1998 yili Muhammad Yusufga "Oʻzbekiston xalq shoiri" degan yuksak unvon berildi



Download 22 Kb.
Sana05.04.2022
Hajmi22 Kb.
#530840
Bog'liq
akademik yozuv sher tahlili

Muhammad Yusuf xalqimiz sevgan shoirlardan edi. U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida dunyoga keldi.

Oʻrta maktabdan soʻng Rus tili va adabiyoti institutiga kirib, uni 1978 yili tamomladi. 1978-1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida, 1986-1992 yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida ishladi.

Umrining soʻnggi yillarida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifasini bajardi.

U oʻnga yaqin sheʼriy toʻplamlar, koʻplab qoʻshiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki sheʼrlari “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida 1976 yili eʼlon qilindi. Soʻngra “Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989), “Halima enam allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Koʻnglimda bir yor” (1991), “Bevafo koʻp ekan” (1991), “Erka kiyik” (1992), “Yolgʻonchi yor” (1994) kabi sheʼriy toʻplamlari, saylanmalari nashr etildi.

1989 yilda esa “Uyqudagi qiz” nomli sheʼriy toʻplami uchun unga respublika Yoshlar tashkilotining mukofoti berildi.

U rostgoʻy shoir, halol va pokiza qalb egasi edi. Shoir muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qoʻshiq toʻqiydimi yoki tariximiz sahifalarini qalamga oladimi, ularda hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Satlardagi ravonlik, soddalik va xalqonalik sabab shoir sheʼrlari tezda yodda qoladi.

1998 yili Muhammad Yusufga “Oʻzbekiston xalq shoiri” degan yuksak unvon berildi.

Shoir 2001 yilning 1 avgust kuni 47 yoshida olamdan oʻtdi.

VATANIM

Men dunyoni nima qildim,
Ozing yorug jahonim.
Ozim xoqon,
Ozim sulton
Sen taxti Sulaymonim.
Yolgizim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
Ozing mening uluglardan
Ulugimsan, Vatanim... 

Shodon kunim gul otgan sen,


Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdard-u hamxonam deymi,
Oftobdan ham ozing mehri
Iligimsan, Vatanim.

Sen Mashrabsan,


Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan.
Navoiysan, shoh yonida
Faqirni duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Koringan da’vo qilgan,
Ming bir yo‘i ochilmagan
Qorigimsan, Vatanim.

Sen Xojandsan,


Chingizlarga Darbozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan.
Muqannasan qorachigi
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni korgan chopon:
Choligimsan, Vatanim.

Kim Qashqarni qildi makon,


Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin — Kurdistonda,
Boburing — Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolik deb,
Yotarlar zimistonda.
Tarqab ketgan toqson olti
Urugimsan, Vatanim...

Oglim, desang osmonlarga


Girot bo‘lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo‘lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulugbeking quchgayman,
Gichir-gichir tishimdagi
Soligimsan, Vatanim...

Otgan kuning — otgan kundir,


Oz boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qolin boglab,
Dilin doglab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudugimsan, Vatanim...

Sen — shoxlari osmonlarga


Tegib turgan chinorim,
Ota desam, Oglim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qoynimdagi iftixorim,
Boynimdagi tumorim,
Ozing mening uluglardan
Ulugimsan, Vatanim! 

She’rdagi «Bu qanday yuz qarolik deb, Yotarlar zimistonda» misralari ayni shu holatning ham achchiq ifodasi sifatida tushunilishi mumkin...



Shoir nihoyat mustaqilligini, ozodligini qolga kiritgan Vatanni qutlar ekan, haqli ravishda xalq nomidan «Ozim xoqon, O`zim sulton, Sen taxti Sulaymonim», deya faxr etadi.
Download 22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish