2- seminar. Lirik qo’shiqlar reja: Lirik qo’shiqlari haqida umumiy ma’lumot. Lirik qo’shiqlarning mavzusi



Download 33 Kb.
Sana17.11.2022
Hajmi33 Kb.
#867564
Bog'liq
12- seminar. Lirik qo’shiqlar reja 1 Lirik qo’shiqlari haqida u


12- SEMINAR. LIRIK QO’SHIQLAR


REJA:


1 Lirik qo’shiqlari haqida umumiy ma’lumot.
2. Lirik qo’shiqlarning mavzusi
3. Lirik qo’shiqlarning g’oyaviy badiiy xususiyatlari.

Lirik qo’shiq atamasi shartli ravishda xalq qo’shiqlarining ma’lum bir turiga-ishq muhabbat mavzusida yaratilgan, bir kishi yoki bir necha kishi tomonidan ijro qilinuvchi mustaqil to’rtliklarga nisbatan qo’llaniladi.


Real voqyelikni shaxsning kechinmalari orqali aks ettiruvchi sevgi va vafo, hijron va sog’inch, alam va o’kinch, kishilar qalbidagi o’tli dard tufayli vujudga kelgan, faqat kuylash uchun yaratilgan qo’shiqlar lirik qo’shiq deyiladi. Lirik qo’shiqlarda xalqning nozik his tuyg’ulari orzu va umidlari butun tarovati bilan aks etadi. Bunday qo’shiqlarning asosini dardnok mazmun dono fikr va maftunkor musiqaviylik tashkil etadi.
Lirik qo’shiqlarda ishq muhabbat mavzusi yetakchi o’rin egallaydi. Ushbu mavzuda yaratilgan qo’shiqlarda chin muhabbatni ulug’lash yorga sadoqatli bo’lish mahbubaga intizorlik motivlari tarannum etiladi.

Havoni bulut bosdi


Oyni ko’rmasam bo’lmas
Yuraklarni g’am bosdi
Yorni ko’rmasam bo’lmas.

Osmonni bulut qoplagan paytlarda kishi oyni ko’rishga mushtoq bo’lganidek, ko’ngilni g’am-andug’ kemirgan kezlarda oshiqning o’z ma’shuqasini ko’rishga intilishi tasvirlangan. Bu yerda tabiatda bo’layotgan hodisa bilan lirik qaxramon kechinmasi teng qo’yib tasvirlanyapti. Psixologik parallelizmlarni qo’llash orqali kishi qalbidagi ruhiy iztiroblar nihoyatda yorqin va sodda aks etgan.


Xalq lirik qo’shiqlari yozma adabiyotda lirik she’rlarga ko’p jihatdan xususan voqyelikni ma’lum bir shaxs kechinmalari orqali aks ettirilishi bilan yaqin turadi. Biroq yozma adabiyotdagi lirik she’rlardagi kechinmalar o’ta individual xarakter kasb etsa, og’zaki lirik qo’shiqlardagi kechinmalar esa biroz umumlashgan holda ifodalangan.
MASALAN: Mumtoz adabiyotda

Bir gul g’amida kuyay dedim, bag’rim dog’


Bergaymu debon atri dumog’imga farog’
Barchin chu mulavvas ayladi bum ila zog’
Endi ani eslamoqqa yuz xayf dumog’.

YoKI:

Ko’rani husningni zoru mubtalo bo’ldim senga
Ne balolig’ kun edikim oshno bo’ldim senga
Necha dedimki kun kundim uzay sendin ko’ngil
Vahki kun-kundin battarroq mubtalo bo’ldim senga.

XALQ QO’ShIG’I:


Suv kelar guldur-guldur
Suyganim qizil guldir
Suyganim topilmasa
O’lganim o’sha kundir.
Qo’shiqlarda tasvirlangan obrazlar bizga har tomonlama uy andishasi qalbidagi dardi xis tuyg’ulari jixatidan juda tanish va yaqindir. Shuning uchun qo’shiqda kuylanayotgan g’am-alam shodu xurramlik tuyg’ulariga har kim ham sherik bo’lib turadi. Xuddi o’sha qo’shiqda o’z kechinmalari kuylanayotgandek ko’rinadi.
Qo’shiqdagi mazmun bilan shakl mustaxkam bog’langan holda kishiga zavq beradi, ayniqsa qo’shiqdagi sodda til o’tkir ifoda va ibora mantiqiylik uning tasirchanligini yanada oshiradi.

Ko’rgandarim mening yorug’ dunyoda


G’amim soni sochimdan ham ziyoda
Agar undan qutulmoqqa urinsam
G’amim otliq qocholmayman piyoda.

Qo’shiqda asosiy g’oyani tashuvchi keyingi bayti katta bir ruhiy dunyoni ochgan. Turmushda otliqning piyodaga tez yetib olishi tabiiy xol. “G’amim otliq”, “qocholmayman piyoda” istiorali iboralar qo’shiqning ta’sirchanligini yanada oshiradi.


O’xshatish, qiyoslash va istioralar o’zbek xalq qo’shiqlarida asosiy o’rinni egallaydi:

Piyola rangiga boqsam


Mening rangimga o’xshaydir
Ichidagi qora choyi
Yurak qonimga o’xshaydi.

Men ham devonai Mashrab


Jahon birla ishim bormi?
Ko’ngilni senga boy berdim
Mening aqlu hushim bormi?.
Ishq dardiga mubtalo bo’lgan insonning ruhiy iztiroblari yurak dardlari nihoyatda mungli va hazin ifodalangan.
Ishq dardida tamoman o’zini yo’qotgan oshiq aqli hushidan ayrilgan oshiq o’zini devona mashrabga ishq otashida kuyi qora choyga qiyoslanyapti.
Shunday lirik qo’shiqlar borki tarixiy hayotda yuz bergan adolatsizlikka, yosh qizlarning katta mol mulk yoki pul uchun otasi tengi kishilarga sotilishi Yoki xonu beklarning xotinbozligi maishiy buzuqligini o’zida aks ettiradi.
Osmondagi oylar-a
Gul ko’rmagan soylar-a
O’n uch yoshda sotildi
Gul bikachim oylar-a
Qiz olib juvon sotgan
Xonlarga o’lim bergay.

Xalq qo’shiqlarida butun bir xalqning ruhiy kechinmalari dunyoqarashi to’laqonli aks etadi. Qo’shiqlar xalq ma’naviyatining qudratini xalq irodasining bukilmasligini ifodalab kishini jasoratga, sevgiga, sadoqatga chorlaydi.


Lirik qo’shiqlarda qaxramonning ruhiy kechinmalari ko’pincha tabiat va tabiat manzaralari hodisalari bilan birlashadi. Bu birlashish tasodifiy emas. Bu xususiyat mazmunni ravshan ifodalashga yordam beradi.
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish