Ushbu masala bo’yicha O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi xodimi Saidjamol Mirsayitov javoblari: “Alloh taolo Qur'oni karimda mo‘minlar o‘rtalaridagi mollarini o‘zaro rozichilik bilan yeyishi kerakligini ta'kidlagan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham insonlarni halol nasiba topishga buyuradi. Islom dinida har bir masala qatori bunda ham qoida berilgan. Agar bir tomon yutib ikkinchi taraf yutqizishi aniq bo‘lsa yoxud ko‘pchilik yutqizib, kamchilik yutadigan bo‘lsa, bu qimor deb ataladi. Oyatlarga qaraladigan bo‘lsa, qimor juda ham barvaqt harom qilingan, hattoki, sudxo‘rlikdan ham avval harom bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |