“Bizga eng yaqin Rossiya misolida olib qarasak, reklama beruvchilar ko‘proq pul topyapti xolos. O‘zimizga keladigan bo‘lsak, buni legallashtirish bilan sportga pul tikib qimor o‘ynayotganlar sonini ko‘paytiramiz. Undan na davlatga, na sportga, na yoshlar tarbiyasiga biron-bir naf yo‘q. Kimdir bu pullarni professional sportga yo‘naltiramiz, qo‘shimcha pul desa, katta xato qilgan bo‘ladi, nazdimda. Bundan tashqari, bukmekerlar tushadigan pullarning 80 foizini olib ketadi, o‘sha 80 foiz pul o‘zbekistonliklarning pullari bo‘ladi. Hozir onlayn o‘ynayotganlar ham baribir pullarini o‘shalarga to‘layapti, katta ehtimol bilan legallashgandan keyin ham yana ularga pul to‘laydi. Mahalliy bukmekerlarning esa bozorda mavqega erishishi uchun uzoq yillar talab qilinadi. Umuman olganda uning ham foydasi yo‘q, chunki o‘zimizning odamlar cho‘ntagidan olib, kimnidir qaqshatib olingan pullarni sportga yo‘naltirish to‘g‘ri emas”
Do'stlaringiz bilan baham: |