O'zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta'sir etuvchi qudratli tuzilmaga aylanish uchun rivojlanishning uzoq evolyutsion, ya'ni tadrijiy yo'lini bosib o'tishiga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf etishiga to'g'ri keldi.
1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining o'zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamonaviy ish uslublarini o'zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo'la bordi. 1991-1992 yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo'lib xizmat qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimi hamda to'lov tizimini shakllantirish vazifalari qo'yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi.
1993–1994 yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi. 1994 yilning 1 iyulidan e'tiboran milliy valyuta — so'mning muomalaga kiritilgani mustaqil bank tizimining, umuman, O'zbekiston iqtisodiyotining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Markaziy bank o'z faoliyatida to'liq mustaqil bo'lganini, kelgusida bozor instrumentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali tashkil etilishiga yordam berishi mumkin ekanini anglatar edi. Aynan shu vaqtdan boshlab Markaziy bankning pul-kredit siyosatini yuritish, valyutaga oid ishlarni tartibga solish, bank faoliyatini boshqarish va keyinchalik samarali to'lov tizimini yaratish bo'yicha faoliyati to'laqonli ravishda milliy valyutaning barqarorligini ta'minlashga qaratildi.
1995 yil bank qonunchiligini takomillashtirish davri bo'lgani bilan ajralib turadi. Tarixiy muhim hujjat — “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonun nafaqat bank tizimining huquqiy asosini boyitdi, balki O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi, alohida maqomi va vakolatlarini, asosiy maqsad-vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi. Shu bilan bir qatorda mazkur yilda aholiga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, shuningdek, kredit va depozit bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Banklarning kapital hajmiga jalb etiladigan aholi jamg'armalari miqdorini cheklovchi qoida bekor qilingach, bank muassasalarining imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi va raqobat kuchaydi. Buning samarasi darhol namoyon bo'ldi. Agar 1994 yil boshida aholi jamg'armalarining 98,5 foizi Jamg'arma banki (hozirgi Xalq banki), 1,5 foizi esa boshqa banklar hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, o'sha yil oxirida boshqa tijorat banklarining hissasi ham ko'payib, bu boradagi ko'rsatkich 12,8 foizga etdi. Bugungi kunga kelib, bu boradagi ko'rsatkich 83,2 foizni tashkil etmoqda.
1996 yil. Ushbu yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi — tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosini konkretlashtirdi.
Bank tizimiga taalluqli ikki asosiy hujjat — “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlarining ishlab chiqilishida rivojlangan moliya tizimiga ega mamlakatlar tajribasi inobatga olinganini alohida ta'kidlash joiz. Mazkur qonunlar, shuningdek, “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonun nodavlat banklarning xususiy va aktsiyadorlik-tijorat shaklida tashkil etilishiga qulay huquqiy sharoit yaratdi. Bu davrda bank tizimi rivojiga alohida ta'sir etgan ikki omilni ajratib ko'rsatish mumkin. Birinchisi, olib borilgan islohotlar natijasida 1996 yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar boshqaruv va bank nazoratining to'la huquqli organi bo'ldi. Ikkinchisi, O'zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi – tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosini aniq-puxta belgilab berdi. Unda bank aktivlarini diversifikatsiyalash va xorijiy kapital jalb qilish asosida universal tijorat banklarini shakllantirish printsiplari mustahkamlangan.
Bu davrda iqtisodiyotning alohida tarmoqlariga xizmat ko'rsatuvchi kredit-moliya tashkilotlari tashkil etildi. Bunday ixtisoslashuv qishloq xo'jaligi, avtomobil sanoati, aviasozlik kabi xalq xo'jaligining muayyan soha va tarmoqlarini moliyalashtirish zarurati bilan bog'liq edi. Kelgusida ixtisoslashgan banklar o'z operatsiyalari va mijozlari doirasini mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining yangi darajasi va biznes-muhit talablariga ko'ra kengaytira boradi.
Mazkur davrda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank sektorini boshqaruvchi va nazorat qiluvchi organ sifatida shakllanish jarayonlari davom etdi. Bank tizimiga taalluqli qonunchilik bazasi sifat jihatidan yangilanib, xalqaro bank amaliyoti bilan muvofiqlashtirildi.
1997 yil. Ushbu yilda islohotlarning strategik yo'nalishlaridan biri bank sektorida xususiy kapital oqimini rag'batlantirishdan iborat bo'ldi.
Mazkur jarayon 1997 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni e'lon qilinganidan so'ng jadallashdi. Unda jismoniy shaxslarning 50 foizdan kam bo'lmagan ulushi bilan banklar ochish uchun imtiyozlar taqdim etish ko'zda tutilgan edi. 1997 yil bank tizimining rivojlanish tarixida bank faoliyatida axborot tizimlarini joriy etish boshlangani bilan ahamiyatlidir. Ma'lumki, o'sha vaqtgacha respublika hududida amaldagi barcha hisob-kitoblar kun bo'yi olib borilar edi. 1997 yilning mart oyidan yangi dasturiy ta'minot joriy etilib, barcha hisob-kitoblar avtomatik rejimda amalga oshirila boshlandi. Bu esa to'lovlarni respublika tashqarisida 15 daqiqa mobaynida, Toshkentdan chekka joylarda atigi 3 daqiqada amalga oshirish imkonini berdi.
Aynan o'sha vaqtda hisob-kitoblar mexanizmi ishlab chiqildi va banklararo elektron to'lovlarning zamonaviy tizimi joriy etildi. Banklarga o'sha vaqtdagi noyob imkoniyat — kompyuter va telekommunikatsiya uskunalarini xarid qilish va departamentlarni ular bilan jihozlash imkoniyati berildi. Ular mablag'larni o'z faoliyati uchun zarur uskuna-anjomlarni modernizatsiya qilishga yo'naltirishi hisobga olinib, qator soliq to'lovlaridan ozod qilindi.
Shu tariqa, moliyaviy va iqtisodiy axborotning sifat jihatidan yangi iste'molchilari – mahalliy va xorijiy investorlar paydo bo'ldi.
1998 yil. Ushbu yilda respublika banklari Bazel tavsiyalariga muvofiq holda faoliyat ko'rsatish uchun zarur tadbirlar amalga oshirildi.
Bank nazorati va xalqaro amaliyoti bo'yicha Bazel qo'mitasining tavsiyalaridan kelib chiqib, tijorat banklari faoliyatini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari doirasida tartibga soluvchi kompleks me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Bunda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida ular balansida mavjud muammolarni oldindan aniqlash hamda bank likvidligi pasayishi va kapital tugashi yuzaga kelishidan oldin ogohlantiruv choralarini ko'rish tamoyillaridan foydalanildi.
1999–2000 yillar. Ushbu yillarda valyuta siyosati yanada liberallashtirilgan holda, birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutalar savdosi mexanizmi amalga kiritildi.
Mazkur mexanizm vakolatli banklarning xorijiy valyutada talab va taklifdan kelib chiqib, o'z mijozlaridan shartnoma asosida erkin kurs bo'yicha valyutalarni sotib olishini ko'zda tutadi.
2000-2010 yillar. Mazkur davr O'zbekiston bank tizimini mustahkamlashda salmoqli yutuqlarga erishilgani bilan ahamiyatlidir. Aynan shu yillarda zamonaviy infratuzilmaga ega samarali bank tizimini tashkil etish bilan bog'liq ishlar amalga oshirildi.
Bank tizimi oldiga uning rivojlanish istiqbollarini belgilab beruvchi strategik vazifalar qo'yildi. Vazifalarning birinchisi banklar moliyaviy barqarorligini oshirish va ichki bozorda moliyaviy xizmatlar doirasini kengaytirishdan iborat bo'lsa, ikkinchisi — O'zbekiston banklarining xalqaro kapital bozorida faolligini ta'minlashdir.
Mazkur davrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatimiz moliya-bank tizimini rivojlantirish, uning faoliyatini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash masalalariga yanada ko'proq e'tibor qaratdi. Shu munosabat bilan qator etakchi banklar (“O'zsanoatqurilishbank”, “Asaka” banki va boshqalar)ning kapitallashuv darajasini oshirish bo'yicha muhim qarorlar qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” ustav fondini ko'paytirish to'g'risida”gi Farmoni mazkur bankni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish bo'yicha asosiy kredit markazlaridan biriga aylantirgan holda uning faoliyatini sifat jihatidan yanada yaxshiladi.
Ushbu davrdagi har bir yil mamlakat bank-moliya tizimining izchil rivojlanishida yangi bosqich sifatida qayd etiladi.
2001 yil. Ushbu yilning 1 iyulidan e'tiboran kichik biznes korxonalari o'zlari ishlab chiqargan eksport tovarlar (ish va xizmatlar)ni bank muassasalari kassalari orqali belgilangan tartibda valyuta ulushini o'z hisobiga o'tkazish yo'li bilan naqd xorijiy valyutada amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Respublikamiz hukumati kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirishni hamda uning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish borasida muhim qadam qo'ydi. Aynan shu yili erkin ayirboshlovchi valyutadagi Birlashgan barqarorlashgan jamg'arma tashkil etildi. Bu o'z navbatida, O'zbekistonda birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirishning muhim vositasi bo'lib xizmat qildi.
Bu vaqtda bank tizimi bilan xususiy sektor o'rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada rivojlandi. Mazkur hamkorlik rivojiga turtki bergan muhim omillar sifatida banklar tomonidan xizmat ko'rsatish sifatining tobora yaxshilanishi, banklarda raqobatchilik muhitining yuzaga kelishi, mamlakatimizda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq jarayonlarni ko'rsatish mumkin. Aynan shu davrda banklar kreditlash siyosati kuchayganini, mijozlar so'rovlarini sinchkovlik bilan o'rgana boshlaganini va bank xodimlarida mijozlarning talab-ehtiyojlariga javoban tez harakat qilish qobiliyati shakllanganini yaqqol kuzatish mumkin.
2002 yil aholining banklardagi omonatlarini himoyalashning ishonchli va samarali mexanizmi yaratildi.
O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to'g'risida”gi Qonuni doirasida Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tashkil etildi. Davlat-tijorat Xalq bankidan tashqari, respublikamiz hududida o'z faoliyatini olib boruvchi barcha banklar unga a'zo bo'ldi. Ishonchlilik, xizmat ko'rsatishning yuqori sifati, barcha mijozlar bilan o'zaro sheriklik munosabatlari O'zbekiston banklari faoliyatida asosiy printsiplarga aylana bordi.
Bank tizimi faoliyatining institutsional asoslari takomillashtirildi. Bank sektorini liberallashtirish va isloh qilishni ko'zda tutib qabul qilingan dasturiy hujjatlar uning samaradorligini oshirishni oldindan belgilab berdi. Mazkur hujjatlar zamirida bank faoliyatini liberallashtirish jarayonining tizimli va bosqichma-bosqichlik tamoyillari yotadi. Ushbu tamoyillarga amal qilish aholining mamlakat banklariga nisbatan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini berdi. Bunday yondashuv, shubhasiz, barqaror va ishonchli bank tizimini tashkil qilish jarayonida ulkan yutuqdir.
2003–2004 yillar. Mamlakatimizda liberallashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida bank tizimini rivojlantirish davri.
Bu davrda aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, banklarni respublikamizdagi yangilanishlarning moliyaviy tayanchiga aylantirish maqsadi qo'yildi. Uning muvaffaqiyati banklarning kelgusi rivojida dolzarb ahamiyat kasb etishi lozim edi. Korxonalarni aktsiyadorlashtirish va ularning mulkchilik shaklini o'zgartirish jarayonlari jadallashdi. Banklar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqib, o'z rivojlanish kontseptsiyasiga rioya etgan holda strategiyasini takomillashtirib bordi. Ularning resurs bazasini kengaytirish va kapitallashuv darajasini oshirish o'z faoliyatini diversifikatsiyalash, yangi aktsiyadorlarning mablag'larini jalb etish, IT-texnologiyalar asosida yangi bank mahsulotlari va instrumentlarini ishlab chiqish hisobiga amalga oshirildi.
Valyuta bozorini liberallashtirishni davom ettirish va joriy xalqaro operatsiyalar bo'yicha so'm konvertatsiyasini ta'minlash uchun zarur shart-sharoit yaratish bilan bog'liq bo'lgan omillar ham banklar faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatdi. Chunonchi, 2003 yilning 15 oktyabridan O'zbekiston Respublikasi Xalqaro Valyuta jamg'armasi Bitimining VIII moddasidagi majburiyatni qabul qildi. Natijada korxonalar joriy operatsiyalar bo'yicha konvertatsiyani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bu masala yuzasidan O'zbekistonning tashqi mablag'larni jalb etmay, amalda o'z resurslariga tayanib maqsadga erishgani yuksak e'tirofga sazovor. Mazkur choralar milliy valyuta konvertatsiyasidan foydalangan mahalliy tadbirkorlar faoliyatini kengaytirishga yaqindan yordam berdi.
Bu haqiqatan ham boy va sermahsul faoliyatning qiziqarli davri edi. Markaziy bankning valyuta siyosati inflyatsiya darajasini ushlab turish va milliy valyuta kursi keskin tebranishining oldini olish barobarida eksportni rag'batlantirish hamda valyuta resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan edi. O'zbekistonning asosiy eksport tovarlariga nisbatan dunyo bozorlarida qulay narx kon'yunkturasi, shuningdek, eksportga yo'naltirilgan valyuta siyosatining olib borilishi eksport va oltin-valyuta zaxiralari hajmining oshishiga imkon berdi.
Bank tizimini isloh qilishga qaratilgan ishlar davom ettirildi. Uning asosiy yo'nalishlari sifatida banklar boshqaruvida aktsiyadorlarning rolini oshirish orqali korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlash, banklar moliyaviy barqarorligini ularning aktivlari, jumladan, valyuta aktivlari sifatini yaxshilash evaziga kuchaytirish, bank ishini yanada takomillashtirish va banklar tomonidan ko'rsatiladigan xizmat turlarini tobora kengaytirish, tijorat banklarining investitsion jarayonlardagi rolini oshirish va mulkchilikning barcha shaklidagi tadbirkorlik tuzilmalarining kredit resurslaridan (jumladan, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning liniyalari bo'yicha ham) foydalanish mexanizmi takomillashtirilganini qayd etish joiz.
2005–2006 yillar. Mamlakatimiz banklari kapitallashuv darajasining oshishi va ularning investitsiya jarayonlarida hamda iqtisodiy-tuzilmaviy o'zgarishlarda ishtiroki yanada faollashgan davri. O'sha kezlarda mamlakat hukumati banklarning foyda (daromad) solig'idan ozod qilinishiga banklar faolligi oshuvining yana bir zahirasi sifatida qaradi. Boz ustiga, tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq, tijorat banklarining mini-banklar tashkil etish bilan bog'liq xarajatlari ham soliq undirish bazasidan chiqarildi.
Shu tariqa, asosiy e'tibor pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta, uning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu esa fuqarolarda katta rag'bat uyg'otib, ularning banklarga nisbatan ishonchini yanada orttirdi. Aholining banklarda depozit hisobraqamlar ochishga kirishishi bilan bog'liq ijobiy holatlar ko'paydi. Banklarning depozit bazasi hajmi oshdi, bank xizmatlari bozori shakllana boshladi. E'tiborlisi, bank mahsulotlari qatoridan yangi xizmat turlari, masalan, lizing xizmatlari joy ola boshladi.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, mamlakatimizda chakana xizmatlar rivoji xalqaro bank va moliya kapitalini keng jalb qilgan holda qo'shma banklarning tashkil etilishiga ta'sir ko'rsatdi. Respublikamiz bank bozori 100 foizli xususiy kapital asosidagi yangi banklarning vujudga kelishi natijasida tubdan o'zgardi. Xususiy banklarning xizmatlar bozoridagi raqobatni kuchaytirib yuborgani mamlakat bank tizimi rivojida eng muhim bosqichlardan biri bo'ldi. Mamlakatimiz hukumati va Markaziy banki soliq imtiyozlari va kadrlarni tayyorlash jarayonida texnikaviy ko'mak taqdim etgan holda ularning rivojlanishini muntazam rag'batlantirib bormoqda. Ayni paytda xususiy banklar soni tijorat banklari umumiy sonining qariyb yarmini tashkil etadi.
Respublikamizda xususiy banklar rivojlanishini izchil rag'batlantirish raqobatni kuchaytirishga, ko'rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga va moliyaviy resurslarning samarali taqsimotiga turtki berdi. Bu esa, o'z navbatida, xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish va rivojlantirish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.
2006–2007 yillar. Ipotekaviy kreditlashning rivojlanish davri. Bank xizmatlarining mazkur yangi shakli mahalliy aholi tomonidan darhol ijobiy baholandi. Aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni ijtimoiy himoyalashni ko'zda tutuvchi ushbu manba O'zbekiston Respublikasi “Iste'mol krediti to'g'risida”gi va “Ipoteka to'g'risida”gi Qonunlari orqali mustahkamlandi.
O'zbekiston Respublikasining “Iste'mol krediti to'g'risida”gi Qonuni iste'molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur qonun turar-joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash borasida aholining imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, binobarin, banklarda iste'mol kreditlash hajmining sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi.
2006 yilning oktyabr oyida esa O'zbekiston Respublikasi “Ipoteka to'g'risida”gi qonuni kuchga kirdi. Ko'chmas mulkni xarid qilish uchun kreditlar ajratishning huquqiy mexanizmini o'zida mustahkamlagan ushbu qonun hujjati bank ipotekaviy kreditlash rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Undan ko'zlangan asosiy maqsad ko'chmas mulkka garov qo'yishda yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solishdan iborat edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori doirasida uy-joylar qurilishini uzoq muddatli ipotekaviy kreditlash tizimida bir qator mexanizmlar joriy etildi.
Bu davrda, shuningdek, banklarning strategiyalari naqd pul muomalasini mustahkamlashga, har bir filialda naqd pul zahiralarini shakllantirishga va o'z faoliyatida samaradorlikni oshirishga qaratildi.
“2005–2007 yillarga mo'ljallangan bank tizimini isloh qilish va rivojlantirish dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi banklar kapitallashuv darajasi va ko'rsatkichlarining barqaror o'sishini ta'minlagan holda, bank tizimini yanada isloh qilish va liberallashtirishda muhim omil bo'ldi. Bu borada pul muomalasini mustahkamlash va milliy valyuta, uning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish, banklarda aholi omonatlarini ko'paytirishni rag'batlantirishga ustuvor yo'nalishlar sifatida e'tibor qaratildi. Rivojlanish sari doimiy ravishda intilayotgan tijorat banklariga mamlakatimiz hukumati tomonidan o'z vaqtida taqdim etilgan imtiyozlar kredit muassasalari o'z yangi instrumentlarini ishlab chiqadigan va taklif qiladigan bank-moliya bozorining shakllanishini oldindan belgilab berdi.
2008–2009 yillar. Ushbu yillarda aholi va tadbirkorlik sub'ektlari uchun bank chakana mahsulotlarini rivojlantirish bank faoliyatining muhim yo'nalishiga aylandi.
Mazkur yo'nalishda banklar o'z faoliyatini dunyoviy amaliyotning “oltin” printsipidan kelib chiqqan holda olib bordilar. Ya'ni, aholiga ko'rsatiladigan xizmatlarning jozibadorligi tadbirkorlarning kreditlardan foydalanish keng imkoniyati bilan mutanosib holda rivojlantirildi. Davom ettirilgan islohotlar bank faoliyatini aholining turmush darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi, ilgari qabul qilingan “Iste'mol krediti to'g'risida”gi va “Ipoteka to'g'risida”gi qonunlar doirasidagi faolligini yanada kuchaytirdi.
O'zbekiston tijorat banklari respublikamizdagi va jahon bank hamjamiyatidagi yangi voqelikka javoban o'zlari taklif etayotgan xizmatlari to'plamini kengaytirdi, bozorga yangi bank mahsulotlarini chiqardi va ayni paytda moliya institutlari faoliyatining xalqaro standartlarini faol joriy etishga kirishdi.
2010 yil. O'zbekiston tijorat banklari, avvalo, ixtisoslashgan kredit institutlari sifatida ko'zga ko'rina boshladi. Bu, bir tomondan xo'jaliklarning vaqtincha bo'sh mablag'larini jalb etishi, boshqa tomondan esa jalb etilgan mablag'lar hisobidan korxonalar, xususiy tadbirkorlar va aholining moliyaviy ehtiyojlarini qondirishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etdi.
Xorijiy va mahalliy ekspertlarning qayd etishicha, so'nggi yillar davomida respublikada asosiy tamoyil — ixtisoslashuvdan uzoqlashish va bank faoliyatida universallashtirishni chuqurlashtirish kuzatilmoqda. Bu esa bank operatsiyalari mazmuni va kredit munosabatlari mohiyatini oldindan belgilab beradi.
O‘zbekiston bank tizimi barqarorligining xalqaro e’tirofi
Chop etish versiyasi
Havolani yuborish
25.08.2011
Vatanimiz mustaqilligining 20 yilligi arafasida “Mudis” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbollarini “barqaror” deb qayta tasdiqladi.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bank tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar yurtimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, o‘z navbatida, tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ular faoliyatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishda mustahkam zamin bo‘lmoqda. Bu borada O‘zbekiston erishayotgan natijalar nufuzli xalqaro moliya institutlari tomonidan ham e’tirof etilmoqda.
Joriy yil 22 avgust kuni “Mudis” xalqaro reyting agentligi tomonidan O‘zbekiston bank tizimining “barqaror” darajadagi reyting bahosi qayta tasdiqlandi.
“Mudis” xalqaro reyting agentligi bergan sharhga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi investitsiya dasturlari va yaratilayotgan qulay makroiqtisodiy shart-sharoit bank tizimining likvidlik ko‘rsatkichlari kelgusi 12-18 oy mobaynida ham barqaror darajada saqlanishini ta’minlaydi.
Ayni paytda dunyoning aksariyat mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sezilarli pasayishi, ayrim rivojlangan davlatlar va yirik moliya institutlarining reyting baholari tushishi kuzatilayotgan bir vaqtda, nufuzli xalqaro reyting agentligi tomonidan mamlakatimiz bank tizimi “barqaror” deb baholanishi sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samarasining yana bir yaqqol ifodasidir. Mamlakatimizda bank tizimi hukumat tomonidan doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlanishi, Respublika Markaziy banki tomonidan samarali nazorat o‘rnatilganligi hamda banklar kapitallashuv darajasining yuqoriligi O‘zbekiston bank tizimiga “barqaror” reyting bahosi berilishiga muhim zamin yaratdi.
“Mudis” agentligi ekspertlari fikricha, oxirgi yillarda ayrim mamlakatlarning bank tizimi og‘ir moliyaviy ahvolga tushgan bir vaqtda O‘zbekiston banklarining yuqori reyting baholarini olishi mamlakatdagi makroiqtisodiy muhitning barqarorligi va moliyaviy ko‘rsatkichlarning muntazam yuqori sur’atlarda o‘sish tendensiyasiga ega ekanligini yaqqol namoyon etadi.
Xususan, so‘nggi yillar davomida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmining barqaror ravishda o‘sishi ta’minlanmoqda va Agentlik prognoziga ko‘ra, ijobiy savdo balansi va davlat investitsiyalari tufayli 2011-2012 yillarda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati 7 foizdan kam bo‘lmaydi. Iqtisodiyotning barqaror o‘sishi, yaratilgan qulay makroiqtisodiy shart-sharoit mamlakat bank tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, depozitlar hajmining oshishi va bank kreditlariga bo‘lgan talabning ko‘payishiga zamin yaratayotganligi ta’kidlanadi.
Erishilgan moliyaviy va makroiqtisodiy barqarorlik, investitsiyalar va aholi jamg‘armalari hajmining yil sayin ko‘payib borayotganligi respublika bank tizimining tobora mustahkamlanayotganidan dalolat beradi. Xususan, 2010 yilda mamlakatimiz tijorat banklarining jami kapitali 1,4 barobar oshdi. Bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi ko‘rsatkichi umumqabul qilingan xalqaro standartlarga nisbatan 3 barobar yuqori bo‘lishi ta’minlandi.
Aholining bo‘sh pul mablag‘larini kredit tashkilotlarining depozitlariga jalb qilishni rag‘batlantirish choralari ko‘rilayotgani, qulay omonat turlari taklif etilayotgani, fuqarolarning banklardagi jamg‘armalari qonun bilan kafolatlangani natijasida omonatlar miqdori 2009 yilga nisbatan 52,6 foizga oshdi.
Tijorat banklarining kredit qo‘yilmalari hajmi 34,8 foizga ko‘paydi. Banklarning umumiy kredit portfelida uzoq muddatli, ya’ni 3 yildan ortiq muddatga berilgan investitsiya kreditlarining ulushi 2000 yilning oxiridagi 35 foizdan 2010 yilning oxirida 75,2 foizga o‘sdi.
Qayd etish joiz, 2010 yilda mamlakatimizning 15 tijorat banki “Mudis”, “Standart end Purs”, “Fitch reytings” xalqaro reyting agentliklarining “barqaror” reyting bahosini olgan bo‘lsa, 2011 yilga kelib xalqaro reyting bahosiga ega tijorat banklari soni 18 taga yetdi, shundan 15 tasining “barqaror” reyting bahosi qayta tasdiqlandi va qo‘shimcha 3 ta bankka yangidan reyting bahosi berildi.
Ayni paytda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, “Asaka bank”, “O‘zsanoatqurilishbank” va “Agrobank” 2 tadan yetakchi reyting agentliklarining bahosiga ega. Yana 6 ta tijorat banki reyting agentliklari bilan o‘z faoliyatini baholashtirish bo‘yicha kelishuvlarga ega va reyting bahosini olish ishlari tashkil qilingan.
Xalqaro tashkilot mutaxassislari yaqin kelajakda O‘zbekiston banklari likvidligiga hech qanday xavf kutilmayotganligini, xalqaro moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar mamlakatimiz banklari likvidligiga salbiy ta’sir o‘tkaza olmasligini ta’kidlamoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrda qabul qilingan “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori bilan mamlakatimiz bank-moliya tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq tadbirlar belgilanib, banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularni xalqaro mezonlar asosida baholash tizimini takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bank tizimiga oid qonun hujjatlari
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Qonunlar
1. O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida
2. Banklar va bank faoliyati to'g'risida
3. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to'g'risida
4. Valyutani tartibga solish to'g'risida
5. Bank siri to'g'risida
6. Buxgalteriya hisobi to'g'risida
7. “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya
qilish to'g'risida”
8. Chet el investitsiyalari to'g'risida
9. Garov to'g'risidagi
10. «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida»gi O'zbekiston
Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida”
11. Investitsiya faoliyati to'g'risida
12. Lizing to'g'risida
13. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida
14. O'zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to'g'risida
15. Elektron raqamli imzo to'g'risida
16. Eksport nazorati to'g'risida
17. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida
18. Xorijdan mablag' jalb qilish to'g'risida
19. Kredit uyushmalari to'g'risida
20. Mikrokredit tashkilotlari to'g'risida
21. Axborotlashtirish to'g'risida
22. Elektron hujjat aylanishi to'g'risida
23. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risida
24. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risidagi qonun hujjatlari
takomillashtirilganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim
qonunlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida
25. Elektron to'lovlar to'g'risida
26. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to'g'risida
27. Iste'mol krediti to'g'risida
28. Mikromoliyalash to'g'risida
29. Ipoteka to'g'risida
30. Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida
31. Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida
32. Raqobat to'g'risida
33. Elektron tijorat to'g'risida
Prezident farmonlari
Prezident farmonlar
1. "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2011 yil 24 avgustdagi 4354-sonli
2. “Tadbirkorlik sub'ektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomilllashtirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2011 yil 4 aprel PF-4296-sonli
3. “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo'llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida” 2008 yil 28 noyabr PF-4058-son
4. “Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi omonatlarini himoyalash kafolatlarini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2008 yil 28 noyabr, PF-4057-son
5. “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2008 yil 18 noyabr, PF-4053-son
6. «Mikrokreditbank» aktsiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik
sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2008 yil 10 noyabr, PF-4051
7. “Tijorat banklarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda kafolatlarini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2008 yil 21 fevral PF №3968
8. "Yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”2007 yil 18 may PF-3878-son
9. "Tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"2006 yil 19 dekabr,PF-3831-son
10. “O'zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg'armasini tashkil etish to'g'risida” 2006 yil 11 may, PF-3751-son
11. «Mikrokreditbank» aktsiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to'g'risida 2006 yil 5 may, PF-3750-son
12. “Tadbirkorlik sub'ektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2005 yil 5 oktyabr, PF-3665-son
13. “Tadbirkorlik sub'ektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2005 yil 14 iyun, PF-3619-son
14. “To'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni
rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2005 yil 11 aprel, PF-3594-son
15. O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatini qo'llab-quvvatlash
borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2004 yil 25 may, PF-3434-son
16. “Qimmatbaho metallar xarid qilish, saqlash va sotish tizimini
takomillashtirish to'g'risida” 2003 yil 31 oktyabr, PF-3346-son
17. “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ba'zi farmonlariga o'zgartishlar kiritish va o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risida” 2003 yil 1 oktyabr, PF-3323-son
18. “O'zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada
erkinlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2003 yil 26 sentyabr, PF-3321-son
19. "Respublika bank kengashini tuzish to'g'risida" 2002 yil 15 noyabr PF-3162-sonli
20. “O'zbekiston Respublikasida naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2002 yil 27 iyun, PF-3099-son
21. "Pul massasi o'sishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish mas'uliyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"2002 yil 30 mart PF-3047-sonli
22. “Davlat-tijorat Xalq bankini rivojlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2000 yil 7 dekabr, PF-2773-son
23. “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida” 2000 yil 21 mart, PF-2564-son
24. “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 1998 yil 9 fevral, PF-1924-son
25. “Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to'g'risida” 1998 yil 19 noyabr, PF-2114-son
26. “Aktsiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 1998 yil 2 oktyabr, PF-2084-son
27. “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 1998 yil 9 aprel, PF-1987-son
28. “Jismoniy shaxslarning naqd xorijiy valyutani olib kelishi va olib chiqib ketishini tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida” 1998 yil 20 mart, PF-1979-son
29. “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rag'batlantirish borasidagi ko'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 1998 yil 19 yanvar, PF-1919-son
30. “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"1997 yil 10 oktyabr, PF-1871-son
31. “Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga bank xizmatini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbir to'g'risida” 1997 yil 17 iyul, PF-1819-son
32. “Aylanma mablag'larning saqlanishi va o'z vaqtida to'ldirilishi uchun javobgarlikni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” 1997 yil 9 iyul, PF-1816-son
33. “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 1997 yil 24 aprel, PF-1749-son
34. “Respublikada naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish choralari to'g'risida” 1996 yil 24 oktyabr, PF-1601-son
35. “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to'g'risida” 1996 yil 8 avgust, PF-1503-son
36. “Respublikada bank auditi tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 1996 yil 24 iyul, PF-1500-son
37. “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 1996 yil 31 may, PF-1467-son
38. “Aholining omonatlardagi va davlat sug'urtasi bo'yicha pul mablag'larini indeksatsiya qilish to'g'risida” 1995 yil 20 dekabr, PF-1327-son
39. “O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to'g'risida” 1994 yil 16 iyun, PF-870-son
40. “Eksport-import operatsiyalari bo'yicha valyuta nazoratini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida” 1994 yil 20 aprel, PF-837-son
41. “O'zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankini tashkil etish to'g'risida” 1991 yil 7 sentyabr, PF-244-son
Prezident qarorlari
Prezident qarorlari
1. “Mustahkam oila yili” davlat dasturi to'g'risida” 2012 yil 27 fevral PQ-1717-son
2. «Byurokratik to'siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2011 yil 25 avgust, PQ-1604-son
3. «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga kredit berishni ko'paytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2011 yil 11 mart,PQ-1501-son
4. «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat Dasturi to'g'risidagi 2011 yil 7 fevral, PQ-1474-son
5. "Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag'batlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2010 yil 19 apreldagi PQ-1325-sonli
6. “Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va uning investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2010 yil 6 apreldagi 1317-son
7. “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo'naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko'paytirishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2009 yil 28 iyul PQ-1166-son
8. “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat bankining tashkil etish to'g'risida” 2009 yil 30 mart, PQ-1084-son
9. “Qishloq qurilish bank” aktsiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to'g'risida” 2009 yil 30 mart, PQ-1083-son
10. «Asaka» davlat-aktsiyadorlik tijorat bankining investitsiyaviy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2008 yil 13 noyabr, PQ-998-son
11. “Aholining omonatlarini jalb qilish bo'yicha respublika tijorat banklari o'rtasida tanlov o'tkazish to'g'risida” 2008 yil 31 oktyabr PQ- 991
12. “O'zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada ko'paytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2008 yil 16 oktyabr, PQ-986-son
13. «Paxta-bank» va «G'alla-bank» aktsiyadorlik-tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida 2008 yil 8 oktyabr,PQ-975-son
14. “O'zbekiston aktsiyadorlik tijorat sanoat-qurilish bankining kapitallashuv darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” 13 avgust 2008 yil PQ-944
15. “Naqd pul mablag'larini jalb qilish va unga bo'lgan ehtiyojni ta'minlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 27 mart 2008 yil PQ-822-son
16. “O'zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi faoliyatini yanada kengaytirish hamda resurs bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida” 2008 yil 5 mart, PQ-811-son
17. «O'zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Halq bankining kapitallashuv darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida», 11 yanvar 2008 y. N PQ-775
18. "Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo'sh pul mablag'larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2007 yil 7 noyabr, PQ-726-son
19. «Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2007 yil 12 iyul №PP-670
20. "Aholining va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning bank tizimiga ishonchini mustahkamlashga oid keyingi chora-tadbirlar to'g'risida" 2007 yil 12 yanvar, PQ-565-son
21. «Qimmatli qog'ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2006 yil 27 sentyabr, PQ-475-son
22. "Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2006 yil 3 avgust, PQ-433-son
23. “O'zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida” 2006 yil 16 may, PQ-350-son
24. “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqda pul to'lovlarini uzluksiz ta'minlash kafolatlari to'g'risida” 2005 yil 5 avgust, PQ-147-son
25. “Jamg'arib boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish va texnika bilan jihozlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2005 yil 28 iyun, PQ-110-son
26. “Ipoteka krediti berishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida” 2005 yil 6 may, PQ-69-son
27. “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2005 yil 15 aprel, PQ-56-son
28. “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmani qisqartirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2005 yil 15 aprel, PQ–57-son
Vazirlar Mahkamasi qarorlari
Vazirlar Mahkamasi qarorlari
1. “Oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2012 yil 17 apreldagi 111-sonli
2. "Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida 2012 yil 17 martdagi 74-sonli
3. “O'zbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi Investitsiya loyihalari bo'yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamg'armasini tashkil etish to'g'risida” 2011 yil 16 iyun, 175-son
4. «Qishloq joylarda uy-joy kurilishini moliyalashtirishning resurs bazasini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2011yil 25 may, 151-son
5. Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2000 yil 19 maydagi 195-son qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida 2011 yil 19 martdagi 79-sonli
6. «Tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun «Qishloq qurilish bank» aktsiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» 2009 yil 25 may 148-son
7. Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida» 1999 yil 15 yanvardagi 24-son qaroriga o'zgartirishlar kiritish haqida (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Paxta-bank» va «G'alla-bank» aktsiyadorlik-tijorat banklarining investitsiya faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2008 yil 8 oktyabrdagi pq-975-son qarori) 2008 yil 20 noyabr, 253-son
8. Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida» 1999 yil 15 yanvardagi 24-son qaroriga o'zgartirishlar kiritish haqida (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Paxta-bank» va «G'alla-bank» aktsiyadorlik-tijorat banklarining investitsiya faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2008 yil 8 oktyabrdagi PQ-975-son qarori) 2008 yil 20 noyabr, 253-son
9. «ABN AMRO bank O'zbekiston MB, H.J.» aktsionerlik bankini «Royal bank of SCotland O’zbekiston MB» YoAJ deb qayta nomlash to'g'risida 2008 yil 13 noyabr, 246-son
10. “Meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xo'jaliklariga va kichik biznesning boshqa sub'ektlariga imtiyozli kreditlar berish va lizing xizmatlari ko'rsatish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007 yil 20 avgust, 178-son
11. “Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar berayotgan tijorat banklari tomonidan daromad (foyda) solig'i bo'yicha imtiyozlarni qo'llash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007 yil 15 avgust, 174-son
12. “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida» 1999 yil 15 yanvardagi 24-son qaroriga o'zgartirish kiritish haqida” 2005 yil 9 iyul, 158-son
13. “O'zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirishlar kiritish, shuningdek ba'zilarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risida” 2005 yil 31 may, 138-son
14. «Plastik kartochkalar asosida xisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» 24 sentyabr 2004 yil 445-sonli
15. “Lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2004 yil 26 aprel, 199-son
16. “Qarz oluvchilarning kredit tarixi to'g'risidagi axborotni hisobga olish tizimini shakllantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2004 yil 23 aprel, 197-son
17. “O'zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida” 2004 yil 25 fevral, 86-son
18. “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» 1998 yil 18 noyabrdagi 477-son qaroriga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida” 2004 yil 11 fevral, 68-son
19. “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ustuvor loyihalarni hisobga olishni tartibga solish va ular monitoringini olib borish chora-tadbirlari to'g'risida” 2004 yil 9 fevral, 59-son
20. “O'zbekiston Respublikasining davlat o'rta muddatli pul majburiyatlarini chiqarish to'g'risida” 2004 yil 10 yanvar, 11-son
21. “2004 yil makroiqtisodiy ko'rsatkichlarining asosiy parametrlari va ularning bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2003 yil 15 dekabr, 547-son
22. “Qimmatbaho qog'ozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003 yil 13 noyabr, 506-son
23. “O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki ustaviga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida” 2003 yil 3 noyabr, 480-son
24. “Valyuta operatsiyalarini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2003 yil 1 oktyabr, 420-son
25. “Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2003 yil 30 sentyabr, 416-son
26. “O'zbekiston Respublikasi hududida lombardlarni ro'yxatdan o'tkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari to'g'risida” 2003 yil 17 sentyabr, 402-son
27. Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida 2003 yil 15 avgust, 355-son
28. “Xorijiy kreditlar o'z vaqtida qaytarilishini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida” 2003 yil 14 iyun, 267-son
29. “Pul-kredit ko'rsatkichlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2003 yil 4 fevral, 63-son
30. “Banklarning kreditlari bo'yicha qarzdorlik o'z vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish tartibini tasdiqlash to'g'risida” 2002 yil 4 dekabr, 422-son
31. “Xususiylashtirilgan savdo va xizmatlar ko'rsatish sohasi ob'ektlari faoliyatidagi tartib buzilishi hollari to'g'risida” 2002 yil 21 noyabr, 402-son
32. “Pul mablag'larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2002 yil 5 avgust, 280-son
33. “Iqtisodiyotni kreditlash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2001 yil 22 avgust, 349-son
34. «Oliy o'quv yurtlarida to'lov-kontrakt asosida o'qish uchun ta'lim kreditlari berish to'g'risida» 26 iyul 2001 y. N 318
35. «Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida» 2001 yil 10 iyul, 294-son
36. “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas'uliyatini oshirishga doir qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida” 2001 yil 22 iyun, 264-son
37. “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida” 2000 yil 30 iyun, 250-son
38. “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida” 2000 yil 29 iyun, 245-son
39. “O'zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to'g'risida” 2000 yil 4 yanvar, 1-son
40. «Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida moliyaviy sektorni institutsional rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» 1999 yil 19 iyul, 348-son
41. “To'lov balansining daromad qismi to'liq va o'z vaqtida to'ldirilishini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida” 1998 yil 6 oktyabr, 424-son
42. “Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida” 1997 yil 11 dekabr, 548-son
43. “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablag'lardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 1996 yil 13 mart, 95-son
44. “O'zbekiston bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” 1995 yil 9 noyabr, 427-son
45. “Aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qo'llash tartibi to'g'risida” 1994 yil 26 dekabr, 621-son
46. “Respublika bank tizimi boshqaruvi tuzilmasini va uning amaliy faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 1994 yil 3 may, 234-son
47. “Pul muomalasini mustahkamlash va «so'm-kupon» ning xarid quvvatini oshirish borasida kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida” 1994 yil 11 aprel, 195-son
48. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining takliflari to'g'risida” 1994 yil 19 yanvar, 15-son
49. “1992-1993 yillarda sug'oriladigan erlarda kechiktirib bo'lmaydigan meliorativ ishlarni bajarish uchun Melioratsiya va suv xo'jaligi vazirligiga kredit ajratish to'g'risida” 1992 yil 6 noyabr, 510-son
50. “Maqsadli kredit resurslarini ajratish to'g'risida” 1992 yil 16 oktyabr, 476-son
51. “Paxta xomashyosi sotib olish uchun kredit resurslari ajratish to'g'risida” 1992 yil 6 oktyabr, 459-son
52. “Respublikada kassa a'mollarini tartibga solishning kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlari to'g'risida”1992 yil 24 iyul, 346-son
53. “O'zbekiston Respublikasida chet el valyutasini erkin sotib olish va sotishni tashkil etish hamda erkin almashtiriladigan valyuta bilan savdo qilishni kengaytirish choralari haqida” 1991 yil 22 noyabr, 297-son
Me'yoriy hujjatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |