XEROX firmasi Alto kompьyuterini chiqargan, u sichqoncha bilan jihozlangan va Ethernet
− IBM birinchi bo’lib IBM 3340 qattiq diskni taqdim qilgan, u tarixga «Vinchester» nomi
1974 yil. Intel korporatsiyasi yarim o’tkazgich kristallardagi kompьyuter xotirasini
patentlagan.
MITS Amerika firmasi birinchi shaxsiy kompьyuter bo’lib hisoblanadigan Altair-8800
kompьyuterini chiqargan. Unda Intel-8080 protsessori ishlatilgan. Altair-8800 o’sha vaqtning eng
mashhur shaxsiy kompьyuteri bo’lgan.
Brayan Kernigan va Dennis Ritchi C dasturlash tilini yaratganlar.
1975 yil. Microsoft korporatsiyasiga asos solingan.
IBM firmasi ko’chma IBM 15100 kompьyuterini yaratgan. U portfelь o’lchamidagi,
BASIC kompьyuter tili bilan, 16 qilobayt tezkor xotirali, plenka uchun joyga ega bo’lgan va ichiga
5 dyuymli ekran joylashtirilgan minikompьyuter bo’lgan.
1976 yil. Aprelь oyida Stiven Voznyak, Stiven Djobs va Ron Veyn Apple Computer
kompaniyasiga asos solganlar.
Maykl SHreyer birinchi ommabop Electric Pencil (elektron qalam) matn tahrirlovchisini
yozgan.
AMD kompaniyasi Inteldan protsessorlar ishlab chiqarish uchun patent sotib olgan.
Stiv Djobs va Stiv Voznyak o’zlarining birinchi Apple I kompьyuterini taqdim qilganlar.
1978 yil. Intel firmasi Intel-8086 mikroprotsessorini ishlab chiqara boshlagan. Protsessor
ikki muhandis tomonidan atigi uch haftada yaratilgan.
Deniel Briklin dunyoda birinchi elektron jadvallarni – VisiCalc dasturini yaratgan.
Akademik Vosil Qobulovich Qobulov tashabbusi bilan “Kibernetika” ilmiy-ishlab
chiqarish birlashmasi tashkil topgan.
1979 yil. Intel-8088 protsessori yaratilgan.
IBM o’zining birinchi lazerli printerini chiqargan.
Usenet tarmog’i – munozaralar guruhi dunyo hamjamiyati yaratilgan.
1980 yil. SONY korporatsiyasi 3,5 dyuym disketani chiqargan.
IBM kompaniyasi hajmi 1 Gb bo’lgan qattiq disk yaratgan. Disk kichiqroq muzlatgich
o’lchamlarida bo’lib, vazni 150 kg va narxi 40 ming dollar edi.
ARPAnet tarmog’iga birinchi jiddiy virus hujumi uyushtirilgan.
1981 yil. IBM kompaniyasi IBM PC shaxsiy kompьyuterini chiqargan, u shaxsiy
kompьyuter standarti bo’lib qolgan. Bu kompьyuter IBM-uyg’unlashgan kompьyuterlar oilasiga
asos solgan.
Microsoft kompaniyasi diskli operatsion tizim uchun Interface Manager deb atalgan grafik
qobiq ustida ish boshlagan. Bu qobiq Windowsni ishlab chiqish uchun asos bo’lgan.
1982 yil. Intel firmasi Intel-286 protsessorini chiqargan.
PHILIPS kompaniyasi kompьyuterlar uchun birinchi CD-ROM chiqargan.
Vinsent Serf va uning hamkasblari “Internet” atamasini kiritganlar.
19 sentyabr – smaylik (matnli xabarlarda his-tuyg’ularni uzatish uchun ishlatiladigan
alomatlar) tug’ilgan kun, Karnegi Mellon universitetida ilk bor elektron xabarlarning birida
ishlatilgan edi.
1983 yil. Apple Computer kompaniyasining Lisa kompьyuterlari sotila boshlandi.
Nьyu-Yorkda Microsoft kompaniyasi Windows tizimini taqdim etgan.
1984 yil. Applening yangi Macintosh kompьyuteri taqdim etilgan. Bu kompьyuterda
dunyoda birinchi marta grafik operatsion tizim o’rnatilgan edi.
Hewlett Packard kompaniyasi o’zining birinchi purkovchi va lazerli printerlarini yaratgan.
Oktyabrь oyida dunyoda 4-o’ringa ega bo’lgan nodir Toshkent televidenie uzatish
stantsiyasi tajriba tariqasida foydalanishga topshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: