«Boylikning paydo bo'lishi va taqsimlanishi to'g'risidagi mulohazalar» asarida nisbatan to'la yoritilgan. U Kene fikrlarini faqat targ'ibot qilish bilan cheklanmadi, uni rivojlantirdi. U kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini ancha chuqur tushundi,
A. Tyurgo feodalizmni islohotlar o'tkazish yo'li bilan yaxshilash mumkin degan
fikrga ishonmadi (Kene ishongan), kapitalizm feodalizm kobig'ida vujudga keladi va g'alaba qiladi degan g'oyani ilgari surdi.
Tyurgoning ta'limotida pul, qiymat, sinflar va daromad nazariyalari tahlil etiladi. Uning fikricha, oltin, pul ham, agar ular miqdori oshib ketsa, boshqa tovarlar kabi o'z qimmatini (foydalilik- naflik) yo'qotishi mumkin (marjinalistik g'oya). Pulning miqdori jamiyatdagi ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlarga mos kelishi shart. U shuni qayd etadiki, «milliy boyligi» bu avvalo erlar va ulardan olinadigan «sof mahsulot»dir. Bu olim ham qiymatning sarf-xarajat konsepsiyasini qo'llaydi. Noyoblikka e'tibor berib, tovar xarid etishda eng muhim element deb qaraladi (marjinalizm mavzusiga qarang). A.Tyurgo boshqalar kabi erkin sohibkorlik mehnatini qo'llab-quvvatladi, dehqonchilik qo'shimcha, ya'ni sof mahsulot manbai ekanligini (bu fikr Keneniki) tan olgan holda sanoat va savdoga ham ko'p e'tibor qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |