2- amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Xom-ashyo, material va mahsulotlarning asosiy xossalari (qovushoqlik, sirtiy taranglik, issiqlik sig‘im va o‘tkazuvchanlik, tempratura o‘tkazuvchanlik)
Qovushoqlik. Dinamik qovushoqlik koeffitsienti ning suyuqlik zichligi ga nisbati kinematik qovushoqlik deyiladi:
(1)
bu yerda - kinematik qovushoqlik, m2/s; - dinamik qovushoqlik, Pa·s.
20°C temperaturada ko‘pchilik organik suyuqliklarning dinamik qovushoqlik koeffitsienti quyidagi empirik formula yordamida hisoblansa bo‘ladi [5]:
(2)
bu yerda 𝝁 - atmosfera bosimi va 20℃ da suyuqlikning dinamik qovushoqlik koeffitsienti, mPas; - suyuqlik zichligi, kg/m3; M - mol massa, kg/kmol; A - organik birikma tarkibidagi bir xil atomlarning soni; n - atom molekulasi konstantasining son qiymatlari; p - atomlar orasidagi bog‘liqlik xarakteri va guruhlashga kiritiladigan tuzatma qiymati.
Atom konstantalari n va tuzatma p larning qiymatlari ilovadagi 2- jadvalda keltirilgan [5].
Normal (assotsiatsiyalanmagan) suyuqliklar aralashmasining dinamik qovushoqlik koeffitsienti 𝝁ar ni ushbu formula orqali hisoblab aniqlash mumkin:
(3)
bu yerda 𝝁1, 𝝁2, ... - komponentlarning dinamik qovushoqlik koeffitsientlari; x1, x2, ... - aralashmadagi komponentlarning mol ulushi.
Suspenziyaning dinamik qovushoqlik koeffitsienti quyidagi formula yordamida topilishi mumkin:
qattiq faza konsentratsiyasi 10% (hajm.) dan kam bo‘lganda
𝜇sus = 𝜇s ∙ (1+2,5) (4)
qattiq faza konsentratsiyasi 10% (hajm.) dan ko‘p bo‘lganda
𝜇sus = 𝜇s (1+4,5) (5)
qattiq faza konsentratsiyasi 30% (hajm.) gacha bo‘lganda
(6)
bu yerda 𝜇s - toza suyuqlikning dinamik qovushoqlik koeffitsienti; - suspenziya tarkibidagi qattiq fazaning hajmiy ulushi. Ko‘pchilik suyuqliklarning dinamik qovushoqlik koeffitsientlari adabiyotlarda berilgan [5,8,17,25,55].
Biror t temperaturada sharbatlar, qiyomlar, quyultirilgan va xom sutlarning dinamik qovushoqlik koeffitsienti ushbu formuladan aniqlanadi:
(7)
bu yerda 𝜇 - 20°C temperaturadagi dinamik qovushoqlik.
Xom sut uchun
(8)
bu yerda x - quruq moddalar konsentratsiyasi.
o‘simlik yog‘larining dinamik qovushoqlik koeffitsienti (mPa·s):
(9)
tomat mahsulotlari uchun (Pa·s):
(10)
Har xil temperaturalarda gazlarning dinamik qovushoqlik koeffitsienti maxsus adabiyotlarda keltirilgan.
Gaz aralashmalarining dinamik qovushoqlik koeffitsienti quyidagi taxminiy formula yordamida hisoblash mumkin:
(11)
bu yerda Mar, M1, M2, ... - gaz aralashmasi va komponentlarning mol massasi; , , , ... - tegishli dinamik qovushoqlik koeffitsientlari; y1, y2, ... - aralashmadagi komponentlarning hajmiy ulushlari.
Atmosfera bosimida bir qator gazlarning (koks, generator gazlari va boshqalar) dinamik qovushoqlik koeffitsienti ni hisoblash uchun quyidagi empirik formulani ham qo‘llash mumkin:
(12)
bu yerda 𝜇ar - aralashmaning t temperaturadagi dinamik qovushoqlik koeffitsienti; 𝜇1, 𝜇2, ... - t temperaturada komponentlarning dinamik qovushoqlik koeffitsientlari; y1, y2, ... - komponentlarning hajmiy ulushlari; M1, M2, ... - komponentlarning mol massalari; Tkr1, Tkr2, ... - komponentlarning kritik temperaturalari, K.
Har xil gazlar uchun qiymatlari ilovadagi 3 - jadvalda berilgan [5].
Dinamik qovushoqlik koeffitsientining temperaturaga bog‘liqligi ushbu formula bilan ifodalanadi:
(13)
bu yerda 𝝁o - 0°C temperaturadagi dinamik qovushoqlik koeffitsienti; T - temperatura, K; C - Saterlend konstantasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |