Tog‘ jinsining yumshatiluvchanligi yumshatgich tishlarining botish chuqurligi bilan aniqlanadi va massivning yoriqligi hamda tog‘ jinsi mustahkamligiga bog‘liq bo‘ladi.
Mexanik yumshatgichning samaradorligi massivning yoriqliligiga bog‘liqdir. Massiv katta yoriqlarga ega bo‘lganda, yumshatgichning samaradorligi oshadi. Asosiy yoriq yo‘nalishiga ko‘ndalang ravishda yumshatilganda samaradorlik yanada yuqori bo‘ladi.
Massivni yumshatish yumshatgichning parallel uzun yurishi orqali amalga oshiriladi. Uzun yurishlar orasidagi masofa belgilangan bo‘laklik va yumshatishning samarador chuqurligini ta’minlash sharti bo‘yicha hisoblanadi. Bunda yumshatishning samarador chuqurligi, tishning botish chuqurligidan kam bo‘ladi. CHuqurligini oshirish va kon massasining bo‘lakligini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha kesishgan yurishlar qo‘llaniladi. O‘ta zich tog‘ jinslarida yumshatgichning mehnat unumdorligi- yumshatiladigan uchastka uzunligi 100-300 m bo‘lganda 1000-1500 m3/soatgacha etishi mumkin.
Bog’lanuvchanlik tog’ jinslarining bo’laklari orasidagi o’zaro bog’liqlik bilan xarakterlanadi. U tog’ jinsining yumshatilganlik darajasi, uning bo’lakliligi va ulashuvchanligi (tabiiy xarakterga ega bog’lanish), ilanishuvchanlik (maydalanishning mexanik xarakteri aloqasi) bilan xarakterlanadi va tog’ jinslarining ichki ishqalanish burchagiga bog’liq. Tog’ jinsining yumshatilganlik darajasi yumshatilganlik koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi, bu koeffitsiyent yumshatilgan tog’ jinsi hajmining massivda egallaydigan hajmiga nisbati bilan aniqlanadi.
Bog’lanuvchanlik darajasi bo’yicha maydalangan tog’ jinslari uchta kategoriyaga bo’linadi.
Sochiluvchan yumshatilgan tog’ jinslari ( ), bo’laklar orasidagi ko’plab havo oraliqlari mavjudligi bilan xarakterlanadi (alohida bo’laklarning qisilishi va ular orasidagi ulanish bo’lishi mumkin). Ular to’kilishga va aniq ko’ringan burchaklar hosil qilishga moyil.
Bog’langan-sochiluvchan tog’ jinslari ( ), alohida bloklar va bo’laklar orasidagi ko’p bo’lmagan havo bo’shliqlarining mavjudligi bilan xarakterlanadi (bo’laklar o’zaro siqilgan va ular orasida bog’langanlik va aloqa bo’laklardagi tabiiy buzilishlar bo’yicha saqlangan). Bunday tog’ jinslarining to’kilgan holati aniq ko’ringan konturlarga ega bo’lmaydi.
Bog’langan-yumshatilgan tog’ jinslari ( ), to’liq bo’lmagan o’zaro alohida ajratilmagan holida ko’rsatilgan. Bunda massivning tabiiy yoriqliligi shu o’rinda oshadi, lekin bloklar orasidagi aloqa katta darajada saqlanmaydi. To’kilma esa tik burchakli bo’ladi.
Tog’ jinslarining bo’lakliligi bo’laklarning aniq holdagi o’rtacha kattaligi bilan aniqlanishi mumkin . Yumshatilgan tog’ jinslari bo’lakliligi bo’yicha beshta kategoriyalarga bo’linadi.
Juda mayda yumshatilgan tog’ jinslari (eng katta bo’laklar o’lchami 40-60sm bo’ladi).
Mayda yumshatilgan tog’ jinslari (eng katta bo’laklar o’lchami 60-100sm bo’ladi).
O’rtacha yumshatilgan tog’ jinslari (eng katta bo’laklar o’lchami 100-140sm bo’ladi).
Yirik yumshatilgan tog’ jinslari (eng katta bo’laklar o’lchami 150-200sm bo’ladi).
Juda yirik yumshatilgan tog’ jinslari (eng katta bo’laklar o’lchami 250-300sm bo’ladi).
Portlatilgan tog’ jinslari portlatish holati va potlatishdan keyin konning holatiga ko’ra bog’langan, bog’langan-sochiluvchan va sochiluvchan bo’lishi mumkin. Qazib olishning texnologik shartlari bo’yicha ruxsat etilgandan yuqori o’lchamga ega bo’lgan bo’laklar nogabarit deyiladi. Nogabarit bo’laklar qo’shimcha maydalanishni talab qiladi.
Zich tog’ jinslari 5-20 MPa oraliqda bir o’qli siqilishda mustahkamlik chegarasi bo’yicha xarakterlanadi. Bu yerga qattiq gillar, o’rtacha zichlikdagi qo’ng’ir va tosh ko’mirlar va boshqalar kiradi. Ular massivda pog’onalar 10-20m balandligida 60-70 darajada qiyalik burchagini saqlaydi. Ularni kuch bilan odindan maydalamasdan kon mashinalari yordamida qazib olish mumkin.
Yumshoq tog’ jinslari 1-5 MPa oraliqda bir o’qli siqilishga turg’unlik darajasi mavjud va qum gil, supesa, suglinka, yumshoq ko’mirlar va boshqa ko’rinishida bo’ladi. 0.2-0.3MPa qazish holatida ular dastlabki yumshatishsiz qazib olinadi va pog’onalar balandligi 7-15m bo’lganda 50-60 gradus ostida burchaklar hosil qilishi mumkin.
Sochiluvchan tog’ jinslari bir turli qumlar ko’rinishida bo’ladi, ularning qiyalik burchagi uyulmalarda ichki ishqalanish burchagi dan oshmaydi. Ular 0.03-0.05 MPa bosim bilan qazib olinadi.
V.V.Rjevskiy tog’ jinslarining yumshatishga qarshiligini tog’ jinslarining yumshatilish qiyinchiligi ko’rsatkichi bilan baholashni taklif qiladi va u quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(2.1)
Bunda: - tog’ jinslarining yoriqliligini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
- tabiiy holatdagi tog’ jinslarining zichligi, ;
, , - tog’ jinslarining mos ravishda siqilish, siljish, cho’zilishga bo’lgan qarshilik chegarasi, Pa.
Yumshatilish qiyinchiligi bo’yicha tog’ jinslari beshta sinfga bo’linadi. Har bir sinf beshta kategoriyani o’z ichiga oladi.
I sinf – 1 dan 5-kategoriyagacha bo’lgan yarim qoyali, zich va bog’langan yumshoq tog’ jinslari ( ).
II sinf - 6 dan 10-kategoriyagacha bo’lgan oson yumshatiladigan qoyali tog’ jinslari ( ).
III sinf – 10.1 dan 15-kategoriyagacha bo’lgan o’rtacha qiyinchilikda yumshatiluvchi qoyali tog’ jinslari ( ).
IV sinf - 16 dan 20-kategoriyagacha bo’lgan qiyin yumshatiluvchi qoyali tog’ jinslari ( ).
V sinf - 21 dan 25-kategoriyagacha bo’lgan juda qiyin yumshatiladigan qoyali tog’ jinslari ( ).
Kam uchraydigan ko’rsatkichli tog’ jinslari kategoriyadan tashqarisiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |