Harakatli o’yinlarni tashkil qilish shakllari,
maktabda darsdan tashqari vaqtda harakatli o’yinlarni
o’tkazish metodikasi
Reja
1 Aholi istiqomat joylari, istirohat va ko’ngil olish bog’larida
harakatli o’yinlarni tashkil qilish.
2 Tanaffus vaqtida, maktab kechalari va bayramlarida
o’tkaziladigan o’yinlar
3 Umumta’lim maktablarida milliy harakatli o’yinlarni
o’tkazishning mazmun – mohiyati.
1 Aholi istiqomat joylari deganda asosan shaharlar, qishloqlar tushuniladi.
Qishloqlar ham qo’rg’onlar (posyolka), katta – kichik qishloqlardan iboratdir.
Shaharlarda daha, mavze, mahallalar turli hil bo’ladi. Katta qishloqlar, qo’rg’onlar,
mavze(kvartal) va mahallalarda bolalar va katta yoshdagi kishilar uchun sport
31
inshoatlari (futbol maydonlari, turli xil o’yin joylari, ochiq va yopiq suv havzalari.
Maxsus trenajyor va h.k.) qurilmoqda.
Respublika prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmonlar,
qarorlarda ta’kidlanishicha aholi istiqomat joylarida sog’lomlashtirish jismoniy
tarbiya va sport ishlarini kengaytirish, shart-sharoitlar yaratish, mutaxassis
xodimlar bilan yaratish va faol tashkilotchilarni ko’paytirish ko’zda tutilgan.
Buning asosiy maqsadi aholining salomatligini muhofaza qilish, jismoniy va
ma’naviy barkamollikni rivojlantirishga qaratilishi bilan muhim ahamiyat kasb
etadi. Bunda turli sport turlari bo’yicha ommaviy sport musobaqalarini o’tkazish,
milliy qadriyatlar mazmuni bo’lgan harakatli o’yinlar bo’yicha nufuzli tadbirlarni
o’tkazishda keng jamoatchiligini jalb etish talab etiladi. Mustaqillikning sharofati
tufayli qishloq va shaharlarda turli idoralar uchun koshonali binolar qurish,
ommaviy – madaniy tadbirlari uchun o’yin maydonlarini kengaytirish va ayniqsa
ko’p qavatli uy-joylar, qasrga o’xshash hovlilar qurish ko’paytirilmoqda. Bu o’z
navbatida odamlarning turli madaniyati yaxshilanib borishidan dalolatdir.
Turmush madaniyatning o’sishi sog’lom turmush kechirishga da’vat etadi.
Sog’lom turmush tarzida esa sport o’yinlari, harakatli o’yinlar muhim o’rin
egallamoqda.
Hovli va ko’p qavatli uylar sharoitida oilaviy va mustaqil ravishda yakka
tartibda jismoniy mashqlar – o’yinlar orqali o’z salomatligini yaxshilash maqsad
qilib olayotgan kun sayin ko’payib bormoqda.
Keng maydonlar bolalarning o’yin maydonlari, xiyobonlar kun bo’yi,
ayniqsa dam olish kunlari, ta’til joylari va bayramlarda turli o’yinlar bilan band
bo’lganlar, ko’payib bormoqda. Ularni tashkil qilishda ota-onalar, ba’zi faol
jamoatchilar, mutaxassislar bevosita faoliyat ko’rsatmoqda.
Qishloq joylaridagi katta to’ylar, an’anaviy bayram kunlari va boshqa
madaniy tadbirlar katta-kichik kishilar va bolalar o’rtasida kurash, ot o’yinlari, turli
xil milliy harakatli o’yinlar mazmuni jihatdan tashqari tashkil qilinmoqda. Ayniqsa
qiz va o’g’il bolalarning “Quvlashmoq”, “Arqon tortish”, “Elkada kurash”,
“Piyoda ko’pkari”, “To’qqiz bosh”, “Bo’ta soldi”, “Ko’z bog’lash”, “Kim qoldi”
32
kabi milliy harakatli o’yinlar ruschaga tarjima qilingan. Bolalar va o’smirlarning
qir – adirlarda eshak va otlarga minib qilichbozlik, otdan ag’darish, tortishish
o’yinlari zavqli o’tishi bilan bir qatorda ularning jismoniy kamolotini o’stirishda
xizmat qilmoqda. Xo’roz urishtirish, qo’chqor shoxlatish, it urishtirish, kaklik va
bedanalarni sayratish (bahs), kampirlar va chollarning aytishuvlari, raqslari, turli
harakatli o’yinlari qadimiy milliy o’yin sifatida namoyish qilish odati davom
etmoqda. Ularning estetik zavq berishi va sog’lom bo’lib uzoq umr ko’rishda
kishilarga madaniy meros sifatida xizmat vazifasini o’tamoqda.
Toshkent, viloyatlarining markazlari, shahar tusini olgan tuman markazlari,
katta qo’rg’onlarda (posyolka) ommaviy sog’lomlashtirish tadbirlari keng
ko’lamda tashkil qilinadi. Ayniqsa, mahalla va ko’pqavatli uy joy shaoitlarida
estafetali o’yinlar va milliy harakatli o’yinlardan keng foydalanilmoqda. Bunda
bolalar va o’smirlarning guruh, jamoa bo’lib musobaqalashishi, kichik yoshdagi
(2-6 yoshli) bolalarning mustaqil ravishda quvlashib o’ynashi. To’plar orqasidan
yugurish, futbol, xokkey kabi o’yin qismlari (element) qiziqarli o’tmoqda.
Ota-onalar, aka-ukalar yordamida yosh bolalarning (1-6 yoshli) maxsus
moslamalardan (narvonlar, g’ildiraklar terib qo’yilgan to’siqlar, g’orlar – teshik va
h.k.) o’ynashi harakatchanligini ta’minlash bilan bir qatorda ularning sho’x, zavqli
harakatlarini takomillashtirish, estetik hamda emostional tarbiyasiga ijobiy ta’sir
ko’rsatmoqda.
E’tiborli tomoni shundaki, ya’ni mahalla faollari, ayni xotin-qizlar yig’ilishi,
maktablardagi ota-onalar qo’mitasi majlislarida ta’lim-tarbiya mazmunida turli
harakatli o’yinlarni bolalar bilan maqsadli tashkil qilish ishlari tez-tez muhokama
qilinmoqda. Buning boisi shundaki, madaniyatli, sog’lom oilalarning farzandlari
o’qimishli, madaniyatli, sog’lom bo’lib, ular el-yurt oldida namuna bo’lmoqda.
Qaysi birlariga pedagoglik va san’at, yana birlari sanoat, tijorat, qurilish, texnika
harbiy xizmat va boshqa sohalarda istedodga ega bo’lmoqda. Demak yashash
joylari, ayniqsa oilada milliy harakatli o’yinlarning xosiyatlari cheksiz bo’ladi.
Istirohat va ko’ngil olish bog’lariasosan shahar va shahar tusini olgan
joylarda zamonaviy talablar asosida tashkil topmoqda. Ularda katta-kichik
33
yoshdagi kishilar, bolalar uchun tomosha, turli xil atrakstion va milliy harakatli
o’yinlar tashkil qilinib, barchaning xordiq chiqarish, miriqib dam olish va jismoniy
harakatlar bilan (yurish, yugurish, estafetali o’yinlar, qayiqlarda suzish va h.k.)
ko’ngil kechalari yoziladi hamda ma’naviy-ma’rifiy jihatdan oziqlanadi. Shu
tufayli maskanlarning mutaxasislari va maxsus xodimlari tomonidan boshqa
diqqatga sazovor bo’lgan tadbirlar qatorida milliy harakatli o’yinlar ham tashkil
etiladi. Bu tadbirlarda ota-onalar va bolalari birgalikda to’p, arg’amchi, chambarak,
bulava, bayroqlar bilan har xil estafetalar uyushtiriladi. Kichik xalqachalarni otib
qoziqlarga tushirish, savat ichiga to’pni otib tushirish, yugurish, tik va yoysimon
narvonlarga chiqish-tushish, osilib turish kabi qiziqarli harakatli o’yinlar bo’yicha
ham, kim tez, kim chaqqon, kim yiqilmay o’tadi, kim tez olib o’tadi kabi bahslar,
shartlar va talablar ostida kuch sinashadi.
Demak, harakatli o’yinlar (oddiy va murakkab, zamonaviy va milliy
o’yinlar) ko’ngil ochish va istirohat bog’larida ham u yoki bu tarzda o’z o’rniga
ega bo’ladi. Shu tufayli dam oluvchilar, ota-onalar va ayniqsa bolalar hamda
o’smir-yigitlar ham harakatli o’yinlar tufayli xordiq chiqarishadi, kuch-quvvat
to’playdi. Bu o’z navbatda mehnatkashlarni ertangi yumushlarini tetik, ixcham
bajarishlari, mehnat samaralariga erishishni ta’minlaydi. O’quvchi yoshlar va
talabalarning o’quv sharoitlari, bir-biriga mehr-muhabbatlari, do’stlik, o’rtoqlik
kabi fazilatlarni yanada yaxshilaydi. Keksalarning esa ruhiy va jismoniy tetikligi,
bardamligiga yanada kuch, zavq bag’ishlab, uzoq yillar sog’lom bo’lib yurishlariga
bir olam dunyo hissa qo’shadi.
Xulosa shundaki, ko’ngil ochish va istirohat bog’larida jismoniy madaniyat
tadbirlarini ko’proq maqsadli va mazmunan qiziqarli qilib o’tkazishga yanada
ko’proq ettibor berish lozim. Buning uchun esa maxsus tashkilotchilar, faol
ishlarini kengaytirishga to’g’ri keladi.
O’quvchi yoshlar va talabalarninguylarida (yotoqxonalar) milliy harakatli
o’yinlarni tashkil qilishning o’ziga xos xususiyatlari va maqsadlari bo’ladi.
Ma’lumki viloyatlarning markazlarida akademik listeylar, kasb-xunar
kollejlari, Oliy o’quv muassasalarining o’quvchi yoshlar va talabalar uchun
34
zamonaviy tarzda qurilgan va maxsus yo’lida foydalanilayotgan yotoqxonalar
ko’p. Ularning yashashi, dam olish va jismoniy rivojlanishlarini yanada
takomillashtirish maqsadida barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa futbol
maydonlari, sport o’yinlari turlari bo’yicha farqlangan maydonlar, sport zallari,
tennis kortlari, suv havzalari yaxshilab jihozlangan. O’quvchi yoshlar va
talabalarning mustaqil ravishda va guruhlarga bo’linib o’ynashlari, ertalabki
gimnastika, bo’sh vaqtlarida erkin ravishda turli milliy harakatli o’yinlarni tashkil
qilish rasmiy ravishda amalga oshirilmoqda. Ya’ni yotoqxonalarida talabalar
kengashi tarkibida jismoniy madaniyat va sport ishlari uchun ma’sul - faollar
mavjud. Ular mustaqil ravishda tashkiliy ishlarni olib borishadi.
Talabalarning yashash sharoiti, ijtimoiy madaniy turmushi, tinch - osoyishta
dam olishi, xavfsizlikni saqlash maqsadida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati,
kasaba uyushmalari, “Talaba” sport klubi, nazorat va yordamlashish faoliyatlarini
muntazam ravishda olib borishadi.
Deyarlik har bir qavat (etaj), har bir uy (korpus) va yigit - qizlar uchun
alohida tashkilotchilar (fizorg) tayinlanadi. Ular talabalarni uyushtirish,
tayyorgarlik mashq - o’yinlarni o’tkazish, musobaqalarga qatnashish va ular bilan
bog’liq bo’lgan jarayonlarda ko’maklashadi.
2 Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida o’quvchilar o’rganib olgan ko’proq
harakatli o’yinlardan foydalanish mumkin. 1—2-sinf o’quvchilari uchun quyidagi
o’yinlarni kiritish mumkin: “O’ylab top, bu kimning ovozi?”, “Kim yaqinlashdi?”,
“Hamma o’z bayroqchasiga”, “Bo’sh o’rin”, “Sakrabodom chumchuqlar”,
“Polizdagi quyonlar”, “Taqiqlangan harakat” va boshqalar.3-4-sinf o’quvchilari
uchun: “Guruh, tiktur!”, “Xo’rozlar jangi”, “Qorovul va izlovchilar”, “Chiqib
ketish bilan qarmoqchi” o’yini.5-9-sinf o’quvchilari uchun: “Juft-juft bo’lib
tortishish”, “Doiraga tort”, “Taqiqlangan harakat” va hokazo.
Maktab kechalari va bayramlarda o’tkaziladigan o’yinlar
Maktabda o’tkaziladigan sport kechalari va bayramlari o’quvchilarda tetik
hamda quvnoq kayfiyat yaratish uchun eng ta’sirli tadbir bo’lib hisoblanadi.
Maktab sport kechalari va bayramlarida foydalaniladigan harakatli o’yinlar
bolalarni tezda tashkil qiladi, ular engil ruh va quvnoq kayfiyatni vujudga
keltiradi.Bayramda, odatda, juda ko’p bolalar bo’ladi, shuning uchun ommaviy
o’yinlardan foydalanish tavsiya qilinadi, musiqa jo’rligida bajarilsa yana ham
maqsadga muvofiq bo’ladi. Musiqa sadolari ostida o’tkaziladigan o’yinlar
qiziqarli, ularni tashkil qilish va o’tkazish engil bo’ladi.
Ommaviy o’yinlardan tashqari o’yin-attrakstionlarni ham, shu bilan birga
yaxshisi, asosiy tadbirlarni boshlashdan oldino’tkazish mumkin (konsert, spektakl).
O’yin-attrakstionlar bayramda maktab o’quvchilarini tashkil qilishga yordam
beradi. leqin ommaviy o’yinlar va raqslarni asosiy tadbirlardan keyin o’tkazish
tavsiya qilinadi. Ular bilan bir vaqtda sinf hakamlarida va koridorlarda o’yin-attrakstionlarni ham tashkil qilish mumkin, chunki ommaviy o’yinlar va raqsga
37
qiziqmaydigan bolalar, o’zlarini kuchli, epchillik, merganliklarini u yoki bu
attrakstionda sinab ko’rishlari mumkin.O’yin-attrakstionlari katta sinf o’quvchilari
uchun eng yaxshi «uch kurashchi» yoki “Besh kurashchi” musobaqasini tashkil
qilish mumkin. bunday maqsad uchun mazmunan har xil bo’lgan kuch yoqi
merganlikni, epchillikni, muvozanat saqlash yoqi fazoda mo’ljal olishni bilishni
namoyon qilishini talab qiladigan, 3 yoki 5 attrakstion tanlab olinadi: “Uch
kurashchi” yoki “Besh kurashchi” bo’lishni xohlaganlar barcha attrakstion
musobaqalarida qatnashishlari majbur g’oliblarni eng yaxshi 3 kurashchi yoki 5
kurashchi deb e’lon qiladilar va mukofotlaydilar.O’rta yoki yuqori sinf
o’quvchilari uchun bayramda yakkama-yakka olishuv o’yini (xohlagan ikki kishi
epchillik, merganlikda, kuch sinashadilar) musobaqalarini tashkil qilish mumkin.
Bunday musobaqalarni ommaviy o’yin va raqslar o’rtasidagi tanaffuslarda tashkil
qilishni tavsiya qilinadi.Bayramda harakatli o’yinlar o’tkaziladigan musobaqalarga
bag’ishlangan bo’lishi mumkin hozirgi vaqtda juda ham ommaviylashib ketgan
o’yinlar “Quvnoq startlar”, “Bizlar bilan bajar”, “Bizga o’xshab bajar”,
“Hammadan yaxshi bajar” va boshqalar.Musobaqalarda to’g’ridan-to’g’ri uncha
ko’p bo’lmagan o’yin qatnashchilarining sonini hisobga olgan holda hech qanday
tayyorgarlikni va trenirovka qilishni talab qilmaydigan ommaviy o’yin yoki o’yin
attrakstionlardan foydalanib harakatli o’yinlar bo’yicha ommaviy musobaqalar
tashkil qilish mumkin.
Maktab kechalari va bayramlari eng yaxshisi dastlabki tayyorkgarlikni
qo’rishni talab qiladigan o’yinlarni o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi, ularda
qatnashish uchun barcha bolalarning jalb qilinishi shart. O’yin qatnashchilarining
biri attrakstion uchun o’yinchoqlar tayyorlaydilar (qum solingan xaltacha, misli
rasmlar) boshqalari esa attrakstion o’yinining g’oliblarini mukofotlaydilar, 3-chilari esa o’yinni o’tkazishga tayyorgarlikko’radilar.
38
Ulug’ sanalar, an’anaviy bayramlar va turli milliy udumlarda harakatli
o’yinlardan foydalanish.
Mustaqillikning ulug’ sanalari. O’zbekistonning mustaqilligi tufayli ulug’
sanalarni belgilash va ularni tantanalar ravishda o’tkazishda tub burilishlar bo’ldi.
Sho’rolar zamonadagi 1 – may, 7 – nayabr, 5 – dekabr va h.k. sanalarda
o’tkaziladigan bayramlar to’xtatildi va yoshlar ongidan chiqib bormoqda.
Mamlakatimizda ulug’ sanalar g’oyat ko’p. Ular orasida Mustaqillik kuni
(31 avgust – 1 sentyabr) eng ulug’, ustuvor sanadir. Shuningdek buyuk sarkarda,
sohibqiron Amir Temur, sharq she’riyatining sultoni hazrati Alisher Navoiy, Ibn
Sino, Bobur, shuningdek Oybek, G’ofur G’ulom, Abdulla Qahhor, Xamid Olimjon
kabi mutaffakirlar, yaqin o’tmishimizning adiblari, san’at, madaniyat, davlatni
idora etish va boshqa ko’p jabhalarda o’z mehnatlari bilan nom qozongan
kishilarning tavalludlariga bag’ishlab katta tantanalar o’tkazilmoqda.
1991 yildan boshlab Mustaqillik kuniga bag’ishlab katta bayram tomoshani
zo’r tantana va quvonch bilan o’tkazib kelinmoqda. Uning dasturidagi
san’atkorlarning qo’shiq va raqslarga ko’proq o’rin egallaydi. Shunday bo’lsada
jismoniy madaniyat va sport, ayniqsa halq milliy o’yinlari chetda qolib ketgani
yo’q. Ular quyidagi ko’rinishda o’z ifodasini topmoqda.
1. Kurashchilar, bokschilar, badiiy gimnastikachi qizlari, chavandozlarning
namoyish – ko’rgazmali chiqishlari.
2. Raqqosalar va o’yinchi yigitlarning jozibali o’yinlarida ot choptirish, otdan
ag’darish, otda qilichlashish, elkada kurash, tortishish kabi milliy harakatli
o’yinlarning ramziy ijrolari.
3. Balet raqslarida yigit va qizlarning quvlashib o’ynashlari, suvda suzishlari,
kurash va boshqa turlarning ifodalanishi.
4. Bog’cha bolalari va maktab o’quvchilarining sahnaviy o’yin – raqslari va jam
bo’lib hamda yakka tartibdagi qo’shiqlarda “Alpomish”, “Barchinoy”, “To’maris”
Jaloliddin Manguberdi kabi afsonaviy va halq qahramonlari timsollarini namoyish
etish.
39
Ulug’ adiblar tavalludi munosabati bilan o’tkazilib kelinayotgan
yubileylarda kurash va boshqa sport turlari bo’yicha xalqaro turnirlar tashkil etilib,
uning boshlanishida turli harakatli o’yinlar (tosh/gir) ko’tarish, keksalarning
olishuvi, arqon tortish, elka urishtirish, ot o’yinlari va h.k.. namoyish etilmoqda.
San’at saroylari, muhtasham kechalarda o’tkazilayotgan tantanalarda sahna
yoki ochiq maydonlarda bolalarning kurash tushishi, san’atkorlar raqsida xalq
milliy o’yinlarining ramziy ma’nolari ijro etilishi ham diqqatga sazovordir.
Bunday tadbirlarda xalq milliy harakatli o’yinlarini ifoda etish - milliy
qadriyatlarimizga bo’lgan e’tiboridan darakdir.
Yurtimizda an’ananaviy bayramlar mustaqillik ko’hna qilgan adolat,
erkinlik, sog’lom turmush tarzini kechirish va boshqa juda ko’p madaniy jihatlarni
o’zida mujassamlashtirgan ulkan tadbirlarda namoyon bo’lmoqda. Ular Navro’z,
kasb - xunar kuni, hosil bayrami, katta to’ylar shaklida o’tkazib borilmoqda.
Navro’z - yangi kun, yangi yil, bahor bayrami timsolidir. Navro’zning asosiy
belgisi sumalakdir. Navro’z boshlanadigan kechasi sumalak pishirishda ayollar,
erkaklar, ayniqsa o’g’il va qiz bolalar yig’ilishib, noz - ne’matlarni yig’ishib,
birgalikda baham ko’rishadi. Ayollar qozon atrofida yallalar, laparlar aytib raqsga
tushishadi. Bolalar esa maydonlarda quvlashib turli harakatli o’yinlarni bajarishadi.
Bunda “Bekitmachoq”, “Durra soldi”, “Kim keldi”, “Ovozdan top” kabi milliy
o’yinlar qiziqarli ravishda o’tkaziladi.
Navro’z bayrami bir - ikki kun emas, hatto hafta va o’n kunlab o’tkaziladi.
Namoyishlar - ko’rgazmali chiqishlarda kurashchilar, tosh ko’taruvchilar, bilak
kuchini sinovchilar, arqon tortish o’yini va zamonaviy sport turlaridan (akrobatika,
boks, shtanga, sharqona yakka kurashchilar va h.k.) bahs - musobaqa tashkil
etiladi.
Otchoparlar va keng yaylov - qirlarda ko’pkari - uloq, poyga otdan ag’darish
kabi xalq milliy o’yinlari chiqadi. Tomoshabinlarga “Arqon tortish”, “Chillik” kabi
milliy harakatli o’yinlar namoyish qilinadi.
E’tiborli tomoni shundaki. Navro’z bayramiga barcha jamoalar ancha vaqt
ilgari tayyorgarlik ko’rishadi va bunda ko’pchilik kishi ishtirok etib, barcha
40
tadbirlar qatorida milliy harakatli o’yinlarni tanlash, ularni ijrochilarga o’rgatish va
ular bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarda mutaxassis xodimlar, jamoatchi faollar
jiddiy ravishda ish tutadilar.
Navro’z bayramining mazmunida hayotiy ehtiyojlarni o’yin shaklida
ifodalash ancha ustuvor turadi. Ya’ni er haydash, don etish, chorvalarni
ko’paytirish, boqish, o’t o’rish, hashak to’plash, mehnatdan keyin dam olish kabi
juda ko’p faoliyatlar o’yinlarning mazmunini tashkil etadi.
Masalaga nazariy jihatdan yondashilsa, har bir jismoniy tarbiya xodimi
Navro’z bilan bog’liq tayyorgarlik ishlarida ijodiy yondoshish bilan faol
qatnashishlari lozim. Shu asosda o’quvchi yoshlar va talabalar Navro’z
bayramidagi tadbirlardan andaza olishdari, ularni amaliy jihatdan bajarish
yo’llarini kunt bilan o’rganishlari lozim bo’ladi.
Navro’zning davomi va ajralmas bo’lagi hosil bayrami deyish mumkin.
Chunki bahorda ekilganlarning hosilini yig’ib olish, ularni nobud qilmay saqlash
va xoridorlarga etkazib berish bilan yakunlanadi. Ba’zi donli ekinlarning hosili
yozda yig’ib olinsada, odatda kuzgi “Paxta bayrami” bilan qo’shib nishonlangan.
Chunki kuzda dehqonlar, fermerlar, xo’jalikdagi rahbarlar va qishloq aholisi
kuzning oxirida tinib - tinchiydi, to’ylar, bayramlarga tayyorgarlik va ularni
o’tkazisha imkoniyat bo’ladi.
Hosil bayramining dasturida asosan san’atkorlarning bayram konsterti,
kurashchilar, chavandozlarning o’yinlari va zamonaviy sport turlari bo’yicha
ko’rgazmali chiqishlar joy oladi. Shunday bo’lsada oramizda milliy harakatli
o’yinlarga ham alohida o’rin beriladi. Bunda keksayu - yoshlar “Quloq cho’zma”,
“Piyoda poyga”, “Chillik”, “Poda to’p”, “Eshak mindi”, ot - eshaklarda poyga,
ag’darish, tortishish, kuch sinash bilan bog’liq bo’lgan turli xil milliy harakatli
o’yinlar tashkil etiladi.
Bunday ulkan va murakkab an’anaviy bayramlarni tashkil qilish yo’llarini
talabalar puxta o’rganishlari va amalda qo’llashi faol ishtirok etishlari maqsadga
muvofiqdir.
41
An’anaviy bayram tusini olayotgan xilma - xil ommaviy madaniy va sport
tadbirlari ham ko’paymoqda. Ellarning tarkibida e’tiborga molik bo’lgan turlardan
biri xalq milliy o’yinlarigabag’ishlangan respublika festivallaridir. Ular asosan
“Alpomish o’yinlari”, “To’maris o’yinlari” kabilar tashkil etilib kelindi.
Bu milliy o’yinlar negizida qadriyatlar, g’urur va iftixor mazmunlari
mujassamlashganligi tufayli davlat arboblari, ma’naviy - madaniy sohalarning
fozillari, etakchi olimlari katta e’tibor berishdi.
1991 yil 25 aprelda ilk bor xalq milliy o’yinlari Respublika musobaqasi
Jizzax viloyatining Forish tumanida tashkil etilib, u to 1996 yilgacha shu erda va
shu tarzda o’tkazildi. Respublika hukumatining maxsus qarori asosida 1998 yil
Termizda uni “Alpomish o’yinlari Respublika festivali” nomi bilan atalib, u har
ikki yilda bir marotaba o’tkazilmoqda.
Xotin - qizlar sportga bog’ishlab “To’maris o’yinlari Respublika festivali”
1999 yil Jizaxda tashkil etilib, u ham har ikki yilda bir marotaba o’tkazilib kelindi.
Mazkur festivallarni xalq xursandchilik bilan kutib oldi va yuksak baholar berdi.
Chunki ularning mazmuni asosan xalq milliy o’yinlari, harakatli o’yinlar saralanib,
tanlab olinib namoyish etildi. Bunda atoqli olimlar U.Qoraboev va
T.Usmonxo’jaevlarning katta tashabbuskorligi sabab bo’ldi.
Xalqimiz orasida qadimdan davom etib kelayotgan milliy urf - odatlar va
udumlar ham g’oyat ko’p. Ularni tashkil qilish va o’tkazishda yurtimizning o’zligi,
milliy g’ururi, iftixori va eng muhimi ma’naviyat - ma’rifat madaniyati mazmunga
boy. Ularning eng muhimlari to’ylar (o’g’il farzand tug’ilishi, beshik, payg’ambar
yoshi, yubiley va h.k.), hayit, qadrlash, xotirlash va h.k. marosimlardir. Ayniqsa
yigitlar va katta yoshdagi kishilar, ayollarning har xil yig’inlari (gapi, gashtagi),
qizlar yig’ini, maktabni bitiruvchilar kechasi va shu kabi xar xil odatlar ham
ma’naviy kuch - quvvat va jismoniy kamolot sababchisi bo’la oladi. Chunki ular
turli xil harakatli o’yinlarni ham tashkil etadilar.
Xudoyi, iftorlik va qazo qilgan kunlarni eslash marosimlarda mullalar,
zamonaviy ishbilarmonlar, madaniyat arboblari va qatnashchilar o’tgan - ketgan
ajdod va avlodlarni xotirlash yo’li bilan oila a’zolari, qarindosh - urug’lariga sabr –
42
toqatli bo’lishga undaydi. O’zlarning salomatligini saqlash, farzandlarni yaxshi
tarbiyalash, ularni jismonan chiniqtirishga tilaklar bildirishadi. Ya’ni milliy
qadriyatlarimizni e’zozlash, ma’naviy - ma’rifiy va jismoniy jihatdan barkamol
bo’lish yo’llarini keng ochib beradi. Ta’biiyki, bu ma’noda jismoniy tarbiya va
sport bilan shug’ullanish, ayniqsa milliy harakatli o’yinlar bilan mashg’ul bo’lish
ko’zda tutiladi.
Xulosa shundan iboratki, ulug’ sanalar, an’anaviy bayramlar, turli xil urf -odatlar, udumlarning negizida insonlarni ulug’lash, Vatan sharafi uchun, el - yurt
tinchligi deb mehnat qilish, o’qish va yashash g’oyalari mazmun topadi.
O’tkaziladigan ommaviy - madaniy sport tadbirlari mazmunida halollik,
vijdonlilik, kuch - g’ayrat to’plash, iqtidorli yoshlarni va istedodli mutaxassislar
hamda sportchilarni kashf etish maqsadlari yuksak darajada bo’ladi. Ularning
tarkibida xalq milliy o’yinlarining tarkib topishi eng muhim ahamiyatga molikdir.
3 O’qituvchi har bir darsda bola har tomonlama tasir etib, turli mashq va harakatli
o’yinlarni tanlashi, shuningdek, o’yinlarni o’tkazish metodikasini o’zgartirib
turishi zarur.Darsda shuningdek turli o’yinlarni o’tkazish jarayonida o’rganinilgan
materialning metodik jihatdan izchil bo’lishiga e’tibor berilishi lozim. Bu,
birinchidan, darsning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini to’g’ri hal qilish, ikkinchidan,
dars materiallarining to’la o’tilishiga erishish, uchinchidan, butun dars davomida
har bir mashqni muayyan me’yorda to’g’ri olib borish imkonini beradi.Agar dars
boshida yoki o’rtalarida zo’r e’tibor berishni va moslashtirilgan murakkab
harakatlar qilishni ta’lab etadigan o’yin va mashqlar o’tkazilgan bo’lsa, dars
43
oxirida o’quvchilarning charchagan organzmini birmuncha tinch holatga
keltirishga yordam beradigan o’yin va mashqlarni o’tkazish kerak. Masalan, dars
boshida bolalar diqqatni to’plash uchun “O’ylab top” yoqi “Tezda hamma joy-joyiga” “Man qilingan harakat” singari o’yinlar o’ynalgan bo’lsa, darsning asosiy
qismida yanada harakatchanroq o’yinlarni- “Quvnoq bolalar”, “Qoch bola,qalxat
keldi” kabi o’yinlarni o’tkazish tavsiya etiladi.O’rta yoshdagi o’quvchilar bilan
darsning asosiy qismida “Cho’pon,qo’y va bo’ri”, “Oq tosh”, “Oq ayiqlar” va
boshqa o’yinlarni o’tkazish tavsiya qilinadi. Darsning yakunlovchi qismida kam
harakatli “Pat”, “Pr-r-r...” (qush uchishini eslatadigan tovush) va boshqa shular
kabi o’yinlarni o’tkazish lozim.Agar butun dars davomida faqat o’yin
materiallaridan iborat bo’lsa serharakatli o’yinlarni kam harakatli o’yinlar bilan,
aksincha bir xil xarakterdagi o’yinni ikkinchi xil xarakterdagi o’yin bilan
navbatma-navbat almashtirib o’tkazish kerak.Agar o’qituvchi sport turlaridan biri
texnikasining ayrim elementlarini o’yin yordamida bolalarga o’rgatish yuzasidan
o’z oldiga muayyan maqsad va vazifalar qo’yiladigan bo’lsa,u o’yin materialining
mazmuni va yo’nalishini puxta o’ylab chiqishi zarur.
Masalan: “To’pni onaboshiga berma” yoqi “To’p ilish” o’yinlari yordamida
bolalarga to’p uzatish va ilib olishni o’rgatish belgilangan bo’lsa, bu vazifani faqat
shu o’yinlarni o’ynash usuli bilangina hal etib bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |