2- mavzu: Manbalarning tur va shakllari
|
|
|
|
|
|
|
Darsni olib borish texnologiyasi
|
|
|
|
|
Talabalar soni: 40-55 gacha
|
Vaqti:2 soat.
|
|
|
O’quv mashg’ulotining shakli
|
Informatsion baxs-munozarali dars
|
|
|
Ma`ruza rejasi
|
1.Asliyat va tabdil masalasi.
2.Yig’ma va ilmiy-tanqidiy matn.
3.Ilmiy-tanqidiy matn dastxat nusxaning shartli taqdimi sifatida. Tanqidiy matnda ilmiy apparatning o’rni.
4.Matnga havola qilingan ilmiy ko’rsatkichlar tarkibi.
|
|
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Talabalarga mumtoz adabiy manbalarga editsion nuqtai nazardan yondashuv tamoyillari haqida ma`lumot berish.
|
|
|
Pedagogik vazifa:
|
O’quv faoliyatining natijasi:
|
|
|
1.Talabalarga asliyat va tabdil masalasi xususida tushunchalar berish.
|
Talabalar o’zbek matnshunosligi jarayonidagi asliyat va tabdil masalasi bilan nazariy va amaliy sathda tanishadilar.
|
|
|
2. Yig’ma va ilmiy-tanqidiy matn haqida ma`lumot berish.
|
Ilmiy-tanqidiy matn tayyorlashgacha bo’lgan jarayon tajribalari haqida ma`lumot oladilar.
|
|
|
3. Ilmiy-tanqidiy matn tuzishda ilmiy ko’rsatkichning o’rni haqida tafsiliy ma`lumotga berish.
|
Matnga havola qilingan ilmiy ko’rsatkichlar tarkibi haqida to’la tasavvur paydo bo’ladi.
|
|
|
O’qitish usullari va texnika
|
Ma`ruza, “Tasniflash” metodi, “Birga o’qiymiz” uslubi
|
|
|
O’qitish vositalari
|
Komp`yuter texnologiyasi («O’zbek adabiyoti tarixi» fanidan elektron o’quv-uslubiy majmua), slaydlar.
|
|
|
O’qitish shakli
|
Jamoa bo’lib ishlash
|
|
|
O’qitish shart-sharoitlari
|
Texnik vositalar bilan ta`minlangan, o’qitish usullarini qo’llash mumkin bo’lgan o’quv xona.
|
|
|
Monitoring va baholash
|
Kuzatish, og’zaki nazorat, savol-javobli so’rov, o’quv topshiriq.
|
|
Darsning texnologik kartasi
Ish jarayonlari vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Talaba
|
1 bosqich.
Kirish
(10 daqiqa)
|
1.1. Ma`ruzaning mavzusi, rejasini e`lon qiladi, o’quv mashg’ulotining maqsadi va o’quv faoliyat natijalarini tushuntiradi
|
Tinglaydi, mavzu nomini yozib oladi
|
1.4. Mashg’ulotni o’tkazish shakli va baxolash mezonlarini e`lon qiladi (1- ilova)
|
YOzib oladi
|
2 bosqich.
Asosiy jarayon
(60 daqiqa)
|
2.1. Mavzu rejasining birinchi punkti bo’yicha ma`ruza qiladi.
2.2. Mavzu rejasining ikkinchi punkti bo’yicha ma`ruza qiladi.
|
YOzadi, savolga javob beradi.
YOzadi, savolga javob beradi.
|
2.3. Mavzu rejasining 3-4-punkti rejasi bo’yicha ma`ruza qiladi. Ilmiy-tanqidiy matn tuzishda ilmiy ko’rsatkichlar xususidagi fikrlarni, mulohazalarni yoritish «Kichik guruhlarda ishlash» orqali amalga oshirilishini e`lon qiladi. “Klaster” texnikasidan foydalangan holda guruhlarga topshiriqlar beradi (2-ilova). Guruhlarda ishlashga yordam beradi. Qo’shimcha ma`lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi. Diqqatlarini kutiladigan natijaga jalb qiladi. Har bir guruh topshiriqlarini vatman - qog’ozlarga tushirib, taqdimotini o’tkazishga yordam beradi, bilimlarini umumlashtiradi, xulosalarga alohida e`tibor beradi. Topshiriqlarning bajarilishini qay darajada to’g’ri ekanligini diqqat bilan tinglaydi Fikrlarini tinglab, umumlashtiradi.
|
Savollarga javob beradilar, erkin bahs-munozara yuritadilar.
Guruhlarda ishlaydilar.
|
3 bosqich.
YAkuniy bosqich
(10 daqiqa)
|
3.1 Mavzu bo’yicha umumiy xulosa qilinadi.
|
Tinglaydilar
|
3.2. Talabalarning baholash mezonlarini e`lon qilinadi
|
YOzib oladi
|
3.3. O’z-o’zini nazorat qilish uchun savollar beradi
|
Javob yozadi
|
3.4 Navbatdagi mashg’ulotda ko’riladigan mavzuni e`lon qiladi.
|
YOzib oladi
|
2-ilova
“Tezkor savol-javob” metodi
Мавзу юзасидан тезкор савол-жавоблар:
1. Илмий-танқидий матн тузиш мақсади ҳақида тўхталинг.
2. Матнга тузилган илмий аппарат нима учун керак?
3. Илмий кўрсаткич таркиби қандай қисмлардан иборат?
4. Кўрсаткичларнинг анъанавий тартибини ўзгартириш мумкинми?
5. Сиз бирор матнга илмий кўрсаткични қандай тузган бўлардингиз?
.......
6. Ҳикматларнин нусхалари?
MA`RUZA MATNI
Darsning mazmuni: Manbalarning tashqi belgilariga va mazmuniga koʼra turlari: toshdagi ѐzuvlar, teridagi ѐzuvlar; Manbalar tasnifi.
***
Yozma manbalarni bugungi kunimizga xizmat qildirish uchun bunday manbalarni yigʼish, tartibga solish, ularning atroflicha tavsiflarni yaratish lozim (tavsif—har bir manbaning asosiy belgilari, xususiyatlari va tarkibi haqidagi muayyan tartibga solingan maʼlumotlar majmuidir). Tavsif
16
jaraѐnida manbalar, avvalo, ijrosiga koʼra xillanib qoladi. Bu xillanish (tasnif—sinflarga boʼlish maʼnosida) ularni oʼrganish, tushunish, tadqiq etish, zarur maʼlumotni osonlik bilan topishga imkon yaratadi.
Manbalarni taxminan quyidagicha xillash mumkin:
Kelib chiqish joyi boʼyicha
oʼzimizda yaratilgan manbalar
xorijiy manbalar (Ovrupo sayѐhlarining qaydlari va asarlari)
Tili boʼyicha
forsiy manbalar
arabiy manbalar
turkiy manbalar
Davri boʼyicha:
qadimiy
oʼrta asr
yangi davr
hozirgi zamon
Shakli boʼyicha:
Ogʼzaki
ѐzma
etnik
moddiy (ashѐviy)
Janri boʼyicha
memuarlar («Boburnoma» turidagi)
tarixiy xronika
xatlar va ѐzishmalar (munshoot turidagi)
hujjatlar (elchilarga berilgan ѐrliqlar, xalqaro ѐzishmalar kabi)
xorijiy xronikalar (Qadim Xitoy xronikalarida Turkiston tarixi kabi)
17
arxiv fondlari
Yozuv materiali boʼyicha
bitiktoshlar (Besutun ѐzuvlari, runiy ѐzuvlar kabi)
teridagi ѐzuvlar (Аvesto, Qurʼon kabi)
kitobalar (bino peshtoqlaridagi ѐzuvli bezak)
qogʼozdagi manbalar
Manbalarning mazmuniga koʼra turlari
tarixnavislik
ilmiy manbalar
falsafiy manbalar
diniy manbalar
tasavvufiy manbalar
adabiy manbalar.
Quyida ularning ayrimlariga namuna sifatida toʼxtalib oʼtamiz.
***
Manbalarning ѐzuv ashѐsiga koʼra turlari
TOShDАGI YoZUVLАR. Behistun bitiklari—Eronning Xamadon shahri yaqinidagi Behistun qoyasiga shoh Doro I (er. av. 521—485) buyrugʼi bilan bitilgan bitiktoshlardir. Yozuv matni qadimiy fors, elam (Janubi Ѓarbiy Eron) va Bobil (Iroq) tillarida, mixxat bilan ѐzilgan. Bitik axomaniylar davlatidagi miloddan avvalgi 522—519 yil voqealari baѐnidan iborat. XIX asrning 30—40-yillarida ingliz olimi G.K. Roulinson matnning kattagina qismini oʼqishga muvaffaq boʼlgan. Natijada mixxat bilan ѐzilgan boshqa koʼpgina ѐzma ѐdgorliklarni oʼqishga yoʼl ochildi. Mixxat alifbosi shu davrda qayta kashf etildi.
Bitiklar yana Аrabiston va Suriyaning janubidagi qoyatoshlarda saqlanib qolgan. Ularning ѐzilish davri esa eramizning I asrlariga toʼgʼri keladi. Matn qadim arab tilida ѐzilgan.
Bungacha ѐzilgan bitiktoshlarning koʼplari Misr firʼavnlari hukmronligi davriga mansub boʼlib, aksar hollarda ieroglifik ѐzuvlarda ѐzilgan. Ularda, asosan, hukmdorlar haqidagi maʼlumotlar, davr ijtimoiy-siѐsiy va iqtisodiy haѐti baѐn etiladi (q.: Xrestomatiya po istorii Drevnego Vostoka. –M., 1963). Bulardan ayrimlari hozir Qohira muzeyida, Britaniya muzeyida, yiriklari oʼz joylarida saqlanadi. Bu ѐzuvlar haqida rus sharqshunosligida talay ishlar qilingan va ular, asosan, gʼarb mamlakatlari manbalari asosida yuzaga kelgan. Bular sohadagi oʼzbek tilidagi maʼlumotlar ana shu manbalarga asoslanadi.
Turkiy xalqlar tarixida, VI—VIII asrlarda toshga oʼyib ѐzilgan adabiy-tarxiy lavhalar ѐdgor boʼlib qolgan. Hozirgi Moʼgʼiliston oʼlkasi hududida bir vaqtlar oʼnga yaqin qoonliklar ittifoqidan tashkil topgan qadimiy turk davlati markazi—Qoraqurum shahrining xarobalari bor. Bu yerdagi toshlarga bitilgan ѐzuvlar oʼrxun ѐzuvlari, turk runiy ѐzuvlari deb nom olgan. Keyin bu xildagi ѐzuvlar Enasoy darѐsi boʼyida ham saqlanib qolgani aniqlandi (1720—27). 1889 yilda Moʼgʼulistonning Bain Sokto degan yeridan ham xuddi shunday ѐzuvlar topilgan. Hozirda ularning ayrimlari Krasnoyarsk, Murmansk, Qizil shaharlarining muzeylarida saqlanadi.
Bu har ikkala turkum bitiklar hukmdorlar qabr toshiga oʼyilgan ѐzuvlardir. Ularda oʼsha shaxslarning haѐtiga oid maʼlumotlar: qaysi janglarda qahramonlik koʼrsatganligi, bu janglarning kimlarga qarshi qaratilgani badiiy lavhalarda baѐn etiladi. (Ularning manba sifatidagi tavsifini «Qadimgi turkiy til» kitobidan qarang).
TERIDАGI YoZUVLАR. Dastlab teriga ѐzilgan yirik manba «Аvesta» boʼlsa, yana biri Qurʼondir. Uning dastlabki xatga tushirilishida ham maxsus ishlov berilgan teri—pergament (oʼrama) ishlatilgan. Kitob holidagi pergamentga ѐzilgan noѐb Qurʼonlardan biri—Usmon Qurʼoni (651 yil) Toshkentdagi Movarounnahr diniy idorasi muzeyida
19
saqlanadi. Teri ѐzuv ashѐsi sifatida X asrlargacha ham saqlanib qolganligi manbalardan maʼlum. Qogʼozning muomalaga kirishi bilan kitob yaratishda teri faqat muqovalar uchun ishlatiladigan kitobat ashѐsi boʼlib qoldi.
Manbalarning mazmuniga koʼra turlari
Tarixnavislik. Tarixnavislik tarixi davlatchilik tarixiga borib taqaladi. Qadimgi toshdagi bitiklar, pergamentlarda saqlanib qolgan ѐdgorliklarning barchasida koʼhna tarix sahifalari ѐritilgan. Oʼrta asrlarga kelib, tarixnavislik shiddat bilan rivojlana bordi. Jumladan:
—Oʼrxun-Enasoy bitiklari—qoonliklar tarixi;
—Tarixi Narshaxiy (943—944)—Buxoro tarixi;
—Tarixi Tabariy—arab xalifaligi hududida 915 yilgacha boʼlgan voqealar;
—Tarixi Yaminiy (976—1030)—Utbiy asari;
—Tarxi Koshgʼar (X asr)—Qoraxoniylar davlati tarixi;
—Tarixi Komil (Oʼrta Osiѐ XII—XIII asr voqealari)—Ibn al-Аsir asari;
—Аjoyib ul-maqdur fi Аxbori Temur—Ibn Аrabshoh asari;
—Zafarnoma—Sharafiddin Аli Yazdiy asari;
—Tarixi Rashidiy (XIV—XVI asr)—Mirzo Muhammad Haydar asari va hokazolar.
Bu asarlar tarix sahifalariga oydinlik kiritish bilan birga oʼz davrining madaniy-adabiy haѐtidan ham darak bergani tufayli adabiy manbashunoslik uchun ham qimmatli manbalardandir.
Ilmiy manbalar. Ilm-fanning turli sohalariga bagʼishlab ѐzilgan asarlarni oʼsha sohalar bilan bir qatorda «Fan tarixi» degan fan sohasi ham oʼrganadi. Qoʼlѐzma fondlarimizda tibbiѐt, falakiѐt, riѐziѐt, handasa, tabiiѐt va hokazolarga oid koʼplab qoʼlѐzma kitoblar mavjud. Ibn Sino, Beruniy, Аl-Xorazmiy, Аl-Fargʼoniy asarlari shular jumlasidandir. Bunday manbalarni chop etishda
20
manbashunoslik va matnshunoslik sohasida muayyan tajribalar orttirilgan. Yirik allomalarimizning bir qancha ilmiy asarlari oʼzbek va rus tillariga tarjima qilinib, chop etilgan.
Falsafiy manbalar—islom mintaqasida bu turdagi asarlar dastlab yunon donishmandlari Аrastu, Аflotun, Suqrot kabilarning asarlarini arab tiliga tarjima qilish, ularga sharhlar ѐzish bilan boshlandi. X asr oʼrtalarida yuzaga kelgan «Ihvon us-safo» davrasi shu yoʼnalishdagi faoliyati bilan nom qoldirgan.
Bunday manbalar mutakallimlar (mutaziliya), botiniylar (ismoiliya), faylasuflar, soʼfiylarning ijodida falsafiy risolalar va falsafiy qasidalar shaklida koʼplab qoʼlѐzma kitoblar holida saqlanib qolgan.
Diniy manbalar. Qurʼon, Hadis, tafsir, manoqib, tazkira va qissalar. Bulardan tashqari shariat ahkomlari, fiqh ilmi, mazhab yoʼnalishlari va oqimlar sharhiga bagʼishlangan asarlar va h.k.lar shaklidagi ilmiy izlanishlar natijasi boʼlmish kitoblar ham koʼplab yaratilgan.
Tasavvufiy manbalar. Turli tariqatlar baѐniga bagʼishlargan ilmiy-falsafiy risolalar, falsafiy dostonlar, tazkira va manoqib, holnomalar, tasavvuf atamalari sharhlari (istilohoti shuaro).
Аdabiy manbalar. Kulliѐtlar, devonlar, masnaviylar, tazkiralar, baѐzlar kabi xrestomativ materiallar bilan bir qatorda adabiy janrlar, badiiy sanʼatlar, shoir va adiblar haqida maʼlumot beruvchi manbalar va h.k. bu adabiy manbashunoslikning bevosita tadqiqot mavzusi boʼlib, bu mavzuni biz atroflicha oʼrganamiz.
***
Savollar:
* Misr firʼavnlari hukmronligi davriga mansub bitiktoshlar qanday ѐzuvlarda ѐzilgan?
* Mixxatda ѐzilgan arab tilidagi matnlardan qaysilarini bilasiz?
21
* Markaziy Osiѐ xalqlari tarixini ѐrituvchi arab tilidagi manbalardan bir nechasining qisqacha tavsifini bering.
* Quyidagi tayanch soʼz va iboralarni izohlang:
Asosiy adabiyotlar
Lixachev D.S. Tekstologiya. –M.-L.: ANS. 1962.
SH.Sirojiddinov, S.Umarova. O’zbek matnshunosligi qirralari. –T.: “Akademnashr”. 2015. 122 b.
Zufarov T. Xat ta`limi. –T.: Meriyus, 2010..
Qo’shimcha adabiyotlar
Alisher Navoiy. Hayrat-ul-abror. Ilmiy tanqidiy matn. (Tuzuvchi: Porso SHamsiev), –T.: Fan, 1970.
Zohidov R. Sabotul ojizin – ilmiy-adabiy manba. –T.:Muharrir, 2012.
Ismoilov M. Hujjatshunoslik va Markaziy Osiyo diplomatikasi. O’quv qo’llanma. – T.: Akademnashr, 2010.
Ishoqov F. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari. T.: “Fan”, 1976.
Yo’ldoshev Ibrohim. O’zbek kitobatchilik terminologiyasi. – T.: Fan, 2004.
Katolog fonda instituta rukopisey. 1 tom. – T.: Fan, 1989.
Kayumov A., Xasanov B. Jemchujini mudrosti i tayni «semi morey». –T.: Izdatelstvo narodnogo naslediya im. Abdulli Kadiri, 2002.
Komilov N. Bu qadimiy san`at... T.: G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti,1987.
Munirov Q. Bebaho xazina. –T.: Imom al-Buxoriy xalqaro jamg’armasi, 2002.
Munirov Q. Xorazmda tarixnavislik. –T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 2002.
Murodov A. O’rta Osiyo xattotlik san`atitarixidan. – T.: Fan, 1971.
Navoiy asarlari lug’ati (tuzuvchilar: P. SHamsiev, S.Ibrohimov). –T.: G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti, 1972.
Navoiy dastxati. (Navodirun-nihoya). Nashrga tayyorlovchi, so’zboshi muallifi S. G’anieva. – T.: Fan, 1991.
Pravila podgotovki k izdaniyu pamyatnikov literaturi Vostoka.–M.: IVL, 1959.
Rahmonqulova M. O’zMU kutubxonasidagi SHarq qo’lyozmalari katalogi. – T.: IPTD O`zbekiston, – 2007.
Rustamiy A. Adiblar odobidan adablar. –T.: Ma`naviyat, 2003.
Sirojiddinov SH. XV–XVI asrlar tarixiy va tazkira-esdalik asarlarida Alisher Navoiy hayoti va faoliyati talqini. – Samarqand: Zarafshon, 1997.
Sultonov I. Navoiyning “Mezonul–avzoni” va uning kritik teksti: filol.fan.nom.diss . – T.: Asosiy kutubxona. RD/1, 1947
Elektron manbalar
www.ziyo-net.uz
www.literature.uz
www.kutubxona.uz
http://textshare.tsx.org
http://www.mgimo.ru/fileserver/
Glossariylar
Faoliyat - odamga xos bo’lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o’zgartirishga qaratilgan faollik.
Interiorizatsiya - tashqi real ishdan ichki ideal ishga o’tish jarayoni.
Eksteriorizatsiya – oldin ichida o’ylab, so’ngra bevosita tashqi munosabatga o’tish jarayoni.
Harakat – maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan jarayon.
Ehtiyoj – tirik organizmlar faolligining boshlang’ich shakli.
Maqsad – inson faoliyati so’nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo’lib, ehtiyojlarni amalga oshirilishi.
Motiv – harakatning nima sababdan amalga oshirilishi.
Muloqot – odamlar o’rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi
Kommunikatsiya – o’zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni.
Kooperatsiya - hamkorlik faoliyatini tashkillashtirish, guruh maqsadlariga erishishni ta`minlab beruvchi o’zaro ta`sir.
Nazorat savollari
Adab ilmi necha qismdan iborat?
Ta`limiy she`riyat nima?
Xiva xonligidagi kutubxonalar.
Jadidlarning matnshunoslik faoliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |