Tejamli kruizlar uncha katta bo‘lmagan eski namunadagi kemalarda, barcha qulayliklarga ega katta laynerlar bajariladi (misol uchun, «AZUR» va “Fedmenco”, Cruises, Topaz va “Emerald”, Tlomson kompaniyalari, Ukraina kemalarida).
Klassik kruizlar xalqaro turizm bozorida ustunlikka ega bo‘lib, yo foydalanilayotgan kemalar yoki yangilari bilan bajariladi. Ular zamon talablariga javob beradigan dizayn va uskunalar bilan jihozlangan. Shinam va servis xizmati a’lo darajada: kayutalari keng, palubaga katta ochiq, hovuz, sport maydonlari, zal, go‘zallik saloni, magazinlar, tungi klublar va kazinolar bilan jihozlangan. Carnival Cruise Line klassik kruizlarni tashkil etadi, ular yoshlarga mo‘ljallangan. Norwegian Cruiisse Line – uy muhitini yaxshi ko‘ruvchilar va personal servisga mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatadi. Klassik kruiz bilan Princese Cruise va Royal Caribblan kompaniyalari ham shug‘ullanadi (keyingisining ko‘pchilik laynerlari 5 yulduzli toifaga ega).
Do'stlaringiz bilan baham: |