DLP yoki LCD, qaysi biri yaxshiroq? Balki eng professional raqamli videoproektorlar doirasida uchta DMD li DLR proektorlari eng yaxshisi hisoblanadi deyilsa, hech kim qarshi bo’lmaydi. Masalan, mashhur Barco firmasining DLR proektorlarida 1280×1024 gacha tasvir zichligi uchta 11000 ANSI – lyumendan ko’proq yorqinlik beradi, shuning uchun ulardan shou-dasturlar, teatral tomoshalarda, to’la ekranli tasvirli katta kinozallar yaratishda foydalanish mumkin. Аmmo bu proektorlarning (uning og’irligi va kattaligidan tashqari) narxi o’n ming dollardan oshiqroq turadi.
Iste`molchilik bozoriga esa bitta DMD li DLR proektorlari va albatta LCD proektorlari to’g’ri keladi. Oxirgi paytlarda qaysi biri yaxshi degan baxslar davom etmoqda: DLR proektorimi (bitta DMD lisi nazarda tutilmoqda) yoki LCD proektorlari. Unisi ham bunisi ham so’zsiz ustunliklari bilan birga kamchiliklariga ham ega. Masalan, LCD proektorlari yaratadigan ranglari ancha yuqori quyuqlikka ega deb hisoblanadi. DLR proektorlarida esa tasvir yorqinligini oshirish uchun qo’shimcha tiniq segmentli aylanuvchi svetofilmdan foydalaniladi. Bu esa ranglar guyoki qo’shimcha oq rang bilan aralashtirilishiga olib keladi va kamroq yorqin bo’lib ko’rinadi. Lekin oxirgi paytlarda (ayniqsa, uy kinoteatri uchun, bunda yorqinligi emas, rang uzatishi muhimroq) tiniq sektori bo’lmagan oltita segmentli svetofilьtrli DLR proektorlarini ishlab chiqara boshladilar. Ranglari quyuqligi bo’yicha bu proektorlar eng yaxshi LCD proektorlariga yaqin kelmoqda. Shu bilan birga yorug’likfiltrining aylanish tezligi ikki barobar ortdi (birinchi avlod modellarida svetofiltrning aylanish tezligi 60 Gts edi)- 120-150 Gtsgacha. Olti segmentli yorug’likfiltriligini hisobga olsak, tezlik to’rt marta oshadi, svetofilьtrning bitta aylanishida har bir tashkil etuvchilari (R, G, B) ikki marta yaratiladi (ishlab chiqariladi, yuboriladi, paydo bo’ladi). Lekin shunga qaramay yon tomonga tez harakatlanganda ko’pchilik tomoshabinlar ko’zida “kamalak” taassuroti seziladi. LCD proektorlarida ham katta kamchiliklar bor. Bugungi kunda SVGA-tasvir zichligi (800×600) LCD proektorlari eng ommabop hisoblanadi, ana shunda ham yaqin masofadan tasvirni ko’rganda pikselizatsiya taassuroti juda ham sezilarli bo’ladi, bu tasvir guyoki kichik kvadratlardan tashkil topgandek sezilishidir. Biroq piksellar orasidagi masofalari kamaytirilgan, mikrolizatsiyali rastr texnologiyasi bilan to’ldirilgan (MLA-Micro Lens Arras, bunda maxsus mikrolinzalar yorug’lik to’plamini Jk – matritsaning har bir pikseliga qo’shimcha fokuslashtiriladi) LCD – matritsalarni qo’llash, yana XGA tasvir zichligili LCD panellarini qo’llash pikselizatsiya hodisasini deyarli yuo’qqa chiqarishga imkon berdi DLR proektorlarining bir matritsali optiq tizimining kichik bir ustunligi unda ranglarni birlashtirishda muammolari yo’qligi hisoblanadi. Turt matritsali LCD proektorlarida bo’lsa (ayniksa mashxur bo’lmagan ishlab chiqaruvchilarniki) ranglar birlashishi yomon sozlangan holda tasvirining alohida qismlari cheti bo’ylab yopishqoq rangli xoshiya paydo bo’lishi mumkin. Xulosaga kelgandek bo’lib, shularni aytish mumkin: DLR proektorlarining yorqinligi va kontrastligi yuqori va hajmi, ogirligi kamroq (og’irligi 2 kg dan kam, kitobdek hajmga ega). Biroq LCD proektorlarda ranglar quyuqligi yuqorirok va tasvirda jimillash yo’q. Bundan tashqari yorqinligi (7700 ANSI-lyumen) va kontrastligi (1000:1) kabi asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha DLR proektorlardan unchalik ortda qolmaydi (hajmi bo’yicha ham desak bo’ladi). Narxi haqida gapirsak o’xshash LCD proektorlari har doim ularning raqiblari DLR lardan ko’ra ma`qulroqdir. Balki shuning uchun RMА (Pacific media Associates) ma`lumotlari bo’yicha 2002 yili dunyoda videoproektorlar sotishning 75 %ni LCD proektorlari tashqil etgan bo’lishi mumkin; DLR proektorlari esa faqatgina 22 % ni tashkil etdi. Ozbekiston bozorlarida bu farq yanada kattaroqdir. Mening hisob – kitobim bo’yicha bizda sotilgan videoproektorlarning 90 %ni LCD proektorlari tashkil etmoqda. Biz shular haqida gapirib o’tamiz.