partiyalarning ishtiroki bilan belgilanadi.
Mustaqillik yillari mamlakatimizda bir qator siyosiy partiyalar tashkil topdi:
1.
Oʻzbekiston XDP (1991yil)
2.
―Adolat‖ sotsial demokratik partiyasi (1995 yil)
3.
Oʻzbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi (1995yil.)
4.
Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi (2003 yil)
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov oʻzining
Konstitusiyaning 14 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasida soʻzlagan
ma‘ruzasida siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi oʻrniga baho berib, jumladan
shunday degan edi: ―...partiyalar oʻzining ijtimoiy-siyosiy faoliyatini aholi orasida
qancha jonlantirib, kengaytirib borsa, xalqimiz va saylovchilarimizning siyosiy
ongi va faolligi shuncha yuksalib, ularning islohot va oʻzgarishlarga oʻtkazadigan
ta‘siri tobora ortib boraveradi‖.
Bu partiya va harakatlarning har biri jamiyatda ma‘lum qatlamlarning
siyosiy ijtimoiy, iqtisodiy va ma‘naviy qarashlarini ifodalab, parlamentda oʻz oʻrni
va ovozlariga egalar.
Mamlakatimizda partiya va harakatlardan tashqari 200 ga yaqin Kasaba,
tadbirkorlar, yoshlar, faxriylar kabi ijtimoiy uyushmalar ham mavjud. Bular
orasidan eng ommaviysi kasaba uyushma tarkibida 7,5 mln. a‘zosi bor.
Oʻzbekiston hayotida yoshlarning roli beqiyosdir. 1991 yili Oʻzbekiston yoshlar
ittifoqi tuzilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 7 yanvar
Farmoni bilan iqtidorli yoshlarni xorijdagi ilg‘or oliygohlarda bilim olishlarini
ta‘minlash va tashkil etish uchun ―Umid‖ jamg‘armasi tuzildi. Hozirgi kunda 2300
jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda.
Hozir Oʻzbekistonda 130 dan ortiq millat vakillari yashaydilar. Millatlarning
huquqlarini amalda tengligini ta‘minlash maqsadida 80 dan ortiq milliy markazlar
tashkil etilgan. Bularning faoliyatini 1993 yili tashkil etilgan Respublika
Baynalminal madaniy markazi boshqarib boradi.
Yuqoridagi fikrlarimizni jamlab, Oʻzbekistonda davlatimiz kunma-kun,
bosqichma-bosqich oʻz funksiyalarini ana shunday jamoat birlashmalariga oʻtkazib
bermoqda va fuqarolik jamiyati zaminini shakllantirib bormoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy partiyalar, jamoat
tashkilotlarining vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar
yaratildi. Respublika parlamenti tomonidan qabul qilingan ―Jamoat tashkilotlari
toʻg‘risida‖ (1991 yil 15 fev.), ―Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻg‘risida‖
(1998 yil 28 apr.), ―Kasaba uyushmalari ular faoliyatini huquq va kafolotlari
toʻg‘risida‖ (1992 yil 2 iyul.), ―Siyosiy partiyalar toʻg‘risida‖ (1996 yil dek.)gi
qonunlar shular jumlasidandir.
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov oʻzining
―Tarixiy xotirasiz kelajagi yoʻq‖ kitobida yuqoridagi fikrlarini rivojlantirib, yana
shunday deb yozadi: ―Biz xalqning nomi bilan emas, balki madaniyati,
ma‘naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz‖(Karimov
I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq.-Toshkent: Sharq, 1998.-B.18).
Demak, biz tariximizdan bexabar boʻlsak, buyuk ajdodlarimiz madaniy
merosidan baxramand boʻla olmasak, ma‘naviy qadriyatlarimiz bilan tanish
boʻlmasak, mustamlaka davridagidek manqurtlarga aylanib qolamiz.
Mashhur rus tarixshunosi V.V. Bartold (1869-1930) bu toʻg‘rida shunday
deb yozgan: ―Sharq xalqlari bizning madaniyatimiz ustunligiga shundagina
ishonadilarki, qachonki, biz ularni ular oʻzlarining bilishlaridan (bilganlaridan)
koʻra yaxshiroq bilishimizga tan bersalar.
Haqiqatan ham mustamlakchilik istibdodi, soʻng shoʻrolar zamonida qariyib
130 yil davomida biz oʻtmishimizdan ayrildik.
E‘tibor bering, Qadimgi Rus davlati» IX asrda shakllanganligidan kelib
chiqib, imperiyaning boshqa biron-bir xalqi (armanlar va gruzinlardan tashqari)
davlatchilik tarixi mazkur koʻrsatgichdan (IX asr) qadimroq boʻlmasligi kerak edi.
Bu kabi munosabatni imperiya xalqlarining etnik tarixi va etnogenezi masalasida
ham koʻrish mumkin. Ya‘ni, oʻzbeklar, ozarbayjonlar, ukrainlar, turkmanlar va
boshqa xalqlarning tarixiy shakllanishi rus xalqi shakllangan asrlardan (IX-XII asr)
ertaroq asrlarga borib taqalishi mumkin emasdi.
Mustaqilligimizni bizga bergan buyuk ne‘matlaridan biri
- bu
qadriyatlarimiz, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan me‘rosini oʻrganish
huquqidir.
Bunday huquq shoʻrolar davrida yoʻq edi (A.Temurni ―zolim‖ dedik,
Leninni shaahsi ulug‘lashtirildi).
Mana endi bu sohada keng yoʻllar ochildi. Bu boradagi tadbirlar
mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi.
1991 yil buyuk alloma, g‘azal mulkining sultoni A. Navoiy yubileyini
oʻtkazish katta voqea boʻldi.
1994 yili M.Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi jahon miqyosida nishonlandi.
YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida ―Temuriylar davri, fan, madaniyat va
maorifning gullab yashnashi‖ mavzusida yirik anjuman boʻlib oʻtdi.
―Biz oʻzbeklarni ulug‘ bunyodkor xalq deb dunyoga tarannum etyapmiz va
aslida ham shunday, - deb yozadi Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
Islom Karimov,YUNESKOning Parijdagi qarorgohida Amir Temur bobomizning
toʻylarini oʻtkazishdan maqsad nima? Komil bu insonning eng avvalo buyuk davlat
asoschisi, buyuk bunyodkor, ijodkor shaxs boʻlganini, fan, madaniyatga homiylik
qilib, jahon sivilizasiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshganini olam ahliga
bildirish edi. Bu zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz‖.
Ma‘naviy merosimizni bir boʻlagi - diniy qadriyatlarga ham alohida e‘tibor
berildi. 1992 yili Prezident farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayiti kunlarini
umumxalq bayrami deb e‘lon qilindi, ―Haj‖ safarlari tiklandi.
Xalqimizning qadimiy bayramlaridan biri – ―Navroʻz‖ - umumxalq bayrami
sifatida qayta tiklandi.
Mustaqillik yillarida quyidagi yubileylar oʻtkazilgи: Imomal-Buxoriy
tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi. (1998
yil 24 oktabr.), Burhoniddin al-Marg‘iloniy tavalludining 910 yilligi, Abu Mansur
al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi, Abu Iso at-Termiziy tavalludining 1200
yilligi, Mahmud az-Zamahshariy tavalludining 920 yilligi, Jaloliddin Manguberdi
tavalludining 800 yilligi. (1999 yil 5 noyabr. Xorazm), Najmiddin Kubro
tavalludining 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandiy tavalludining 675 yilligi, Mirzo
Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi, Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi,
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 520 yilligi, Amir Temur tavalludining
660 yilligi. (1996 yil.), Boborahim Mashrab tavalludi. (1992 yil.), Muhammad
Rizo Erniyozbek oʻg‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi. (1997 yil 17 dekabr.
Xorazm.), Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻg‘li tavalludining 175 yilligi. (1999 yil 18 dekabr.
Nukus.), Xorazmda 2001 yili Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»ning
2700 yilligi, Fayzulla Xoʻjayev tavalludining 100 yilligi, ―Xorazm Ma‘mun
akademiyasi‖ning 1000 yilligi 2005 yil dekabrda nishonlandi.
Respublikamizda har yili A.Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga
bag‘ishlanib kechalar oʻtkazilmoqda. ―Alpomish‖ dostoni yaratilishining 1000
yilligiga bag‘ishlangan kechalar, bahslar tashkil qilindi.
1994 yil ma‘naviy qadriyatlarni oʻrganish va takomillashtirish borasida
«Ma‘naviyat va ma‘rifat» jamoatchilik markazini tuzish haqida Prezident farmoni
chiqdi.
1994 yilni ―Mirzo Ulug‘bek yili‖, 1996 yilni ―Amir Temur yili‖, 1997 yilni ―Inson
manfaatlari yili‖, 1998 yilni ―Oila yili‖, 1999 yilni ―Ayollar yili‖, 2000 yilni
―Sog‘lom avlod yili‖, 2001 yilni ―Onalar va bolalar yili‖, 2002 yilni ―Qariyalarni
qadrlash yili‖, 2003 yilni ―Obod mahalla yili‖, 2004 yilni ―Mehr-muruvvat yili‖,
2005 yilni ―Sihat-salomatlik yili‖, 2006 yilni ―Homiylar va shifokorlar yili‖, 2007
yilni ―Ijtimoiy himoya‖ yili deb e‘lon qilinishi yoki 2018-yil ―Xalq bilan muloqot
va inson manfaatlari yili‖ deb e‘lon qilinishi mamlakatimizda inson qadri
ulug‘lanishini yana bir misoli desak boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |