Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga ko‘ra, joriy yilning mart oyiga qadar O‘zbekiston hududida bukmekerlik va totalizator faoliyatini amalga oshirish uchun biron-bir xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga litsenziya berilmagan. O‘zbekistonda bukmekerlik kompaniyalari uchun litsenziya berish huquqiga ega Kapital bozorini rivojlantirish agentligi esa 2021 yil 1 mayda tugatilgan. Uning vakolatlari Moliya vazirligiga o‘tkazildi. Lekin bugungi kunda amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |