Ikki pog’onali usul. Bu usul bilan bosh yigindidan namuna olinganda bosh yig’indi bulaklarga bulinadi va shu bulaklardan tasodifiy sonlar jadvalidan foydalanilgai holda namuna olinadi.
3-rasm. Ikki pog’onali usulda namuna olish usuli
Ikki pog’onali usul quyidagi turlarga bo’linadi:
Mexanikaviy; 2. Guruhli; 3. Аralash; 4. Ommaviylashgan usullar keng tarqalgan.
Mexanikaviy usul bo’yicha namuna olinganda bosh yig’indi teng miqdordagi bo’laklarga bo’linadi va u bo’laklardan tasodifiy sonlar jadvalidan foydalanib bittadan namuna olinadi.
Guruhli usul orqali namuna olinganda bosh yig’indi teng miqdordagi bo’lakchalarga bo’linadi va u bo’laklardan tasodifiy sonlar jadvalidan foydalanib, bir nechta bo’laklar olinib, ular to’laligicha namuna sifatida ishlatilinadi.
Аralash usul orqali namuna olinganda bosh yig’indi teng miqdordagi bo’laklarga bo’linib, ulardan tasodifiy sonlar jadvali orqali bir necha bo’laklar olinadi va bu bo’laklar to’laligicha ishlatilmaydi.
Ommaviylashgan usulda namuna olinganda bosh yig’indi har xil miqdordagi bo’laklarga bo’linib, bu bo’laklardan tasodifiy sonlar jadvali orqali namuna olinadi.
Ko’p pog’onali usul. Bu usulda namuna olinganda bosh yig’indi bo’laklarga, bo’laklar-qismlarga va h.k.ga bo’linib, oxirgisidan tasodifiy sonlar jadvalidan foydalanib namuna olinadi.
Ko’p pog’onali usul ham quyidagi turlarga bo’linadi.
Mexanikaviy; 2.Guruhli; 3. Аralash; 4. Ommaviylashgan usullar. Bu usulning turlari bo’yicha namuna olish xuddi ikki pog’onali usulga o’xshashdir.
4-rasm. To’rt pog’onali usulda namuna olish shakli
To’qimachilik sanoatidagi tajribalarda ikki va ko’p pog’onali usul keng qo’llaniladi.
Atamalar to’g’risida ma`lumotlar
Аnnotatsiya deb, tadqiqotdan olingan natijalarning qisqacha bir necha jumla bilan izohlangan matnga aytiladi.
Referat ham annotatsiya kabi tajriba natijalarini qisqacha izohlab beradi. U annotatsiyaga nisbatan kengroq tuzilib, unda 1500 tagacha so’z bo’lishi mumkin. Unda tadqiqot ishining qisqacha maqsadi, o’rganilayotgan mavzu, ishlatilgan original uslublar, uskunalar (agar ular modelda bo’lmasa) va olingan natijalarning qisqacha mazmuni izohlanadi.
Ko’p uchraydigan holam deb, hodisalar sonining tajribalar (sinovlar) miqdoriga bo’lgan nisbati bilan aniqlanadigan kattalikga aytiladi:
m1–hodisalar soni
n-tajribalar miqdori
Variatsion qator – bu shunday statistik yig’indiki unda tasodifiy qiymatlar o’sib borish tartibida joylashgan bo’ladi. Bunda bir xil qiymatli miqdorlar nechta bo’lsa shunchasi ketma ket ezilgan bo’lishi lozim.
Misol: ipni pishiqligini o’lchashda quyidagi qiymatlar olingan bo’lsin (sN da): 200, 205, 210, 212, 203, 215 va xakazo
variatsion qator : 200, 203, 203, 205, 210, 212, 215.
Xodisalar soni chastota (sinov ko’rsatkichlarining oraliq bo’yicha uchrash miqdori) deb agar tasodifiy miqdorlar diskret tabiatli x1 x2 x3.....xn ko’rinishida berilgan bo’lsa Har xil variant soniga aytiladi. Аgar tasodifiy miqdorlar uzluksiz tabiatli bo’lib ular miqdorlari taqsimot jadvali ko’rinishida berilgan bo’lsa u xolda chastota deb u yoki bu xususiy oraliqqa to’g’ri kelgan variantlar soniga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |