Qon bosimi normasi – “ishchi qon bosimi”
Hozirgi davrda qon bosimining yuqorimi, pastmi, doimo bir xilda turishi “ishchi qon bosimi” deb yuritiladi. Bu degan so‘z kishi uni o‘zining o‘rtacha bosimi deb bilishi lozim. Mabodo ana shu o‘rtacha bosim ko‘tarilsa, dori-darmon bilan o‘z holiga keltirish lozim. Ilgari bundan 10 —15 yil muqaddam bosim yuqori bo‘lsa, vrachlar darhol dori-darmonlar yordamida uni odatdagi normaga (120/00 mm ga) tushirar edilar. Hozirgi vaqtda odamning qon bosimi o‘ziga xos qancha bo‘lib turishi surishtiriladi, uning organizmi o‘rgangan bosimni tushirish tavsiya etilmaydi, o‘sha baland bosimga odamning hamma organlari moslashib qolgan bo‘ladi. Agar bu bosimni pasaytirish tavsiya etilsa, bemorning tinkasi qurib, charchaydi, behol bo‘lib qoladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda vrachlar dori-darmonlarni buyurishdan avval “kundalik o‘rtacha ko‘rsatkich bosimni” surishtirishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |