2 – ma’ruza: “Mehnat muhofazasi” fanining ijtimony-iqtisodiy va texnik ahamiyati
Reja:
1. Mehnatni muhofaza qilishning ijtimoiy ahamiyati.
2. Mehnatni muhofaza qilishning iqtisodiy ahamiyati.
3. Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy ahamiyati.
Mehnatni muhofaza qilishning davlat, jamiyat va ishlab chiqarishdagi
ahamiyati ko’p qirralidir. Mehnatni muhofaza qilishning ijtimoiy, iqtisodiy,
huquqiy va texnik ahamiyati mavjud.
1. Mehnatni muhofaza qilishning ijtimoiy ahamiyati quyidagilardan iborat:
- ishlovchilaming sogiig’ini va hayotini ishlab chiqarishdagi ishlab
chiqarishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararli va xavfli omillardan
muhofaza qiladi;
- ishlovchilaming ma'naviy, ma'rifiy va madaniy saviyasining oshirilishiga
imkoniyat yaratadi: C'hunki,, faqat noqulay mehnat sharoitlarida (changli,
zararli gazli, shovqinli, sovuq va namli, turli nurlanishlar ta'sirida va
boshqa) ishlab charchamagan va kasallanmagan ishlovchigina o’zining ilm
darajasini va malakasini oshirishga, kitob o’qishga, sport bilan
shug’ullanishga va umuman o’z shaxsini har tomonlama rivojlantirishga
harakat qiladi;
- ishlovchilarda o‘z mehnatidan qoniqish hissini uyg’otadi, ko’p kasblaming
obro’sini oshiradi;
- mehnat intizomi oshishiga olib kcladi;
- mehnatni gumanizatsiyalashtirishga va ycngillashtirishga yordam beradi.
2. Mehnatni muhofaza qilishning iqtisodiy ahamiyati shundan iboratki, u
quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi:
- ishlovchilaming mehnat unumdorligini oshirish bilan ishlab chiqarish va
iqtisodning o’sishiga;
- ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar va kasb kasallanishlari oqibatida ishlash
qobiliyatining vaqtinchalik yo'qolishi natijasida yuzaga keladigan ish
vaqtini yo'qotish holatini kamaytirishga;
- ishlovchilarga shikastlanishi va kasallanishi tufayli to'lanadigan
mablag’larning kamayishiga, noqulay mehnat sharoitlari tufayli yuzaga
keladigan xodimlar qo'nimsizligini kamaytirishga, yangi xodimlami
tayyorlashga mablag’ va kuch sarfini kamaytirishga;
- majburiy ijtimoiy sug'urta fondi vositalarini iqtisod qilishga.
3. Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy ahamiyati quyidagilardan iborat:
- ishlovchilami mehnat qobiliyati bo’yicha ishlashga qabul qilish imkoniyatini
yaratib beradi: masalan, ayollar organizmi, yoshlar va o'smirlar organizmi
xususiyatlarini, hamda pensionerlar va mehnat qilish qobiliyati
chegaralangan shaxslaming holatini hisobga olgan holda ishga qabul qilish,
hamda ish jarayonida ularga turli yengilliklar va kafolatlar tizimini
mavjudligi;
- ishlovchilaming mehnatni muhofaza qilishga bo'lgan subyektiv huquqlarini
va ish beruvchilaming bu huquqni amalga oshirish bo'yicha majburiyatlarini
belgilaydi;
- mehnat huquqi munosabatlarining o'ta katta ahamiyatga cga elementi bo'lib,
ishlovchilami ishga qabul qilish mehnat sharoiti og'irligini hisobga olgan
holda olib boriladi, ishlovchilaming esa mehnat xavfsizligi qonun va
qoidalari talablarini bajarishga majburligini belgilaydi.
4. Mehnatni muhofaza qilishning texnik ahamiyati:
- mehnatni muhofaza qilishning tcxnik ahamiyati asosan iqtisodiyot
obycktlarining barcha tarmoqlarida qo'llaniladigan mashina va
mchanizmlarga. uskunalarga, qurilmalarga, asboblarga, bino va
inshootlarga, tcxnologik jarayonlarga va boshqalarga ulami loyihalashda,
qurishda, sinashda. tashishda. o'matishda. ishga tushirishda. ishlatishda.
ta'mirlash va tcxnik xizmat ko'rsatishda. davriy sinashda, ycchishda.
konscrvatsiyalashda va chiqindiga chiqarishda amal qilinadigan umumiy va xususiy xavfsizlik talablarini va me'yoriy-texnik hujjatlar tizimini ishlab
chiqish, tatbiq etish, nazorat etishdan iborat;
- xavfsizlikni ta'minlashning yangi va zamonaviy injener-texnik vositalarini
ishlab chiqish, ishlab chiqarilayotgan texnikalaming xavfsizligini va
mustahkamligini oshirish, ulaming sanitar-gigiyenik va ergonomik
ko‘rsatkichlarini yuksaltirish, mashinalar ishlashini nazorat qilish va
avtomatik boshqarish vositalarini tatbiq qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |