1,Ta’lim tizimi va turlari


O’qituvchilik kasbining ijtimoiy-tarixiy rivoji va mazkur kasbning jamiyatda tutgan oprni



Download 0,99 Mb.
bet118/204
Sana31.12.2021
Hajmi0,99 Mb.
#247915
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   204
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA

111. O’qituvchilik kasbining ijtimoiy-tarixiy rivoji va mazkur kasbning jamiyatda tutgan oprni

O’qituvchi shunday yetakchilik xususiyatiga ega bo’lgan, ma’naviyati yuksak shaxs bo’lishi va shunday shaxsni tarbiyalashi lozim. Shaxsning ma’naviy olami yuqori bo’lsa, tabiiy ravishda bu uning amaliy faoliyatida ham o’z ifodasini topadi, uning g’oyalari jamiyatga singadi.

Shunday qilib, milliy dasturdan ko’zlangan maqsadlar juda ko’p. Avvalo, bu maqsad va vazifalarning to’la amalga oshishi mamalakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning o’zgarishiga olib keladi, jamiyatda yangi shaxs- komil insonlar vujudga keladi.

Ikkinchidan yurtboshimiz so’zi bilan aytganda: «ta’limning yangi modeli ishga tushgach, insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi», «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi... «ta’limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi»

Xuddi shunday jamiyatimizning Milliy dasturda ko’zlagan maqsadlarga erishishi ta’lim-tarbiya tizimidagi ishlar samarasiga va avvalo, o’qituvchiga ham bog’liqdir. O’z davrining ruhini chuqur anglagan, kelajakni ko’ra bilgan shaxslarni tarbiyalash o’qituvchi tarbiyachilarning bosh vazifasidir. O’qituvchi va o’quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashiga erishmog’imiz darkor. O’qituvchining bosh vazifasi: o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Ularda tafakkur qirralarini shakllantirish va rivojlantirish eng muhim ta’limiy tarbiyaviy ish bo’lib hisoblanadi.

Prezidentimizning Oliy Majlis XII sessiyasida aytgan quyidagi fikrini keltirishimiz o’rinlidir: «Eng avvalo bizning ta’lim tizimiga bo’lgan munosabatimizni ham tubdan o’zgartirish kerak. Ta’lim islohati bizni demokratik o’zgarishlar, yangi jamiyat barpo etish yo’lidan dadil yetaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi ichki kuch bo’lmog’i zarur. Har birimizga besh barmoqday, eskicha aytganda to’qqiz pulday ayon bo’lsinkim, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ularning turmush tarzini ham o’zgartirish mumkin emas».

Yurtboshimiz ta’lim-tarbiya islohatining zarurligi va muhimligi haqida o’zining qator nutqlarida ham qayta-qayta to’xtab o’tadi. 1997 yil Oliy Majlis 1X sessiyasida so’zlagan nutqida shu vaqtgacha amalga oshirilgan tadbirlar talabga javob bermayotganligini, eski sho’rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan to’liq qutila olmaganligimiz, ikkinchidan, o’zgarishlar yuzaki bo’lib, ta’lim-tarbiya va o’quv jarayonlarining tarkibini, bosqislarini bir-biri bilan uzviy bog’lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini yechib bermaganligi, uchinchidan, bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi... kabilar ham bu islohatni zarurligini ko’rsatdi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust) da "Ta’lim to’g’risida" gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi. Bu qonun hujjatlariga asosan respublikamizda ta’lim - tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarish, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishning qonuniy asoslari belgilab olindi. Bu borada bir qancha ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.

Ana shu sessiyada Prezident I.A.Karimov "Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusida nutq so’zlab quyidagi g’oyalarni ilgari surgan edilar:


  1. Maktablarning moddiy bazasini mustahkamlash;

  2. Bilimli, mahoratli tarbiyachi o’qituvchilarni tayyorlash, ularning hayotiy talablarini qondirish;

  3. O’quv jarayoniga tegishli bo’lib boshlang’ich sinflarda va undan keyingi bosqichlarda o’qiyotgan bolalarga qaysi sinfda nimani o’qitish maqsadga muvofiqligini ilmiy nuqtai nazardan asoslash;

  4. Boshlang’ich ta’limga ikkinchi darajali ish deb qaramaslik, chunki bolaning dunyoqarashi, didi salohiyati shakllanadigan boshlang’ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib qo’yilishiga katta e’tibor berish.

Respublikamiz mustaqillikka erishgach ijtimoiy tuzum o’zgardi. Ijtimoiy tuzumning o’zgarishi shu tuzumning maqsadi, vazifalariga mos keladigan va uni amalga oshiradigan kadrlar tayyorlash vazifasini qo’ydi. Demak, ta’lim - tarbiyaning tashkiliy - uslubiy asoslarini yaratish davr talabi bo’lib qoldi. Ana shu davr talabiga muvofiq barkamol avlodni tayyorlab voyaga yetkazishning qonuniy asosi bo’lmish "Ta’lim to’g’risida"gi qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi.


112. Muloqot madaniyati va ta’lim oluvchining psixologik faoliyati


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish