlash usuli bilan tanish bo`lganliklari sababli, 
qog`oz diagonali bo`ylab buklab chiqarilganda buklash chiziqlari o`zaro kesishib, «о» markazini 
hosil qiladi. So`ng 2 ta buklov tomoni buklanadi. So`ngra hozirgi buklangan ikkala tomoni yana 
teng ikkiga buklanadi. Bunda kuchukchaning qulog`i hosil bo`ladi. So`ng ochiq pastki qismi 
buklanadi. Unda esa kuchukning tili hosil bo`ladi. Bu ishlarning hammasini bosqichma-bosqich 
yopishtirib chiqish kerak. 
2-chizma:Kvadratshaklidagi
3-chizma:
Kvadrat shaklidagi 
qog‘ozni taxlash va buklash orqali 
qog‘ozni taxlash va buklash 
«kuchukcha» o‘yinchog‘ini yasash 
orqali «lola» gulini yasash 
c) 
Qog`ozni taxlash vа buklash orqali «baliqcha» o`yinchog`ini yasash 
O`quvchilar qog`ozdan kvadrat tayyorlash usuli bilan tanish bo`lganliklari sababli, 
o`qituvchi yangicha buklash usullarini tushuntirishga o`tadi. Kvadrat qog`oz diagonali bo`ylab 
buklanganda, buklash chiziqlari o`zaro kesishib, «о» markazini hosil qiladi. So`ng kvadratning 
to`rt tomoni shu nuqtagacha yetkazilib, buklab chiqiladi. Keyin qog`ozning pastki ikki burchagida 
hosil bo`lgan «1» va «2» kvadratchalarning diagonaliga ko`rsatkich barmoqlar qo`yiiib, pastidan 
bosh va o`rta barmoqlar bilan ushlanadi (2.2-chizma). 
Natijada «konfet» ko`rinishi hosil bo`ladi, uning taxi ochiladi va bir burchagi pastga qarata 
buklanib, avvalgi buklanish holatiga keltiriladi. So`ng, baliqning uchburchak ko`rinishdagi dumi 
buklanish chizig`iga yetkazilib, o`rtasidan buklab qo`yiladi. 
Hosil bolgan «baliqcha» o`yinchog`ining orqa tomoni parta ustiga ag`darib qo`yiladi. Bunda 
baliqning chap tomonida kichik o`lchamidagi kvadrat bo`laklari, suzgichlar va dumning hosil 
bo`lganligini ko`rish mumkin bo`ladi. Navbatdagi ish baliqni sidirg`asiga och havo rangda bo`yab, 
qulog`i, og`zi, ko`zlari, suzgichlari, tangachalarini ishlab chiqishdan iborat. 
.
.



Baliqni buklash yo`li bilan yasashdan tashqari tayyor andazasi yordamida karton qog`ozidan 
c|irqib yasash ham mumkin. Bunda o`qituvchi katta-kichik o`lchamdagi baliq andazasini 
o`quvchilarga tarqatib chiqadi. Ular qog`ozdan shu andaza yordamida baliqning yassi lasvirini 
qirqib oladilar. So`ng bo`yab, tepasiga ipdan ilgich yopishtirib qo`yadilar. Undan bezak sifatida 
foydalanish mumkin. Dars kvadrat shaklidagi qog`ozni oxirida barcha ishlar o`quvchilar taxlash 
va buklash orqali bilan birgalikda tahlil qilinadi (2.3-chizma), (2.4-chizma). 
4-chizma. Kvadratshaklidagiqog`oznitaxlashvabuklashorqali «baliqcha» 
о`yinchog`iniyasash 
3. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish