Nomoddiy aktivlar -ta’rifi aktivdan xo’jalik faoliyatida foydalanilishi va jismoniy mohiyatga ega bo’lmasligi (pul emasligi)ni taqozo qiladi. Aktivlarni yuridik huquqlar, shu jumladan, mulk huquqi tarzida bo’lgan va ulardan uzoq muddat davomida foydalanish mumkin bo’lgan holda jismoniy ko’rinishga ega bo’lmagan aktivlar nomoddiy aktivlar ta’rifiga javob beradi.
Nomodliy aktivlar buxgalteriya hisobining asosiy holatlari: etirof qilish payti, qiymatini baholash va foydalanish muddatini aniqlash, amortizatsiya yani hisobga olish, balans qiymatining boshqa o’zgarishlarni hisobga olish va ularning so’nggi bahosi hamda ularning chiqishidan keyingi moliyaviy natijalarni aniqlash, shuningdek korxonaning moliyavii hisobotidagi nomoddiy aktivlar bo’yicha axborotlarni ochib berishdan iborat.
Nomoddiy aktivlar — mahsulot ishlab chiqarish jarayonida korxonalarning mulk obyektlaridan foydalanish maqsadida, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish yoxud uzoq muddat davomila mamuriy va boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun mol-mulki saqlab turilmaydigan mulklarning Indentifikatsiya qilingan obyektlaridir.
Nomoddiy aktivlarni aniqlash, aktiv xo’jalik foydalanilgani va jismoniy mazmunga ega bo’lmaganini talab etadi. Jismoniy manoga ega bo’lmagan aktivlar, agar ularning egalik huquqini qo’shgan va ular uzoq muddat davomida foydalaniladigan hollarda nomoddiy aktivlarni aniqlashga javob beradilar.
Nomoddiy aktivlarni kelib tushishi Haq evaziga sotib olingan nomoddiy aktivlar buxgalteriya xisobiga boshlangich qiymati bo‘yicha kabul kilinadi. U quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasi (sotuvchi)ga to‘langan summalar;
huquq egasining mutlak huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yigimlari, davlat bojlari, patent bojlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;
bojxona bojlari va yigimlari;
nomodsiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan to‘lanadigan soliqlar, yigimlar va to‘lovlar summalari (agar ular koplanmasa);
nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan boglik axborot va maslaxat xizmatlari uchun to‘langan summalar;
nomoddiy aktivlar ular orkali sotib olingan vositachilarga to‘lanadigan xaklar;
nomoddiy aktivlarni etkazib berish (barpo etish) tavakkalchiligini sugurtalash bo‘yicha xarajatlar;
aktivdan maksadga ko‘ra foydalanish uchun uni yarokli xolatga keltirish bilan bevosita boglik boshqa xarajatlar.
Nomoddiy aktivlarni xarid qilish bilan bogliq xarajatlar va boshqa xarajatlar 0830-«Nomoddiy aktivlarni xarid qilish» xisobvaragining debeti bo‘yicha aks ettiriladi.
Hisobga qabul kilingan nomoddiy aktivlar 0410-0490 —xisobvaraqlarning debetida 0830-xisobvaraq bilan korrespondensiyada aks ettiriladi.
Misol. Korxona tomonidan QQSni xisobga olganda 1 000 ming so‘m qiymatdagi tovar belgisiga bo‘lgan mutlak huquq sotib olindi. Bundan tashkari, tovar belgisini sotib olish bilan boglik boj to‘lovi va maslaxat xizmatlari uchun 150 ming so‘m mikdorida pul to‘landi.Tovar belgisining boshlangich qiymati xarid qiymati (shu jumladan QQS), to‘langan boj va maslaxatlarga xak to‘lash bo‘yicha xarajatlar summalari — 1 150 ming so‘mdan (1 000 + 150) iborat.