2- MAVZU. MINTAQAVIY TURIZMNING IJTIMOIY – IQTISODIY MAZMUNI VA UNING TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Savollar: - Mintaqaviy turizmning iqtisodiy mazmuni tushuntiring.
- Mintaqaviy turistik resurslarning iqtisodiyotdagi ahamiyati nimalardan iborat?
- Mintaqaviy turizmning ijtimoiy mazmunini tushuntiring.
- Mintaqaviy turistik resurslarning jamiyatdagi o’rni nimada?
- O’zbekistonning ijtimoiy – iqtisodiy hayotida turistik resurslarning ahamiyati nimalardan iborat?
- Turizmning mahalliy aholi hayotiga ta’sir ko’rsatadigan ijobiy hamda salbiy xususiyatlarini ayting.
1. Turizm iqtisodiy kategoriya bo‘lib, davlatlardan kelgan turistlarga mahalliy xizmatni sotadi, o‘z ishchilariga ish-joy sharoitini yaratadi, kirib kelayotgan valyutadan daromat oladi. Bir tomondan turizm sohasi turistlarga bevosita xizmat qiluvchi tarmoqni taklif qiladi, ikkinchi tomondan turizm bozoriga yo‘naltirilgan xizmat qilish va moddiy ishlab chiqarish kabi bir-biriga qo‘shilgan tarmoqlarning o‘zaro bog‘langan tizimni belgilaydi. 2. Turistik resurslarning iqtisodiy ahamiyati yana shundan iboratki, mamlakat tabiati ham turizmni rivojlantirish katta foyda beradi. Xususan, mamlakat ekologik barqarorlikni ta’minlash tadbirlari qo‘llaniladi, tabiat resurslaridan turistlarning rohatlanishi uchun foydalanladi, manzarali maydonlarning yaratilishi imkoniyatini tug‘diradi, suv, havo, o‘rmonlarning tabiiy holda saqlanishi uchun harakat qilinib, turistlarni jalb qilinadi. 3. Turizm ijtimoiy sohaning bir qismi bo‘lib, uning asosiy faoliyatlarida iste’molchiga iste’mol jarayonida moddiy va nomoddiy muhitni yaratish uchun xizmatlar qilish, dam olish va faoliyat ishlarini o‘zgartirish, almashtirish uchun sharoitlar yaratish, sog‘liqni muhofaza qilishni ta’minlash, shuningdek, aholining umumiy ma’lumoti va madaniy – texnik darajasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda turistik resurslar orqali dam olishni tashkil qilish, insonning hayotiy kuchlarini tiklash, bo‘sh vaqtdan unumli, to‘g‘ri foydalanish ta’minlanadi. Shuningdek, turistik resurslar shaxsning rivojlanishida, barkamolligida, sayohatchining intellektual darajasini oshirishda, asabiy holatini yaxshilashda, shaxs sifatida tavsifini berishda xalqaro, davlatlararo va shaharlararo munosabatlariga ijobiy ta’sir qiladi. 4. Turistik resurslar jamiyatda xalq madaniyati, urf-odatlari, rusumlari, ma’naviyatini ko‘rsatuvchi, belgilovchi milliy boylikdir. Xattoki, buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur “Bizni qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, biz qurdirgan binolarga boqing” deb bejiz ta’kidlamagan. Ana shu qadimiy arxitektura yodgorliklari, madaniy obektlar hamda atrof-muhit, tabiatning qay ahvolda ekanligiga qarab o‘sha joyning aholisining ma’naviy-madaniy darajasini belgilash mumkin. 5. Turizm nafaqat iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy sohasi hamdir. Buning iqtisodiy samaradorligi bilan birga ma’naviy, ruhiy va intellektual ahamiyati ham juda katta. Shu tufayli ushbu sohaga davlat alohida e’tibor berib ma’lum imtiyozlar ham belgilaydi. Odamlar bu imtiyozlardan faqat turist bo‘lganliklari uchun foydalanadilar. Bu ham turizmning o‘ziga xos xususiyati va katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatidan dalolat beradi. Imtiyozlar turistlarning bojxona postlaridan o‘tishda, soliq to‘lashda, chetga chiqishda pasportiga ruxsat berishlarida, avia va temir yo‘l transportlariga chiptalar olishda, ularni rasmiylashtirishlarda namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, turizm iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekan. Bulardan tashqari turizm mamlakat hayotiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Turizmdan birinchi galda turistlar foyda qiladilar, ya’ni ularning dunyoqarashi kengayadi, jismoniy jihatdan sog‘lomlashadi va ma’naviy boyligi ko‘payadi, atrof muhitni idrok qilish bilan ulardan ta’sirlanish orqali rohatlanadi. 6. Turizm mahalliy aholi hayotiga ijobiy hamda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ijobiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: - ish o‘rinlarini yaralishi;
- daromadni ko‘payishi, mahalliy aholini yashash darajasini oshishi ;
- urbanizasiya jarayonini tezlashishi, shaharcha xizmat, infrastruktura, madaniyat tashkilotlarini rivojlanishi;
- ijtimoiy va madaniy jarayonlarin tezlashishi;
- mahalliy madaniyat o‘choqlarning yaralishi, xalq ijodiyoti, an’analari, rusumlarini rivojlanishi;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga talabni oshishi;
- mahalliy madaniy yodgorliklarni tiklanishi va muhofazasi;
- tabiiy komplekslarni kengayishi;
- mintaqa jozibadorligini oshishi;
- mahalliy madaniy hayotni jonlanishi;
Salbiy xususiyatlari quyidagilar: - malakasiz mehnat ulushining o‘sishi;
- umumjamiyat normasini buzulishi oshishi (ichkilik, fohishabozlik, bezorilik);
- oila “eroziyasi” (oilaviy ajralishlar, yoshlarni hayotga yengil qarashi);
- mahalliy aholi va turistlar o‘rtasidagi kelshmovchiliklar va boshqalar.
E'TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
Do'stlaringiz bilan baham: |