Tez tibbiy yordam qachon talab etiladi?
Quyidagi holatlarda tez tibbiy yordamga murojaat qilish shart:
39,5 °C dan yuqori tana harorati;
Tana haroratining birdan oshishi va dori preparatlarining natijasi bilinmasa;
Isitma va nafas olish qiyinlashuvi;
Tananing turli qismlarida og‘riq va tana harorati ko‘tarilganda;
Tana harorati ko‘tarilishi bilan birga – ich ketishi, ich qotishi va qayt qilish holatlari kuzatilsa;
Organizmning suvsizlanganligi belgilari sezilsa – shilliq qavatlar qurishi, rangparlik, holsizlik, siydik rangi to‘qlashuvi yoki peshob ajratmaslik holatlari;
Isitmaning toshmalar bilan namoyon bo‘lishi. Ayniqsa qo‘l bilan bosib ko‘rilganda yo‘qolmaydigan qizil toshmalar – meningokokk infeksiyasidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |