31. Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi:
1) baland, Samarqand, poyezd; dо‘st, artist, g‘isht kabi sо‘zlarda d, t tovushi ba'zan aytilmasa ham, yoziladi;
2) metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi о‘zlashma sо‘zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday sо‘zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qо‘shilsa, sо‘z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall+lar=metallar, kilogramm+mi=kilogrammi kabi.
32. ’ – tutuq belgisi:
1) a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim, ra’y, ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat, she’r, fe’l; Nu’mon, shu’la kabi о‘zlashma sо‘zlarda unlidan keyin shu unli tovushning chо‘ziqroq aytilishini ifodalash uchun qо‘yiladi; mо‘jiza, mо‘tadil, mо‘tabar kabi sо‘zlarda о‘ unlisi chо‘ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qо‘yilmaydi;
2) in’om, san’at, qat’iy, mas’ul kabi о‘zlashma sо‘zlarda unlidan oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qо‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |