Shartli reflekslarning tormozlanishi. Tormozlanish ikki xil: tashqi, yani shartsiz tormozlanish va ichki, ya‘ni shartli tormozlanish bo’ladi.
Tashqi tormozlanish. Shartli refleks hosil bo’layotgan davrda tashqi muhit sharoitining birdan o’zgarishi miya po’stlog’ida yangi qo’zg’alish o’chog’ini hosil qiladi va shartli refleks markazini tormozlaydi. Bunday tashqi tasirlovchilarga turli tovushlar, xonadagi yorug’lik, shamol va boshqalar kiradi. Tashqi tormozlanishni hosil qiladigan tasirlovchilar shartsiz tasirlovchi deb nomlanadi. Masalan dars vaqtida ko’chadan avtomobil ovozi eshitilganda o’quvchilarning diqqati chalg’idi. Miya po’stlog’ida ikkilamchi qo’zgalish markazi vujudga kelmasa ham tormozlanish paydo bo’lishi mumkin.
Shartli tormozlanish. Shartli yani ichki tormozlanish markaziy nerv sistemasining yuqori bo’limlariga xos bo’lib, shartli tasirlovchi shartsiz tasirlovchi bilan mustahkamlanmaganda, ikkita qo’zg’alish o’chog’i vaqtining bir-biriga zid kelishi natijasida hosil bo’ladi. Shartli tormozlanish hayot davomida asta-sekin paydo bo’ladi. Shartli tormozlanish so’nuvchi, qiyosiy va kechikuvchi turlarga bo’linadi.
So’nuvchi tormozlanish. Agar odam egallagan bilim, hunar, kasbini uzoq vaqt davomida takrorlab turmasa, uning esidan chiqadi, hosil bo’lgan shartli refleks so’nadi, yani bu refleksning miyadagi markazida ichki so’nuvchi tormozlanish xolati yuzaga keladi. Natijada odamning o’rgangan bilimi, xunari esidan chiqadi. Ammo bu boglanish yukolsa ham malum vaktgacha uning izi koladi. Shuning uchun odam unutgan narsalarini takrorlasa u tez esiga keladi. Odamning kundalik hayotida so’nuvchi tormozlanish muhim ahamiyatga ega. So’nuvchi shartli refleks qaytadan tiklanishi mumkin. Bu nerv sistemasining tipiga, sinish darajasiga, bolaning yoshiga bog’liq bo’ladi.
Qiyosiy tormozlanish. Miya yarim sharlar pustlog’ida shartli refleks faqat shartli tasirga nisbatan hosil bo’lmasdan, balki shu tasirga yaqin tasirlovchilarga nisbatan ham bog’liq bo’ladi. Shartli tasirlovchining rangi, shakli, tovush balandligi bir oz o’zgartirilgudek bo’lsa, hosil qilingan shartli refleks tormozlanadi.
Kechikuvchi shartli refleks. Agar shartsiz tasirlovchi kechiktirilib tasir qilinsa, shartli refleks tasir berilishi bilanok emas, balki bir oz kechrok hosil bo’ladi, Kechikuvchi shartli reflekslar bog’cha, maktab yoshidagi bolalarda juda qiyinlik bilan hosil bo’ladi. Bu bolalar oliy nerv faoliyatining tipiga bog’liq.
Nazorat savollari:
1. Nerv sistemasining vazifasi nimadan iborat?
2. Nerv sistemasi necha turga bo’linadi?
3. Nerv markazlari qanday xususiyatlarga ega?
4. Bosh miya qanday bo’limlardan iborat?
5. Necha xil reflekslarni bilasiz?
6. Shartli reflekslar qanday turlarga bo’linadi?
7. Shartli tormozlanish necha xil bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |