Muzlashdan himoya qilish. Muzlashdan himoya qilish harorat 0˚dan past bo‘lganida dastlabki yumshatish amalga oshirilmasdan ham qazib olish imkonini beradi. Muzlashdan himoya qilish uchun erning yuza qismini haydash, yumshatish, boronalash (molalash) va isitish usullari qo‘llaniladi.
Haydash, yumshatish va bronalash tog‘ jinsi sirtida hosil qilingan havo bilan to‘ldirilgan bo‘shliq hisobiga issiqlik o‘tkazuvchanlikni ma’lum darajada pasaytiradi.
Xaydash va yumshatish maxsus plug va yumshatgich yordamida o‘tiladi. Bunda xaydash chuqurligi 40-50 sm, boronalash chuqurligi esa 20 sm ni tashkil etadi.
Er sirtini muzlashdan himoya qilish uchun teploizolyasion material sifatida mox, yog‘och qirindisi, mineral vatalar qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |