2.Texnikaviy sabablar o’z ichiga quyidagilarni kiritadi: konstruktorlik, texnologik va qoniqarsiz texnik xizmat.
a) konstruktorlik sabablari: qurilish konstruktsiyalari, texnologik jihozlar, transport va energiya qurilmalarining xavfsizlik talablariga javob bermasligi; montaj moslamalari, qo’laki va ko’chma mexanizatsiyalashgan asboblarining konstruktsiyalaridagi kamchiliklar; to’suvchi, saqlovchi va boshqa xavfsizlikka oid texnikaviy vositalarining yo’qligi yoki mukammal emasligi.
b) texnologik sabablar: jihozlarni, yuk ko’taruvchi vositalarining moslamalari va mexanizmlarni noto’g’ri tanlanganligi, texnologik jarayonning buzilishi.
v) qoniqarsiz texnik xizmat: jihozlar, moslamalar va transport vositalariga rejaviy oldini olish ko’riklarining, texnik xizmat va ta’mirlash ishlarining yo’qligi; qo’laki va mexanizatsiyalashgan ko’chma asboblarning nosozligi.
3.Ishlab chiqarish muhitining sabablari: mikroiqlim sharoitini noqulayligi; yoritilishning qoniqarsizligi; titrash va shovqinning me’yoridan oshishi; ish mintaqasi havosidagi zararli moddalar kontsentratsiyasining oshib ketishi; zararli nurlarning mavjudligi.
4.Ruhiy fiziologik sabablar: inson organizmi anotomik va ruhiy xususiyatlarining ish sharoitiga mos kelmasligi; xavfli mintaqalarda to’siqlar va shaxsiy himoya vositalarining yo’qligi; jamoada ruhiy munosabatlarning nosozligi, alkogol iste’mol qilish va h.k.
q)Yoritilganlikni o’lchash va nazorat qilish uchun lyuksometr asbobidan foydalaniladi, uning ishlash printsipi fotoelektr effektiga asoslangan. Fotoelementga yorug’lik tegishi bilan galvanometr ulangan elektr zanjirida foto tok hosil bo’ladi, bu esa o’z vaqtida milliampemetrning strelkasini uning shkalalarga bo’lingan qiymatlariga mos ravishda og’diradi. Lyuksometrlarda selenli fotoelementdan foydalanish tavsiya etiladi, chunki uning spektr sezgirligi ko’zning spektr sezgirligiga mos keladi.
10 -rasmda amaliyotda keng qo’llanilayotgan Yu-16 lyuksometri ko’rsatilgan
Sanoat korxonalarida (shu jumladan qurilish industriyasi korxonalarida ham) tabiiy yoritilganlikni hisoblashda va me’yorlashtirishda tabiiy yoritilganlik koeffitsienti (TYoK) qabul qilingan, bu kattalik bir paytning o’zida xona ichidagi o’lchangan yoritilganlik (Yen) ni tashqaridagi (Yet) yoritilganlikka nisbati bilan ifodalanadi:
TYoK = Yen / Yet · 100% .
TYoK ning miqdori xonalarda tabiiy yoritilganlikni baholash va me’yorlashga asos bo’ladi, uni aniqlash QMQ va sanitar me’yorlari asosida olib boriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |