Mustaqil ishlanadigan masalalar:
2.12. Massasi m=100g bo’lgan sharcha h=2,5 m balandlikdan massasi sharchaning massasidan ko’p marta katta bo’lgan gorizontal toshtaxtaga tushdi va urilib undan yuqoriga sakradi. Urilishni absolyut elastik deb hisoblab, toshtaxta olgan impuls P aniqlansin. (1,4N*s)
2.13. Massasi m=300g bo’lgan sharcha devorga urildi va sakrab orqaga qaytdi. Agar urilishdan oldingi onda sharcha devor sirtiga α=300 burchak ostida yo’nalgan va v0=10m/s tezlikka ega bo’lgan bo’lsa, devor olgan impuls P1 aniqlansin. Urilish absolyut elastik deb hisoblansin. (P1=3N*s)
2.34. Massasi m1=10kg bo’lgan, v1=4m/s tezlik bilan harakatlanayotgan sharcha massasi m2=4kg, tezligi v2=12m/s bo’lgan boshqa bir shar bilan to’qnashadi. Urilishni to’g’ri noelastik deb hisoblab, quyidagi ikki hol uchun sharlarning urilishdan keying tezligi u topilsin.: 1) kichik shar shu yo’nalishda harakatlanayotgan katta sharni quvib yetadi; 2) sharlar bir- biriga tomon harakatlanadi. (1)6,3m/s; 2) -0,57m/s.)
2.39. m=10kg massali to’p o’qi trayektoriyasining eng yuqori nuqtasida v=200m/s tezlikka ega bo’lgan. Shu nuqtada u ikki bo’lakka bo’linib ketdi. m1=3kg massali kichik bo’lak dastlabki yo’nalishda u1=400m/s tezlik oldi. Katta ikkinchi bo’lakning bo’linishdan keyingi tezligi u2 topilsin. (U2=114m/s.)
2.52. Avtomabil yo’li ning egrilik radiusi R=200m bo’lgan aylana qismida bormoqda. G’ildirakning yo’l qoplamasi bilan ishqalanish koeffitsiyenti µ=0,1 (yo’l muzlagan) Avtomobilning tezligi qanday qiymatga yetganda surilib ketish boshlanadi? (v=14m/s)
2.57. O’zgarmas F kuch ta’sirida vagoncha S=5m yo’lni o’tdi va v=2m/s tezlik oldi. Agar vagonchaning massasi m=400kg va ishqalanish koeffitsiyenti µ=0,01 bo’lsa, kuchning ishi A aniqlans in. (A=996J)
2.58. m=100kg massali yukni t=2s vaqt davomida h=4m balandlikka tekis tezlanuvchan ko’tarish uchun bajariladigan A ish hisoblansin. (Af=4,72kJ)
2.66. Massasi m= 3 t bo’lgan vertolyot havoda muallaq turibdi. Rotor diametric d ning ikki qiymati 1) 18m;2)8m uchun vertolyot motorining shu holatda erishishi mumkin bo’lgan quvvati N aniqlansin. Hisoblashda rotor o’z diametriga teng diametrli silindrik havo oqimini pastga haydaydi, deb qabul qilinsin. (1)139kVt; 313kVt)
2.70. Motosiklchi gorizontal yo’ldan ketmoqda. U motorni o’chirib R=4m radiusli “o’lim halqasi” shaklidagi trekdan o’tib ketishi uchun qanday eng kam v tezlikka erishgan bo’lishi kerak? Ishqalanish va havoning qarshiligi hisobga olinmasin. (14m/s)
2.89. m1=2*10-22 g massali zarra urilishgacha harakatsiz m2=6*10-22 g massali zarra bilan elastik to’qnashganda kinetik energiya E1 ning ko’pi bilan qancha qismi ni berishi mumkinligi aniqlansin. (0,75)
2.90. m=10-25kg massali zarra P=5*10-20 kg*m/s impulsga ega. Bu zarra urilishgacha harakatsiz m=4*10 -25 kg massali zarra bilan elastik to’qnashganda qanday maksimal p2 impuls berishi mumkinligi aniqlansin. (8*10-20kg*m/s)
2.122. Rogatkadan otayotgan bola shnurni cho’zganida,uning uzunligi l=10 smga ortgan.m=20g massali toshni qanday tezlik bilam otgan? Shnurning bikrligi k=1kN/m (22,1m/s)
energiyasi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |