2- mavzu: Merkantilizm iqtisodiy ta'limoti va uning mohiyati. Ilk klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelish davridagi iqtisodiy ta'limotlar. Reja


Merkantilizm bilan birga siyosiy iqtisod tushunchasi



Download 27,77 Kb.
bet5/12
Sana23.07.2021
Hajmi27,77 Kb.
#126800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Maruza 3

Merkantilizm bilan birga siyosiy iqtisod tushunchasi ham kirib keldi. Bu tushuncha fransiyalik Antuan Monkreten Ser de Vattevil tomonidan kiritildi (1565-1621). U 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati» kitobini yozdi. Bundagi asosiy g'oya - «ko'p sotishu, кат sotib olish». Olim o'z g'oyalari bo'yicha faol merkantilist edi.

«Siyosiy iqtisod» tushunchasi va shu nomli fan XX asrning 90-yillarigacha yashab keldi, ayniqsa sobiq sosialistik deb atalgan mamlakatlarda bu nom mashhur edi, chunki davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qonuniyat darajasiga ko'targan edi. G'arbda XIX asr oxirida (A.Marshall) bu ibora «ekonomiks» shaklida qo'llanila boshlangan

Merkantilizm bozor iqtisodiyotining birinchi ta'limoti edi. Bu ta'limot barcha mamlakatlarda tarixan progressiv xarakterga ega. Merkantilistlar birinchi marta boylik sifatida iste'mol qiymatini emas, balki almashuv qiymatini qabul qildilar. Ular qiymatni va demak boylikni pul bilan tenglashtirib, oddiy til bilan aytganda qo'pol, sodda shaklda bozor-kapitalistik iqtisodiyotning siri, uning almashuv qiymatiga to'la tobe' ekanligini ochib qo'ydilar.

Xullas, merkantilistlar qiymatning mehnat nazariyasidan ancha uzoqda edilar. Merkantilizm (proteksionizm) siyosati kapitalning dastlabki jamg'arilishini va demak, feodalizmdan kapitalizmga o'tishni tezlashtirdi.

Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining o'rniga klassik iqtisodiy maktab vujudga keldi. Chunki avvalgi ta'limot sanoatlashayotgan sohibkorlar talablariga javob bermay qo'ydi («Klassik maktab» atamasi K.Marks tomonidan berilgan). Paydo bo'layotgan yangi muammolarni hal etish yangi yo'nalish tarafdorlari zimmasiga to'g'ri keldi. Uning namoyandalari o'z ilmiy tadqiqotlarining asosi qilib kishilikning ishlab chiqarish sohasini oldilar va kapitalizmni ilmiy tahlil qilish bo'yicha dastlabki muhim qadamni qo'ydilar. Klassik maktab ishlab chiqarishning yangi usuli shakllanayotgan va mustahkamlanayotgan davrda vujudga keldi. Kapitalizm ayrim mamlakatlarda tarixiy shart-sharoitlarga mos ravishda feodal munosabatlarning saqlanganlik darajasiga qarab turlicha rivojlandi. Bu jarayonlar dastlab XVI asrda Angliyada ro'y bera boshladi. Feodalizm emirilib, uning zaminida kapitalistik, ya'ni bozor munosabatlar shakllana bordi. Uy hunarmandchiligi o'rniga manufakturaning kirib kelishi katta ijobiy voqea bo'ldi. Tarix, xalq xo'jaligi tarixi va boshqa ijtimoiy fanlarni o'qiganda hunarmandchilik, sex va manufaktura nima ekanligi bayon etiladi, uy hunarmandchiligida hamma asosiy ishlar bir odam yoki oila tomonidan bajarilgan (xomashyoni tayyorlash, qayta ishlash, sotish...), unda aniq mehnat taqsimoti yo'q, manufakturada esa (manu - qo'l, facture - tayyorlash) mehnat taqsimoti, kooperasiya, yollanma ishchi kuchi, demak, kapitalistik ishlab chiqarishning kurtaklari paydo bo'ldi. XVI asrdan boshlab dastlab Angliyada dehqonlarning erdan mahrum qilinishi (er yirik lendlordlar qo'liga o'ta boshladi) ro'y berdi, yomenlar - dehqon sinfi tugatildi, oqibatda kapitalistik fermerchilik yuzaga keldi (ular erni lendlordlardan uzoq muddatli ijaraga olgan), ular yollanma mehnatdan (krepostnoylik emas) keng foydalangan, keyinchalik texnikani, ilmiy texnika yangiliklarini keng qo'llaganlar. Agrar inqilob, islohot nomini olgan bu o'zgarish manufaktura sanoatining rivoj i bilan bog'liq. Dastlabki paytlarda bu sohada mato to'qish asosiy edi. U nihoyatda foyda keltiruvchi sohaga aylandi.

Angliya iqtisodiyotida, sohibkorlarning boyishida mustamlakachilik siyosati katta o'rin egalladi. Gollandiya, keyinchalik Fransiya ustidan dengizda erishilgan g'alaba tufayli Angliya jahondagi eng yirik va kuchli dengiz davlatiga aylandi. Inqilobgacha va to 1830 yillargacha bu erda proteksionizm (savdoda chetga ko'proq chiqazib, chetdan kamroq kiritish) siyosati (eksport importdan ko'p) o'tkazilgan, bu esa savdoning (ayniqsa o'z mustamlakalariga) keskin o'sishiga olib keldi. Demak, savdo, tovar-pul munosabatlari ham keskin oshdi.

Merkantilistlardan farqli ravishda (ular iqtisodiyotning faqat muomala sohasinigina tahlil etganlar), klassik maktab namoyandalari feodalizm o'rniga kelgan nisbatan progressiv kapitalistik munosabatlarning ichki iqtisodiy aloqalarini o'rgandilar va o'z tadqiqotlarini asosan ishlab chiqarish sohasiga ko'chirdilar. Klassik iqtisodiy maktab deganda V.Pettidan boshlanadigan iqtisodiy tadqiqotlar tan olinadi, bu ta'limot ishlab chiqarishdagi bozor munosabatlarining ichki aloqadorligini o'rganadi va tahlil etadi. V.Petti klassik maktab otasi va statistikaning kashfiyotchisidir. Angliyada V.Petti, Fransiyada P.Buagilber shu maktabning boshlovchilari bo'lsa, Fransiyada shu maktabning bir yo'nalishi bo'lgan fiziokratlar vujudga keldi (F.Kene, A.Tyurgo) va u A.Smit, D.Rikardolar bilan yakunlanadi. Bu davr kapitalistik munosabatlar rivojiga yo'l ochib berdi. R.Xeylbroner va L.Turoularning fikricha («Ekonomika dlya vsex»), ishlab chiqarish omillari vujudga keldi: mehnat, er va kapital tovarga aylantirildi, bungacha ular tovar bo'lmagan. Hozirgi davr tili bilan aytganda, bozor tizimi, bozor jamiyati barpo etila boshlandi.


Download 27,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish