Elektrodinamik tizimdagi o‘lchash asboblari
Elektrodinamik tizimdagi o‘lchash asboblari asboblar o‘lchanadigan tok va ikkita
g‘altakdagi magnit maydonlarini o‘zaro ta’sirlashuvlari prinsipiga asoslangan.
Ushbu tizimning o‘lchash mexanizmlari (1.3-rasm) harakatlanmaydigan B va
harakatlanuvchi V g‘altaklardan tarkib topgan.
1.3-rasm. Elektrdinamik tizimidagi o‘lchash
mexanizmining qurilmasi.
Agar g‘altaklar bo‘yicha toklar o‘tsa, unda g‘altaklarni magnit maydonlari orasida o‘zaro
ta’sir kuchi vujudga keladi. Bu kuch aylanuvchi xolatni yaratadi, ushbu xolat V xarakatdagi
g‘altakni g‘altaklarning magnit maydonidagi energiyasini eng katta bo‘lishini ta’minlovchi
darjada o‘rnatishga intiladi. Bunga shunday xolatda erishiladiki, agar xarakatdagi g‘altak tekisligi
orqali maksimal magnit oqimi o‘tsa va ikkala g‘altak magnit maydonlarining yo‘nalishlari ular
ichida mos tushsa.
Xarakatlanuvchi g‘altakning burilish burchagi, B va V g‘altaklar bo‘ylab oqib o‘tuvchi
tok hosil qiluvchiga proporsionaldir
I
I
k
2
1
*
*
Bunda k —g‘altak kalavalarisoni va ularni o‘zaro joylashishlariga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient.
Elektrdinamik asboblardagi g‘altaklar, ularni mo‘ljallanishlariga qarab ketma-ket va
parallel xolda ulanadi.
Ketma-ket ulashda (1.4-rasm) g‘altaklar bo‘ylab bitta o‘sha o‘lchanadigan tok o‘tadi.
Binobarin, o‘lchash mexanizmining xarakatlanuvchi qismini burilish burchagi
2
kI
bo‘ladi
SHuning uchun bunday tizimdagi ampermetrlarni shkalasi kvadratik ko‘rinishda bo‘ladi.
1.4-rasm. Asbobni ampermetr sifatida qo‘shish.
Agar elektrodinamik asbobdan vattmetr sifatida foydalanilsa (1.5-rasm) unda asbobning
harakatlanmaydigan g‘altagi ketma-ketlikda iste’molchi (tokli g‘altak) bilan ulanadi va u orqali
iste’molchini
H
R barcha toki I o‘tadi. Xarakatlanuvchi g‘altak (kuchlanish g‘altagi), parallel
ravishda iste’molchiga qo‘shib ulanadi. Ushbu g‘altak bo‘ylab iste’molchiga qo‘yilgan
kuchlanishga proporsional bo‘lgan tok
2
I oqib o‘tadi
2
2
r
U
I
bunda,
2
r —xarakatlanuvchi g‘altakning qarshiligi
1.5-rasm. Asbobni vattmetr sifatida ulash
SHunday
qilib, o‘lchash mehanizmining harakatlanuvchi qismi burilish burchagi
P
k
U
I
r
k
r
U
kI
1
1
2
2
1
bunda
1
k —proporsionallik koeffitsienti. Bundan kelib chiqadiki, burilish burchagi quvvatga
poporsional, hamda elektrodinamik voltmetr shkala – bir tekisda.
Asbobning afzalliklari bo‘lib, doimiy va o‘zgaruvchan toklarni, kuchlanish va quvvatlarni
o‘lchash imkoniyatlarining mavjudligi, aniqlikning yuqori darajadaligi xizmat qiladi.
Kamchiliklari: ko‘rsatkichlarni tashqi magnit maydonlarga bog‘liqligi, qayta
yuklanishlarga sezuvchanligi, konstruksiyasini murakkabligi, xatoliklarini o‘lchanadigan
o‘zgaruvchan tokning chastotasi o‘sib borishi bilan, ko‘payib borishi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |