5 O‘rta va katta yoshdagi bolalarga mos harakatli o‘yinlarni tanlash.
11-14 yoshdagi o‘quvchilar uchun darsga kiritiladigan harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari o‘rnini bosa boshlaydi.
O‘qituvchi harakatli o‘yinlarni o‘tkazganda V-V1I sinf o‘quvchilari organizmning ular yoshiga mos ravishda rivojlanishi kerakligini unutmaslik kerak.SHuning uchun darsda o‘yinlar tashkil qilish, o‘tkazish va mashg‘ulotlar vaqtida o‘yin materiallarini bolalarga asta-sekin to‘liq berish zarur. O‘yin paytida bolalarning juda keskin harakat qilmasligiga qarab turish xar bir bolaning o‘ziga yarasha munosabatda bo‘lishi muhum ahamiyatga ega.