Buxoro davlat universiteti
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
3-7iqtim20 guruh talabasi
Xayrullaev Bobojonning
Innovatsion iqtisodiyot fanidan
mustaqil ishi
Mavzu: Innovasion marketing texnologiyasi
Reja?
1Marketing texnologiyalarining shakllanishi ?
2Sanoat korxonalarining diversifikatsion o‘sishi ?
3 Marketing strategiyaning ustun jihatlari ?
Zamonaviy raqobat sharoitida innovatsion marketing texnologiyalarining shakllanishi Korxonalar o‘rtasida raqobatning yangi shakllarini yuzaga kelishi bozorga moslashish, unda faoliyat yuritish va innovatsion marketing strategiyalaridan samarali foydalanish dolzarbligini oshiradi. Bu borada innovatsion yondashuv korxonalar uchun strategik raqobatni ta’minlovchi muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Avtomobil sanoat korxonalarining ichki va tashqi bozorlarda barqaror faoliyat yuritishini ta’minlovchi marketing strategiyasini shakllantirish O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalar raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan bir qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lib ularni tizimlashtirish orqali marketing strategiyalarini raqobatbardoshlikni oshirishning asosiy vositasi sifatida qarash
maqsadga muvofiqligi asoslanadi. Aghion, Bloom, Blundell, Griffith, and Howittlarning nazariyalarida7 tovarlar bozoridagi raqobat va innovatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganilgan bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlari bir-birini to‘ldiruvchi (U-shape) aloqaga ega ekanligi bo‘yicha natijalar olingan. 7 Aghion, P., Bloom, N., Blundell, R., Griffith, R., & Howitt, P. (2002). Competition and innovation: An inverted U relationship: National Bureau of Economic Research 34 Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat korxonalarining diversifikatsion o‘sishidan farqli ravishda, bugungi kunda, ular o‘z faoliyatlarining samarali yo‘nalishlarini aniqlab olishga va barcha imkoniyatlarini marketing strategiyalarini shakllantirishga harakat qilmoqdalar. Korxona raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha marketing strategiyasi – bu, korxonalar uchun belgilangan bozor maqsadlariga erishish vositasi bo‘lib, u ma’lum korxona, soha, bozor, xaridor uchun boshqa amalda qo‘llanilayotgan vositalardan o‘ziga xos jixatlari bilan farq qiladi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, umuman strategiya, shu jumladan, marketing strategiyasi korxonaning mavjud bozor imkoniyatlaridan foydalanish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, tashqi muhitning o‘zgarishiga bo‘lgan ta’siri sifatida qaraladi. Korxona ichki komponentlari tarkibidan kelib chiqib, raqobatbardoshlikni ta’minlashga qaratilgan marketing strategiyalar turli xil bo‘ladi. Jumladan, strategiyalar: yangi mahsulot, texnologiya va xizmatlar olishga yo‘naltirilgan korxonaning innovatsion faoliyati; ishlab chiqarishda, marketing va boshqaruvda fan-texnika yutuqlarini yangi usullarini qo‘llash; yangi tashkiliy tuzilmalarga o‘tish; yangi resurslardan foydalanishga, yoki an’anaviy resurslardan foydalanishda yangicha yondashuvga o‘tishdan iborat bo‘ladi. SHunday qilib, ichki muhitga nisbatan innovatsion marketing strategiyalar bir-nechta yirik guruhlarga bo‘linadi: mahsulot (yangi mahsulotlar, texnologiyalar va xizmatlarni tadbiq etishga yo‘naltirilgan portfel, tadbirkorlik, yoki biznes strategiyalari); funksional (ilmiytadqiqot, ishlab chiqarish, marketing, xizmat ko‘rsatish); resurs (moliyaviy, mehnat, axborot, moddiy-texnik); tashkiliy-boshqaruv (texnologiya, tarkibiy, uslubiy, boshqaruv tizimi). Korxonalarning marketing strategiyasi hamda innovatsiya o‘rtasidagi bog‘liqliklarni ilmiy tadqiq etib, innovatsion marketing strategiyasining asosiy maqsadi – bu yangilikning bozorga kiritish strategiyasini ishlab chiqishdan iborat ekanligini kuzatish mumkin. Marketing strategiyasini qo‘llash darajasi ko‘pchilik hollarda bozorlarni segmentlashtirish va mahsulotlarni bozorda 35 joylashishi(pozitsiyalashuvi) bilan belgilanadi. Xaridorning yangi mahsulotga bo‘lgan munosabatning (ya’ni, uni qay tarzda qabul qilishini) inobatga olgan holda, yangi mahsulotga bo‘lgan talabni o‘rganish va prognozlashtirish innovatsiya strategiyasining eng muhim qismi hisoblanadi, shuningdek strategik tadqiqotlar davomida, innovatsion loyiha boshlig‘i qaysi xaridorlarga, qanaqa mahsulotni qaysi sifatda taqdim etishni aniqlashi zarur. Raqobatda ustunlikka erishish masalalarini echishda bozorga yo‘naltirilgan marketing strategiyaning ustun jihatlari quyidagilarda o‘z aksini topgan8 : ▪ bozorga yo‘naltirilgan marketing strategiyasi korxonaning faqat iste’mol qiymatini oshirish hisobiga, raqobatdagi ustunlikka erishishini ta’minlaydi; ▪ yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va korxonaning iste’molchilari bilan qo‘shimcha qiymat yaratish zanjiri ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni yangicha usullarda boshqarishni ta’minlaydi; ▪ korxonaning asosiy funksional jarayonlarini boshqarish bo‘yicha samarali tizimlarni shakllantiradi va uning an’anaviy ierarxik tashkiliy tarkibini butunlay o‘zgartiradi; ▪ korxonaning tashkiliy tarkibining o‘zgarishi kompaniya bilan iste’molchilar, xom-ashyo etkazib beruvchilar, qiymat yaratish zanjiri ishtirokchilari va raqobatchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga yangicha qarashni tavsiflaydi; ▪ korxona tomonidan o‘z iste’molchilari ehtiyojlarini, raqobatchilari harakatini va bozordagi holat tavsifini anglash jarayonida uningning barcha xodimlarining ishtirokini ta’minlaydi; ▪ iste’molchilardan, raqobatchilardan va boshqa manbalardan kelib tushuvchi ma’lumotlardan foydalanish orqali, bozorlarni tadqiq qilish jarayoning uzluksizligiga ko‘maklashuvchi tadbirlarni ishlab chiqadi va ustun raqobat muhitini saqlashni ta’minlaydi. Marketing strategiyasi tamoyillariga asoslangan o‘z bozor strategiyalarini yaratuvchi va amalga oshiruvchi iste’mol ehtiyojlarining xilma-xilligi hamda 8David W. Cravens, Strategic Marketing, 6th edition. The McGraw-Hill Companies, Inc., 2000. 36 raqobatning yangi shakllari kompaniya uchun misli ko‘rilmagan o‘sish imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi . Marketing strategiyasini ishlab chiqishda, har xil turdagi bozorlarda ma’lum darajada farq bo‘lishi mumkin, misol uchun: B2C (business-to-customers «iste’molchi uchun biznes») bozorida mahsulotni xarid qilish qarorini qabul qilishda asosiy rolni aniq bir odamning shaxsiy emotsiyalari egallaydi; B2B (bussines-to-bussines «biznes biznes uchun») bozorida esa, xaridorning tanlov imkoniyati ratsional fikirlashga asoslanadi. B2B bozorida marketingning quyidagi asosiy xususiyatlari mavjud: ▪iste’molchilar motivatsiyasiga ratsional omillarning ta’siriga asosiy e’tiborni qaratilishi; ▪xodimlarning individual motivatsiyasiga bo‘lgan ta’sir (oylik maoshning oshishi, ish lavozimining ko‘tarilishi, rahbariyat tomonidan ijobiy baholanishi, ish bo‘yicha ma’lum bir yutuqlarga erishish); ▪xarid qilish bo‘yicha qarorlarni bosqichma-bosqich va ko‘p darajali jarayonlardan so‘ng qabul qilish; ▪xarid qilish jarayonlarini ma’lum bir muddatlarga uzaytirish; ▪turli pudratchilar o‘rtasida xaridning asosiy omillarga asoslangan holda rakobatliligi. Korxonaning marketing faoliyatini strategik rejalashtirish bosqichlari (2.3- rasm) o‘z aksini topgan. Innovatsiyalar ro‘yxatini tuzishda quyidagi omillarga e’tibor berish kerak: ▪ innovatsion rivojlanishning asosiy segmenti vektorini aniqlash; ▪ raqobat me’yorlarida muammoli hududlarni aniqlash; ▪ innovatsiyalarning birinchi darajali ro‘yxatini tuzish9 . Innovatsion marketing strategiyasini tashkillashtirishni uch asosiy bosqichga ajratish mumkin. 9 Б.П. Воловиков. Методика формирования инновационной маркетинговой стратегии промышленного предприятия с учетом жизненного цикла инноваций. г. Омск, стр.2 37 2.3-rasm. Korxonaning innovatsion strategiyasini rejalashtirish bosqichl
Etiboringiz uchun raxmat
Hurmat bilan Xayrullaev Bobojon Shirinboyevich
Do'stlaringiz bilan baham: |