1995-yil Boshgidromet rahbariga bm t ning iqlim o ‘zgarishi bo‘yicha xalqaro konvensiyasi kotibiyatidagi



Download 24,84 Kb.
Sana22.11.2022
Hajmi24,84 Kb.
#870492
Bog'liq
Quronboyev Quronboy


0 ‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi vazirliklar, muassasalar va tashkilotlarning atrof - muhitni himoya qilishga doir faoliyatini nazorat qilish ham da muvofiqlashtirish vakolatiga ega maxsus organdir. U Oliy majlis (Respublika parlam entijga bo‘ysunadi va unga hisob beradi. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi — bu mamlakatda atrof-muhitni himoya qilishning bosh ijrochi tashkilotidir. Qo‘mita atrof-muhit sohasida siyosat yuritib, tabiiy zahiralardan foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlaydi, sog'lom tabiiy muhitni tiklashga qaratilgan dastur va loyihalarni tadbiq etishda yetakchilik qiladi, hamda bu yo‘nalishdagi faoliyatiarini muvofiqlashtiradi, qo‘riqlanadigan hududlarni boshqaradi va ularningtoda qo‘riqlanishini ta'minlaydi, BMT ning biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha konvensiyasining ijrochi agentligi hisoblanadi.
Gidrometeorologiya bo‘yicha bosh boshqarma (Boshgidromet) BMT ning iqlim o‘zgarishi va sahrolanishga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiyalarning 0‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi hududidagi ijrochi agentligi hisoblanadi.
1992-yil 0‘zbekiston hukumati Boshgidrometni kutilayotgan gidrometeorologik vaziyat, iqlim o‘zgarishi atrof-muhitni ifloslanishi va shu kabi boshqa ma'lumotlarni markazlashgan holda yig‘ish, ham da bu axborotni hukumat idoralari va boshqa tashkilotlarga taqdim etish uchun masTil etib tayinlandi. Boshgidromet gidrometeorologiya, iqlim va iqlim o‘zgarishi, atmosferaning yuqori qatlami va ozon qatlamini ifloslanishini nazorat qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarda qatnashib kelmoqda.
1995-yil Boshgidromet rahbariga BM T ning iqlim o ‘zgarishi bo‘yicha xalqaro konvensiyasi kotibiyatidagi
0‘zbekiston milliy vakili m aqomi berilgan. B M T T D / G E F ning « 0 ‘zbekiston — iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mamlakatdagi vaziyatni o ‘rganish» loyihasini bajarish davomida Boshgidromet va boshqa tashkilotlar mutaxassislaridan iborat maxsus guruh tuzilgan.
Bu guruh issiqxona ta'sirini yuzaga keltirayotgan gazlar miqdorini aniqlash, iqlim sharoitini va iqlim o‘zgarishi omillarini o‘rganishi, shuningdek, zaharli gazlar chiqarilishini kam aytirish chra-tadbirlari, hamda buning iqtisodiy energetik jihatlarini tahlil qilish uchun tuzilgan edi. Mazkur guruhni sa’y harakati tufayli mamlakat energetika, neft-gaz va kimyo sanoatida issiqxona ta’sirini yuzaga keltirayotgan gazlar chiqishini kamaytirishningtexnologik jihatdan hamda texnologiya bozori va unga sarmoya kiritish bilan bog‘liq vaziyatni aniqlashga imkon beradi. Shuningdek, guruxdagi mutaxassislar tomonidan mamlakat iqtisodiyotining eng muhim sohalariga zaharli gazlar chiqarilishini kamaytirishga qaratilgan texnologik loyihalar tanlovi va ularning iqtisodiy tahlili amalga oshirildi.
Qishloq vasuv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 0‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi (sobiq Davlat o‘rmon xo‘jaligi) mamlakat o‘rmon xo‘jaligi uchun mas’ul tashkilotdir. Boshqarma o‘rmonlar va o‘rmon zahiralarini, shuningdek, o‘rmonlarga tutash qo‘riqxonalar va milliy bog‘larni saqlash, o‘rmonlarda ovchilikni boshqarish va nazorat qilish, xorijiy sayyohlar uchun ovchilik va ekosayyohliktizimini yaratish yo‘lida qo‘shma korxonalar tuzish ham da o‘rmonchilik siyosati va qonunchiligini yuritish vazifalarini bajaradi. 0‘zbekistonda 0‘rmon xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti ham mavjud. 0‘z tarkibida Zoologiya hstituti va «Botanika» ilmiy ishiab chiqarish markaziga ega bo‘lgan 0‘zbekiston fanlar akademiyasi mamlakatdagi akademik institutlar ustidan rahbarlik qiladi. Davlat universitetlari talabalari o‘zyo'nalishlariga qarab akademik institutlar yoki universitetlar kafedralari doirasida amalga oshiriigan ekspedisiyalarga qatnashib, amaliyot o'taydilar. Mazkur o'quv yurtlarining barchasida ta’lim berish darajasi juda yuqori. Biroq, olimlaming yuqori darajadagi bilimi va tajribasiga qaramay, ayni paytda akademik va ilmiy-tadqiqot institutlari birqadar tanazzulga yuz tutdi va o‘z salohiyatini yo'qotmoqda.
0 ‘zbekistonda atrof-muhit muhofazasi bilan shug‘ullanadigan yana birqator nodavlat tashkilotlari va professional tashkilotlar mavjud. Nodavlat va davlat tashkilotlari ohtasidagi hamkorlik hali samarali darajada emas. Atrofmuhitni himoya qilish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan nodavlat tashkilotlari sifatida quyidagilarni sanash mumkin: Xalqaro Ekosan jam g‘armasi, Ekosan yoshlar uyushmasi, «Toza Farg‘ona uchun» uyushmasi, «Lotos», Hayot, Rabat-malik, Bioston, Orol dengizi va Amudaryoni himoya qilish ittifoqi, Xorazm ekologiyasi, Zarafshon ekomarkazi va yana boshqalar. Professional tashkilotlarga 0‘zbekiston zoologlar uyushmasi, Jo‘g‘rofiya uyushmasi va Botanika jamiyati kiradi.
0‘tmishda 0‘zbekistondagi tabiiy zahiralardan foydalanish va atrof-m uhit muhofazasining huquqiy asoslari o‘sha davrdagi siyosiv talabiardan kelib chiqib yaratilgan edi. Bu siyosatda tabiiy zahiralardan tejamkorlik bilan foydalanish va tabiatni kelajak avlodlar uchun ham asrash masalalariga kam e’tiborberilgan edi.
0’zbekiston 1991-yil mustaqillikka erishganidan buyon o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan ekologik muammolarni hal etishda sezilarli yutuqlarga erishdi. Buning isbotini eng oliy darajada — 1992-yil qabul qilingan Respublika konstitusiyasida ham ko‘rish mumkin. U nda atrof-muhit va tabiiy zahiralar muammolari uch marta tilga olinadi:
50-modda. Barcha fuqarolar atrof-m uhitni himoya qilishga majburdir.
54- modda. Har qanday mulkdan foydalanish atrofmuhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi yoki fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqi va qonuniy manfaatlariga dahl etmasligi shart.
55- modda. Yer, uning ne’matlari, fauna va florasi, shuningdek boshqa tabiiy boyliklar, milliy boylik hisoblanadi va ulardan oqilona foydalanish lozim, hamda ular davlat tomonidan himoya qilinadi.
Bugungi kunda 0 ‘zbekistonning atrof-muhitni asrashga yo‘naltirilgan huquqiy hujjatlari 80 ga yaqin qonun va farmonlarni o‘z ichiga oladi. Ularda tabiiy zahiralardan foydalanish va xo‘jalik faoliyatining atrof-muhitga ta’sirini nazorat qilish mezonlari belgilangan.
0‘zbekiston hukumati barqaror rivojlanish bo‘yicha milliy strategiya va Atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha milliy harakat rejasini ishlab chiqdi. Bulardan tashqari 0‘zbekistonda xalqaro konvensiyalar doirasida Sahrolanishga qarshi kurash bo‘yicha milliy harakat rejasi, BMT ning iqlim o ‘zgarishi konvensiyasi bo‘yicha birinchi milliy hisoboti, Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha. milliy strategiya va harakat rejasi ishlab chiqildi.1999- yilning 20-oktabrida 0 ‘zbekiston Vazirlar Malikamasi 469 sonli « 0 ‘zbekiston Respublikasining 1999-2005-yillarga moMjallangan atrof-muhit bo‘yicha dasturi haqidagi» qarorni qabul qildi. Unda o‘sha paytdagi mavjud vaziyat va shuningdek BMTTD ning 0‘zbekiston bilan hamkorlik dasturidan kelib chiqadigan ustuvor harakat yo‘nalishlari belgilangan. 2000- yilning 9-oktabrida 0 ‘zbekiston Rcspublikasi Vazirlar M ahkam asi « 0 ‘zbekiston Respublikasining 1999 - 2005-yillarga m o‘ljallangan atrof-muhit bo'yicha dasturini amalga tadbiq qilish masalalari haqidagi» 389- sonli qarorini qabul qildi.
0‘zbekistonda atrof-muhitni asrash va himoya qilish ishlarini tartibga soluvchi asosiyhujjat bu 1992-yil qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to ‘g‘risidagi» qonun hisoblanadi. Umuman, 0 ‘zbekiston atrof-muhit bo‘yicha quyidagi qonunlarni qabul qilgan:
— Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun, (1992)
— Maxsus qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar to ‘g‘risdagi qonun, (1993)
— Suv va suvdan foydalanish haqidagi qonun, (1993)
— Yer osti boyliklari haqidagi qonun, (1994)
— Atmosfera havosini muhofaza qilish haqidagi
qonun, (1997)
— 0 ‘simliklar dunyosini himoya qilish va ulardan foydalanish haqidagi qonun, (1997)
— Hayvonot dunyosini himoya qilish va ulardan foydalanish haqidagi qonun, (1997)
— Yer kodeksi, (1998)
Download 24,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish