Isitmani tushiruvchi preparatlar
Tana haroratini tez tushirish uchun, isitmani tushiruvchi preparatlardan foydalaniladi. Bunday vositalar faqatgina simptomatik ta’sir etadi, ya’ni tana haroratini tushiradi. Asosiy haroratni tushiruvchi preparatlar quyidagilar:
Parasetamol. Bolalar va kattalar uchun buyuriladigan preparat. Ammo, Amerika FDA tashkilotining ilmiy izlanishlari ko‘rsatishicha, ushbu preparatdan ko‘p foydalanish, jigar uchun xavfli bo‘lgan holatlarga olib kelishi mumkin. Parasetamol 38 °C gacha bo‘lgan tana harorati oshganda yaxshi yordam beradi, lekin bu ko‘rsatkichdan yuqori holatlarda preparatning ta’siri bilinmasligi mumkin.
Ibuprofen. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi qo‘llaniladigan va tana haroratini tushirishda yaxshi samara beradigan preparat. Bolalar va kattalar uchun buyuriladi.
Nimesulid (nimesil, nayz). Oxirgi avlod yallig‘lanishga qarshi preparat. Bolalar uchun qarshi ko‘rsatma bor.
Analgin. Hozirgi kunda tana haroratini tushirish uchun deyarli qo‘llanilmaydi. Ammo isitmani bartaraf etishda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |