Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda.
Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish – bu usullar. So‘z (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar. Bu bilan bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi.
134. O`zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi
TA’LIM -bilim berish, malaka va ko’nikma hosil qilish jarayoni, kishini hayotga mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida bilim o’zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi.
Ta’lim tor mahnoda o’qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o’quv yurtlarida o’qitish jarayoni emas, balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi sohalarda ham mahlumot o’zlashtirish jarayonidir.
Ta’lim ilm berish va tarbiyalashni o’ziga qamrab olib, respublikaning aql zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi o’z mashuliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. SHuning uchun ham u ustuvor soha hisoblanadi.
Ta’lim faoliyati o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: a) mahlum bir tajriba va amaliy faoliyat turini muvaffaqqiyat bilan tashkil qilish uchun olamning zarur xususiyatlari haqidagi axborotlarni o’zlashtirish (bu jarayonning mahsuloti bilimlardir); b) mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan usul va vositalarni o’zlashtirish (bu jarayonlarning mahsuloti malakalardan iborat bo’ladi); v) ko’zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to’g’ri yo’l va usul tanlash hamda nazorat qilish uchun ko’rsatilgan axborotlardan foydalanish usullarini egallash (bu jarayonning mahsuli – malakadan iborat bo’ladi).
Insonning mahlum bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishida ongli maqsad bilan boshqariladigan barcha harakatlari ta’lim bilan bog’liq bo’ladi.
Ta’limning mohiyati, maqsadi va mazmuni jamiyatning madaniy taraqqiyoti, fan-texnikasining rivojlanganligi, ishlab chiqarish texnologiyalarining amalga joriy etish darajasi kabilar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy mahlumotga bo’lgan talab va ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta’lim haqidagi g’oyalarga qarab kishilik jamiyatining turli davr (bosqich)larida ta’limning mohiyati, maqsadi, mazmuni tashkil etish shakllari, amalga oshirish metodlari va vositalari o’zgarib, takomillashib boradi.
Ta’lim mohiyatiga ko’ra bu jarayonda ishtirok etuvchilarning o’zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining natijasidir. Ta’lim jarayonida shaxsning dunyoqarashi, qobiliyati, fazilat (xislat)lari o’zgaradi. Ta’lim jarayonida kishilik jamiyatining ijtimoiy-tarixiy tajribalari tahsil oluvchilar tomonidan o’zlashtiriladi va shu yo’l bilan u avlodlar orasidagi mahnaviy-madaniy, ijtimoiy, ijtimoiy vorislikni taminlaydi.
Ta’limning metodologik asosini dealektik bilish nazariyasi tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |