1.“Avesto” kitobi – Vatanimiz tarixini o’rganishda muhim manba. “Avesto”


Mustaqillik yillarida O’zbekistonda huquqiy – demokratik davlat asoslarining shakllanishi



Download 0,7 Mb.
bet83/267
Sana21.06.2022
Hajmi0,7 Mb.
#687549
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   267
Bog'liq
4587 - копия

95.Mustaqillik yillarida O’zbekistonda huquqiy – demokratik davlat asoslarining shakllanishi.
Milliy davlatchilik poydevorini barpo etish jarayonida, avvalo, uning huquqiy asoslarining mustahkamlanishi mamlakatning taraqqiyot yo‘li, xalqning taqdiri va kelajagini belgilab beradi. Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida yaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tub mohiyatida ana shunday maqsad mujassam va u amalda o‘zining yuksak samaralarini berayotganini bugun hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi.
Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining shu yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” deb nomlangan ma’ruzasida bu alohida e’tirof etildi. Erishayotgan muvaffaqiyatlarimizda 1992 yil dekabr oyida qabul qilingan, mamlakatimizning demokratik taraqqiyotini ta’minlash va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy prinsiplarini belgilab bergan Konstitutsiyamizning qoida va normalariga tayanish alohida ahamiyat kasb etgani ta’kidlandi.
Aytish kerakki, o‘tgan yillar davomida tub mohiyati, falsafasi, g‘oyasiga ko‘ra ilg‘or milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan Konstitutsiyamiz mamlakatimizni izchil rivojlantirishning, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, yurtimizda demokratiya va umuminsoniy prinsiplarni amalga oshirishning mustahkam qonuniy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.Yurtimizda ana shunday qonuniy asosga tayanilgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinayotgan islohotlar va bu jarayonda inson manfaatlari ustuvorligiga qaratilayotgan alohida e’tibor muvaffaqiyatlar omili bo‘layotir. Bu keyingi yillarda ko‘plab davlatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida yanada yaqqolroq namoyon bo‘ldi. Ana shunday murakkab sharoitda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’atlarini izchil yuksaltirayotgan, aholi daromadlarini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida yuqori natijalarga erishayotgan jahondagi sanoqli davlatlardan biridir. Shu ma’noda davlatimiz rahbarining Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Asosiy qonundir, degan fikri naqadar to‘g‘ri ekanligiga bugun yana bir bor amin bo‘lmoqdamiz.Bosh qomusimizda mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari aniq belgilab berilgan. Davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi eng muhim tamoyil sifatida qayd etilgan.
Eng asosiysi, Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillar ijtimoiy hayotimizda to‘liq o‘z aksini topib, bugungi kunda davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari o‘z funksiyalarini samarali ado etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan yangi konsepsiya asosida Asosiy qonunimizning yanada takomillashuvi mamlakatimizda demokratik tamoyillarning chuqurlashishiga, yurtimizning yangi taraqqiyot marralarini zabt etishiga keng yo‘l ochadi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir.Bu borada o‘tgan davr mobaynida sud hokimiyati jamiyatda qonun ustuvorligi va inson huquqlari himoyasini ta’minlovchi yaxlit tizim sifatida to‘liq shakllanganini ta’kidlash joiz. Bu Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda huquqiy davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan sud-huquq tizimi qurilishining mutlaqo yangi konsepsiyasi amalda joriy etilganining samarasidir.
2007 yil 11 iyulda “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi natijasida inson huquq va erkinliklarining daxlsizligi hamda uni sudning qarorisiz hech kimning cheklashga haqli emasligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy va xalqaro huquqiy me’yor qonuniy jihatdan yanada mustahkamlandi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga o‘tkazilishi, ya’ni “Xabeas korpus” institutining joriy etilishi o‘z vaqtida va puxta o‘ylab qabul qilingani bugungi kunda ko‘pgina amaliy misollarda o‘z isbotini topmoqda. Mazkur institutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning daxlsizligini himoya qilishda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu institut joriy etilgan 2008 yilning yanvaridan buyon sudlar tomonidan dastlabki tergov organlariga 700 martadan ortiq holatda mazkur ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilingani ham buni yaqqol tasdiqlab turibdi.
Bu, o‘z navbatida, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda sud hokimiyatining nufuzi va rolini yanada oshirdi. Darhaqiqat, sud asosli dalillarga tayangan holda adolatni ro‘yobga chiqaruvchi, bir so‘z bilan aytganda, odil sudlovni amalga oshiruvchi organdir. Keyingi paytda uning ayni shu maqsadga qaratilgan qonuniy asoslari tobora takomillashayotgani, boshqacha aytganda, uning o‘ziga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod etilayotgani e’tiborga molikdir.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish